Nutq idroki (matnni tushunish) Reja: Nutqni idrok qilish va tushunish Nutqni idrok qilish modellari


-maruza. Psixolingvistik tadqiqot metodlari



Download 111,95 Kb.
bet15/23
Sana20.06.2022
Hajmi111,95 Kb.
#680858
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
1-ma'ruza PL (2)

6-maruza. Psixolingvistik tadqiqot metodlari
Reja:
1. Psixolingvistikada eksperimentning roli
2. Assotsiativ eksperiment
3. So‘z va so‘z guruhlarini ekperiment asosida o‘rganish

Tayanch so‘z va iboralar: eksperiment, assotsiativ eksperiment, sintagmatik munosabat, assotsiativ guruhlar, stimul-so‘z, reaksiya-so‘z, paradigmatik assotsiatsiya, sintagmatik assotsiatsiya, erkin assotsiativ eksperiment, yo‘naltirilgan assotsiativ eksperiment, zanjirli assotsiativ eksperiment.

9.1. Psixolingvistikada eksperimentning roli
Psixolingvistika birinchi galda eksperimental fan hisoblanadi. Nutq faoliyatini eksperiment asosida o‘rganish qator afzalliklarga ega. Tayyor matndagi oddiy nutqni an’anaviy metodlar asosida o‘rganayotgan tadqiqotchi passiv kuzatuvchi rolini bajarsa, eksperiment asosida o‘rganishda u faoliyatning aktiv qatnashuvchisiga aylanadi, eksperiment jarayoniga va uning xarakteriga ta’sir qila oladi. Tadqiqotchi holatni modellashtirish mobaynida tayyor matnni tahlil qilishga nisbatan nozik nutq mexanizmlarini ko‘proq o‘rgana oladi; oddiy kuzatish metodiga nisbatan qisqa vaqt ichida ko‘proq materialga ega bo‘la oladi.
Shu bilan birga, eksperiment an’anaviy tilshunoslikda quyidagi e’tirozlarni tug‘diradi:
1. Eksperiment materiallari juda qiziqarli, biroq eksperimentda haqiqatan ham til qoidalari aniqlanadimi? Buni eksperiment olib boruvchilar qanday isbotlashadi?
2. Eksperimentda oddiy, tabiiy nutq uchun xarakterli bo‘lmagan sun’iy holatlar yuzaga keladi.
3. Oddiy nutqda hech qanday eksperiment bilan tashkil qilib bo‘lmaydigan holatlar bo‘ladi, ya’ni eksperiment metodlarining imkoniyatlari cheklangandir.
Bunday e’tirozlarni psixolingvistika quyidagicha javoblaydi:
1. Avvalo, eksperimentda til yoki nutq o‘rganiladimi? degan savolga javob berish kerak. An’anaviy tilshunoslik tilga faqat nutq orqaligina chiqilishini tan oladi. Agar til oddiy matnlar orqali o‘rganiladigan bo‘lsa, u holda, nega uni eksperiment asosida olingan matnlar orqali o‘rganib bo‘lmaydi?
2. Garchi eksperimentda sun’iy holatlarning mavjud bo‘lishi ehtimoli bo‘lsa-da, eksperimentda aniqlangan nutq faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari eksperimentdan tashqaridagi holatlar uchun ham xosdir. Tipik va tipik bo‘lmagan, tabiiy va sun’iy holatlar orasiga aniq chegara qo‘yish mumkin emas.
3. Eksperiment psixolingvistik tadqiqotning yagona metodi emas. Psixolingvistika an’anaviy tilshunoslikda qo‘llaniladigan materialni ham, kuzatish metodini ham inkor qilmaydi. Psixolingvistika bu materialdan foydalanadi, biroq undan boshqacharoq, ya’ni kengroq kontekstda, kengroq material va metodlar asosida foydalanadi.
Eksperiment natijalarining to‘g‘riligini tekshirish uchun turli eksperimental metodikalardan foydalanish so‘ngra olingan ma’lumotlarni qiyoslash tavsiya etiladi. Eksperiment natijalari bilan eksperimentsiz xulosalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni aniqlashda ham foyda bor.
Nihoyat, o‘rganilayotgan nutqiy faoliyatning qonuniyatlari juda murakkab bo‘lgani uchun turli variantlardagi eksperimentlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, bir xil topshiriqni bir paytning o‘zida ham talabalarga, ham o‘quvchilarga berish mumkin.
Tilshunoslar o‘rtasida fonetika bo‘yicha eksperimental ishlar ancha yaxshi tanilgan. Eksperimental fonetika nutq tovushlarini tadqiq qilishda eksperimental metoddan foydalaniladi. Eksperimental fonetik metod nutq tovushlarini, prosodemik hodisalarni (masalan, intonatsiya, pauza, ritm) o‘rganishda tovushlarni yozib oluvchi, ularni, mohiyatidan kelib chiqib, tahlil qiluvchi maxsus texnik vositalardan, asboblardan foydalaniladi. Eksperimental – fonetik metod o‘z ichida somatik, pnevmatik va elektroakustik turlarga bo‘linadi.
Semantika sohasidagi tadqiqotlarda ham qator qiziqarli eksperimental metodikalar ishlab chiqilgan va yaxshi natijalar qo‘lga kiritilgan. Biroq semantika sohasidagi tadqiqotlar oz va ular fonetik tadqiqotlar singari mashhur emas. Shuning uchun semantika sohasidagi eksperimentlar xususida to‘xtalish joiz bo‘ladi.

Download 111,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish