- Nutq buzilishlari haqida qadimgi sharq va O’rta Osiyo buyuk mutafakkirlarining qarashlari.
Mamlakat tafakkuri, ma’naviyat va madaniyatni ko’rsatib beruvchi jahon miqyosida tan olingan asosiy mezonlardan biri tildir. Kishilarning murakkab mukammal,yetuk inson bo’lib shakllanishida aqli va nutqiy malakalari katta o’rin tutadi.Nutq inson tafakkurining zarur asosi bo’lib tuyg’ular bilan mahkam bog’langan. Tafakkuri yuksak darajada rivojlangan buyuk allomalarimiz o’tgan asrlarda kishilarni savodli qilish maqsadida bilim-aql kaliti, bilimsiz kishi-mevasiz daraxt kabi fikrlarni ilgari surib, insonni kamolatga yetishi uchun yoshlikdan bilim egallashni tavsiya etganlar.Bola bilimni qanchalik yoshligidan egallasa, aqli shunchalik rivojlanadi. Kishi bilim olar ekan , uning aqlini, ravon nutqi belgilaydi.
Insonni har tomonlama rivojlanishida nutqning ahamiyati kattadir. Bolalarni yoshligidan nutqini ravon, o’z fikrini to’liq ifoda eta oladigan qilib tarbiyalash muhimdir.
Hozirgi zamon ta’lim-tarbiyasining maqsadi barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish bo’lib maktabgacha tarbiya yoshidan ularga har tomonlama ahamiyat berishdir.
Buyuk allomalarimiz o’z nutqlarini, tafakkurlari, chiroyli she’rlar, g’azallar, maqol-u matallar orqali ifoda etishgan.
Biz nutq kamchiliklarini insonning ruhiyatiga, tafakkuriga ta’sirini rivojlanishida bilish faoliyatlarining o’rni haqidagi fikrlarini tahlil qildik.
Buyuk faylasuf Abu Nasr Forobiy o’z asarlarida insonning bilishini, ruhiy qobiliyatini miya boshqaradi, yurak esa – barcha a’zolarni hayot uchun zarur bo’lgan qon bilan ta’minlovchi markaz. Inson barcha bilimlarini tashqaridan oladi. Buning uchun u ko’plab vosita va imkoniyatlarga ega , bular sezgi, xotira, tasavvur va ayniqsa, mantiqiy fikrlash, aql bilan nutq bo’lib, mazkur vositalar yordamida u ilmni yaratadi.
Shundan so’ng, Forobiy insonning ruhiy va aqliy imkoniyatlarining tasnifini beradi. Uning fikricha, insonda, eng avvalo, “oziqlantiruvchi quvvat” paydo bo’ladi, so’ng tashqi predmetlarning hissiy organlari (eshitish,ta`m bilish ko‘rish,hid bilish,sezish)ga ta`sir natijasida <> vujudga keladi Nihoyat <> ham borki,ular uch turga bo‘linadi 1) xotira va tasavvur quvvati;
2) intiluvchan yoki harakatchan hissiyot quvvati-shodlik quvonch g‘azab va h.k.; 3) so‘zlash va aqliy taffakur quvvati.
Farobiy <> gi asarida aql masalasini chuqur tahlil qilib,bir tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan, tashqi ta`sir-ta`lim –tarbiya natijasi ekanligini uqtiradi .
Forobiy aqlli inson haqida fikr yuritib, bunday yozadi:”aqlli deb, shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf etishda zo’r iste’dodga ega bo’ladilar, yomon ishlardan o’zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni o’ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo’lganlarni aqlli deb bo’lmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim” (“Maoni al-aql” asari).
Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy o’zining “Mineralogiya” asarida quyidagi fikrlarni keltirib o’tgan: “Sezgilar beshta bo’lib, ular quloq bilan eshitish, ko’z bilan ko’rish, burun bilan hidlash, til bilan tatib ko’rish va teri bilan tegib bilishdan iboratdir. Ilm va ma’rifat faqatgina o’shalar orqali hosil bo’ladi”.
Sezgilar o’z qo’zg’atuvchilari orqali qo’zg’aladi. Agar ular me’yorida bo’lsa, yoqimli va zararsiz bo’ladi, me’yoridan ortiq bo’lsa, dardli va halokatli bo’ladi.
Ko’rish sezgisini nur qo’zg’atadi, eshitish havo orqali keluvchi ovozlar qo’zg’atadi, hidlash havo bilan burunga uriladigan hidlar orqali paydo bo’ladi, ta’m ozuqaning mazasi bilan vujudga keladi. Ammo namlik bunda shartdir. Bu to’rt sezgini his etuvchi maxsus organlar mavjuddir. Beshinchi sezgi-sezish esa butun badanda voqedir, ammo dastavval uni teri sezadi”.
Sezgilar bilinganlaridan bir bo’lagini fikrga yetkazsa, fikr uni yangilashishlardan tozalab, aqlga topshiradi. Aql uni umumiy ishga aylantiradi. Faqat sezgi organlari yordamida o’zlashtirilgan bilimlar xatolarga olib kelishi mumkin. Agar inson sezgilardan fikrlash va xulosa chiqarish yordamida foydalansa, ana shu sezgilar orqali idrok qilinadigan narsalarni o’rganishga juda katta yutuqlarga erishmog’i mumkin.
Demak, nutqdagi kamchiliklar idrok jarayoniga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Idrok faqat sezgi organining ishi bo’lmay, balki boshqa bir qancha sezgi organlari, bir qancha analizatorlarning faoliyat maxsulidir.
Bola nutqining rivojlanishi jarayonida ko’rish, eshitish va boshqa analizatorlar o’rtasida shartli aloqalar tizimi yuzaga keladi va takrorlanib turuvchi aloqalar bilan doimo rivojlanib, mustahkamlanib boradi.
Sharqning ulkan qomusiy olimi, jahon ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyondalaridan biri Ibn Sino shunday degan ekan: “Bolalar birga bo’lganda doim bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o’z xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilar”
A.Avloniy ham tarbiya bola hayotining yo’llarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi, deya shunday fikrni bildirgan:”Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo saodat, yo falokat “.
O’zbek adabiyotining asoschisi A.Navoiy asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga alohida o’rin berilgan. U inson tafakkuri, aqli, bilimi va ilmiy izlanishlarini yuksak qadrlagan. “Bilim va donishmandlik insonning bezagidir”- deb yozadi u. Navoiy bola tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, bolani hayot “chirog’i” deb ta’riflaydi. Bola oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. Navoiy bolalarga kichik yoshligidanoq, bilim, ma’lumot va tarbiya berishni ko’rsatib, o’g’il-qizlarni olti yoshdan tarbiyachi, muallimga berish lozimligini aytadi. Ular ilk yoshdayoq fanlarni va hunarlarni egallab olmoqligi lozimligini ta’kidlaydi.
Zamonamizning yirik marifatparvarlaridan bo’lmish A.Avloniy inson barkamolligi uning aqlida, jismoniy sog’ligida hamda odobli xushxulqida deb biladi.
Yuqorida ko’rib o’tgan allomalarimiz inson aqlu zakovatini uning bilish faoliyatiga bog’laydilar. Bilish faoliyatidagi u yoki bu faoliyatni buzilishi albatta insonda nutq buzilishlariga, bu esa o’z navbatida ruhiy ezilishlariga sabab bo’ladi.Bunday kamchiliklar bolalarning ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |