Nutq idroki (matnni tushunish) Reja: Nutqni idrok qilish va tushunish Nutqni idrok qilish modellari


IJTIMOIY PSIXOLINGVISTIKA MASALALARI



Download 111,95 Kb.
bet11/23
Sana20.06.2022
Hajmi111,95 Kb.
#680858
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
1-ma'ruza PL (2)

IJTIMOIY PSIXOLINGVISTIKA MASALALARI

Reja:
1. Ijtimoiy psixolingvistikaning predmeti va vazifalari
2. Lisoniy shaxs strukturasi
3. Olamning lisoniy manzarasi
4. Geshtaltlar va belgilar
Tayanch so‘z va iboralar: til egasi, kommunikatsiya, nutqiy harakat, nutqiy muomala, lisoniy shaxs, lisoniy shaxs strukturasi, kommunikativ vaziyat, so‘zlovchi, manzara, olam manzarasi, olamning lisoniy manzarasi, lisoniy geshtaltlar.

12.1. Ijtimoiy psixolingvistikaning predmeti va vazifalari
Yuqorida ko‘rib chiqilgan boblarda til egasining nutqiy faoliyati va lisoniy tafakkuri haqida umumiy fikr yuritildi. Bunday umumlashma barcha so‘zlashuvchilar amal qiladigan nutqni yaratilishi, idroki va tushunilishining universal qonuniyatlarini aniqlash va tasvirlashga imkon beradi. Biroq psixolingvistikada lisoniy shaxs umumiy xususiyatlarining tadqiqi bilan chegaralanib qolish o‘zini oqlamaydi, zero, mavhum psixologizm uni insonlar haqiqiy kommunikatsiyasi tabiatini tushunishdan uzoqlashtiradi. Binobarin, insonlar bir-biridan, xususan, nutqiy harakatlari bilan farq qiladi. Qarindoshlarimiz va yaqinlarimizni, hatto ular bilan telefonda gaplashayotganimizda ham ovozlaridan taniymiz. Notanish suhbatdosh nutqini diqqat bilan eshitib, uning turli kommunikativ vaziyatlardagi xatti-harakatini kuzatib lisoniy shaxsning portretini yarata olamiz. Insonning nutqi – uning tashrif kartochkasidir. U so‘zlovchi shaxsining turli xil jihatlari: kelib chiqishi, yoshi, kasbi, ma’lumoti, intellekti va h.k. haqida ma’lumot beradi. Lisoniy shaxs o‘zini nutqiy muomalada namoyon qiladi. “Nutqiy muomala” termini keng ma’noda “nutqiy faoliyat” kommunikativ harakatlar va so‘zlovchi/ yozuvchining reaksiyasini o‘z ichiga oladi.
“Nutqiy muomala” terminida jarayonning bir tomonli bo‘lishiga urg‘u beriladi: u kommunikativ vaziyat qatnashchilaridan bo‘lgan yo so‘zlovchi (adresant), yo tinglovchi (adresat)ning nutqi yoki nutqiy reaksiyasini xarakterlovchi o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi.
“Nutqiy muomala” termini nutqning monologik shakllarini, masalan, ma’ruza, yig‘ilishlardagi nutq va boshqa kommunikativ vaziyatlarni tavsiflash uchun qulaydir. Biroq uning o‘zi dialoglarni tahlil qilish uchun yetarli bo‘lmaydi. Bunday holatda nafaqat har bir tomonning nutqiy muomalasi, balki o‘zaro nutqiy harakatlar mexanizmini ochib berish muhim hisoblanadi. Shunga ko‘ra, “nutqiy muloqot” tushunchasi o‘z ichiga “nutqiy muomala” tushunchasini oladi. Nutqiy muomala rol, vaziyat va mavzu singari sotsiologik o‘lchovlar bilan bog‘lanadi.
Shunday qilib, ijtimoiy psixolingvistikaning predmeti lisoniy shaxsning nutqiy muomalasi hisoblanadi.
Lisoniy shaxsni o‘rganish har bir til egasini noyob obyekt sifatida ko‘rib chiqishni taqozo qiladi. Biroq haqiqiy nutqiy muomalada konkret insonning nutqiy xususiyatlarini aniqlash murakkab kechadi.
Kishilar lisoniy xoslikni da’vo qilganlari holda, o‘xshash kommunikativ vaziyatlarda o‘zlarini hayratda qoldiradigan darajada bir xil tutishadi. Bu so‘zlovchi o‘z nutqiy biografiyasining har lahzasida guruhiy nutqiy muomalaning xususiyatlarini ko‘rsatishi bilan bog‘liqdir. Til egasi jamoaviy lisoniy shaxslar xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgandek ko‘rinadi. Masalan, til egasi bir paytning o‘zida fuqaroning lisoniy shaxsi, talabaning lisoniy shaxsi, 20 yoshli qiz yoki yigitning lisoniy shaxsi va h.k. sifatida ishtirok etishi mumkin. Ya’ni, “so‘zlovchi inson” tadqiqotning ko‘pqirrali obyektini namoyon qiladi. Shuning uchun lisoniy shaxsni tadqiq etish, avvalo, insonlar nutqiy muomalasini turlarga ajratish, tasniflashni taqozo qiladi.
Ijtimoiy psixolingvistikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Lisoniy shaxs turlarini aniqlash.
2. Lisoniy shaxsni jinsi, yoshi, ijtimoiy maqomi, intellekti va h.k. omillardan kelib chiqqan holda tavsiflab berish.
3. Lisoniy shaxsni muayyan madaniy muhitda o‘rganish.
4. Turli madaniyat vakillari nutqiy muomalasidagi farqlarni tadqiq etish.

Download 111,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish