NUTQ IDROKI (matnni tushunish)
Reja:
1. Nutqni idrok qilish va tushunish
2. Nutqni idrok qilish modellari
3. Matnni psixolingvistik yondashuv asosida o‗rganish
Tayanch so‗z va iboralar: nutq idroki, retsipiyent, motorli nazariya, sensorli nazariya, kommunikatsiya, kod, xabar, peredatchik, aloqa kanali, signal, so‗zlovchi, tinglovchi.
Nutqni idrok qilish modellari Psixolingvistikada nutqni idrok qilishning bir necha modellari mavjud. Charlz Osgud tomonidan nutqni idrok qilishning quyidagi modeli taklif qilingan: kod (til) 1-хаbar 2-хаbar kodlash dekodlash -----signal(matn)----- aloqa kanali ↑ shovqinlar peredatchikli yuboruvchi (so‗zlovchi) Ch. Osgud tomonidan taklif qilingan mazkur modelni quyidagicha talqin qilish mumkin:
So’zlovchida qandaydir 1-xabar paydo bo’ldi. So’zlovchi nutq organlari (peredatchik) yordamida bu xabarni kodlaydi. Signal (havo tebranishi) aloqa kanali orqali uzatiladi. U so’zlovchining eshitish organlari (priyomnik)ga yetib keladi. Dekodlash amalga oshadi, ya‘ni signal 2-xabarga aylanadi. Kommunikatsiya priyomnikli qabul qiluvchi (tinglovchi) 48 vujudga kelishi uchun kodlash va dekodlash bir kod (til) asosida olib borilishi kerak. Shuningdek, aloqa kanalida xabarning buzib talqin qilinishiga sabab bo‗ladigan shovqinlar ham vujudga kelishi mumkin. Natijada 1-xabar 2-xabarga mos kelmasligi mumkin. Kommunikatsiyaga informatsiya nazariyasidan yondashish qiziq va muhim xulosaga olib keladi.
Har qanday aloqa kanali muayyan o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lib, u informatsiya miqdoridan ortig’ini o’tkaza olmaydi. Shuning uchun aloqa kanalidan foydalanish samaradorligini oshirish juda muhim. Masalan, bir xil xabarni aloqa kanali orqali tez yoki sekin uzatish mumkin. Tabiiyki, samaradorlik qancha ko’p bo’lsa, aloqa kanalidan shunchalik yaxshi foydalaniladi, xabarni uzatishda shuncha kam vaqt va kuch sarflanadi. Shuning uchun kishilar xabarlarni imkon qadar qisqa va lo’nda uzatishga harakat qilishadi. Bu lingvistikada tejamkorlik tamoyili, deb nomlanadi. Biroq kommunikatsiya jarayonida nafaqat tejamkorlik, balki ishonchlilik ham muhim tamoyil hisoblanadi. Turli shovqinlar tufayli har doim ham 1-xabar 2-xabarga mos kelavermaydi. Odatda, so’zlovchi tinglovchi bilan qandaydir matnni tezda gapirib tugatish uchun emas, balki so’zlovchi aytmoqchi bo’lgan narsani tinglovchi mos holda qabul qilishi uchun muloqotga kirishadi. Shuning uchun har qanday muloqotning vazifasi 2-xabarning 1-xabarga maksimal darajada mos kelishiga erishishdir.
Demak, 2-xabarning 1- xabarga mos kelish darajasi ishonchlilik deb nomlanadi. Tinglovchi so‗zlovchini yaxshi tushunishi va xabar ishonchli bo’lishi uchun so’zlovchi xabarni dona-dona, sekinroq, takrorlab uzatishi kerak. Samaradorlik va ishonchlilik o’zxususiyatiga ko‗ra antagonistik o’lchovlardir. Samaradorlik qanchayuqori bo’lsa, ishonchlilik shuncha past bo’ladi yoki aksincha. Bir o’lchovning ikkinchisidan oshib ketishi turli anglashilmovchiliklarga olib kelishi mumkin1 Buni quyidagi xanda misolida yaqqol ko‗rish mumkin: Ona tili muallimi so‗radi: - Men uxlayapman, sen uxlayapsan, u uxlayapti. Qaysi zamon? O’quvchi: - Ayni tun! Shuning uchun kommunikatsiya ishtirokchilari imkon qadar muvozanatni saqlashlari kerak. Charlz Osgud va Vilbur Shxrammlarning navbatdagi modelida kommunikatsiya sirkulyar jarayon sifatida quyidagicha izohlangan:
Nutqni idrok qilish va tushunish jarayonlarining sodda va ixcham modeli L. S. Svetkova tomonidan taklif qilingan. Mazkur modelda nutq idrokining har ikki tomoni – nutqni idrok qilish jarayoni va uni tushunish jarayoni (ularning chambarchas o‗zaro aloqasini hisobga olgan holda) aks ettirilgan. Tadqiqotchi tomonidan nutqni idrok qilish jaryoni til belgilarini tushunish, tanish, nutqning tarkibiy qismlarini ajratish jarayoni sifatida talqin qilingan. L. S. Svyetkova nutqni tushunish jarayonini quyidagicha izohlaydi: ―Barcha tomonidan e‘tirof qilingan qarashga ko’ra, nutqni (ifodani) tushunish so’zlar va ularning aloqasi, gaplar va abzaslarning aloqasini tushunishni ta‘minlaydi. So’zni tushunish uchun, avvalo, uni tarkib toptiruvchi tuvushlarni analiz va sintez qilish lozim bo’ladi. Gap tarkibidagi so’zlarning ma‘nosini tushunish ularning shu gapdagi mantiqiy-grammatik aloqasiga bog’liq bo’ladi. Nutqni tushunish strukturasidagi mazkur uzviy qism mantiqiy-grammatik konstruksiyalarni ma‘no birligida qayta shifrlanishini ta‘minlaydi‖.
L. S. Svetkova nutqni tushunishdagi ikki tomonning mavjudligiga e‘tibor qaratadi. Nutqni tushunishning butun bir ifodani tarkib toptirgan so’z va so’z birikmalari ma‘nolari hamda gaplarning ma‘nolari vositasida ifodalanishidan tashqari, nutqiy faoliyatning ajralmas, boshqa tomoni ham mavjud. Bu insonning ifoda predmetiga nisbatan shaxsiy munosabatini belgilaydigan motivatsion sohadir.
Qayd qilingan tarkibiy qismlar o’zaro chambarchas aloqada bo’lgandagina nutqni to’liq tushunishga erishiladi. Ulardan biri taqdim etilgan xabarning predmet mazmuni haqidagi axborotni dekodlasa, boshqasi xabarning mazmuniga chuqurroq kirishni ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |