Nutq idroki (matnni tushunish) Reja: Nutqni idrok qilish va tushunish Nutqni idrok qilish modellari


Nutqiy faoliyatning predmetlik (psixologik) mohiyati



Download 111,95 Kb.
bet6/23
Sana20.06.2022
Hajmi111,95 Kb.
#680858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1-ma'ruza PL (2)

Nutqiy faoliyatning predmetlik (psixologik) mohiyati
Ma‘lumki, faoliyatning predmetlik mohiyatiga predmet, vosita, qurol, mahsulot, natija kabi unsurlardan tashkil topgan faoliyat shartlari kiradi. Nutqiy faoliyatning predmeti atrof muhitdagi predmetlarning aloqa va munosabatlari hamda hodisalarning ifoda shakli bo’gan fikr sanaladi. Fikrning shakllanishi va ifodasiga so’zlashish yo‗naltirilgan bo’ladi, shuning uchun fikrning mavjudligi, shakllanishi va ifodalanish vositasi til va lisoniy tizim hisoblanadi. Nutqichki vosita bo’lib, unutqiy faoliyatning barcha turlarini bajaruvchi qurol sifatida namoyon bo‗ladi. Aytilganlar va yozilganlar, shuningdek, nutqiy faoliyat subyektlari psixik holatining o’zgarishlari majmuyi nutqiy faoliyatning mahsuloti sanaladi. Nutqiy faoliyat reseptiv va mahsulot ko’rinishida bo’lgani uchun uning natijasi reseptiv ko’rinish – nutqiy ifoda mazmunini tushunish; mahsulot ko’rinishi – boshqalar tomonidan resepsiya (nutqni idrok qilish) xarakterini tushunishhisoblanadi. Nutqiy faoliyat harakat, amal, ko‗nikma va malaka singari unsurlardan tarkib topadi.
Nutqiy ifoda va nutqiy ifodani idrok qilish hamda tushunish nutqiy faoliyat doirasidagi asosiy nutqiy harakatlarni anglatadi. Nutqiy faoliyatning o’ziga xos xususiyati uning harakatlari tarkibiga qator o’zaro aloqadagi amallarning kirishi bilan tavsiflanadi. Psixolingvistikada lisoniy amallar, semantik amallar hamda nutqiy amallar farqlanadi. Nutqiy faoliyat jarayonida amallar avtomatlashadi va nutqiy harakat ko’nikma darajasiga ko’tariladi. Butun faoliyat esa malakani shakllantiradi.

Nutqiy faoliyatda til va nutqning funksiyalari
Muloqot faoliyati nutq vositasida amalga oshadigan qator funksiyalar asosida yuzaga chiqadi. Nutqning markaziy funksiyasi kommunikativlikdir. Kommunikativlik fikrlarni ifodalash, o’ziga hamda boshqa kishilarga ta‘sir qilish vositasida amalga oshiriladi. Inson birinchi navbatda boshqalarning xatti-harakati, fikri, ongi va hissiyotiga nutq orqali ta‘sir ko’rsatish uchun gapiradi. Kommunikativlik funksiyasidan ijtimoiy o’zaro bog’liqlik, faollik, maqsadlilik, niyatlilik kabi xususiyatlar kelib chiqadi. Ijtimoiy kommunikatsiya jarayonida nutqiy ifoda har doim kishilar tomonidan qandaydir natijani qo’lga kiritish maqsadida qo’llaniladi. Maqsadsiz, niyatsiz fikrni ifodalab bo’lmaydi. Shunday qilib, nutq dastlab muloqotning ijtimoiy funksiyasida yuzaga chiqadi. Muloqotning ijtimoiy funksiyasi xabar hamda o’ziga va boshqa kishilarga ta‘sir qilish ko’rinishida namoyon bo’ladi. Nutqning boshqaruv funksiyasi boshqa psixik jarayonlarning birlashuvida ham yuzaga keladi. Nutqning boshqaruv funksiyasidan u bilan chambarchas bog‗langan rejalashtirish funksiyasi kelib chiqadi. Unda inson o’zining faoliyatini, jamiyatdagi xatti-harakatlarini, atrofidagi insonlarning faoliyatlarini va xatti-harakatlarini rejalashtiradi. Nutqiy faoliyatning ikkinchi o’ziga xos funksiyasi – insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasini egallash funksiyasidir. Nutqiy faoliyatning o’ziga xos xususiyatlaridan biri uning amalga oshishidagi ikki asosiy variant: nutqiy kommunikatsiya va ichki nutq shakllaridir. Bu yerdan nutqiy faoliyatning nutqiy fikrlash faoliyati sifatida belgilash kelib chiqadi. Nutqiy faoliyatning o’ziga xos xususiyati uning vositasi sifatida til belgilarining ishtirok etishida ham namoyon bo’ladi. Binobarin, nutqiy faoliyatning asosiy vositalari uning belgilik funksiyasida yuzaga chiqar ekan, nutqiy faoliyat belgilar faoliyati sifatida ham aniqlanadi. Umuman, psixolingvistikada nutqiy faoliyat murakkab faoliyat turi sifatida tadqiq etiladi.

Asosiy adabiyotlar


1. Usmanova Sh. “Psixolingvistika” fanidan ma’ruza kurslari. –Toshkent: Universitet, 2014.
2. Belyanin V. P. Psixolingvistika. Uchebnoe posobie. –M.: Flinta, 2008.
3. Gluxov V.P. Osnovы psixolingvistiki. Uchebnoe posobie. – M.: ACT: Astrel, 2008.
4. Karaseva O.F., Safonova O.A. Psixolingvistika: novыe texnologii analiza poeticheskogo teksta. Uchebnoe posobie. – Krasnodar, 2012.


Download 111,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish