Нутқ тўғрисида умумий тушунча


Nutq buzilishi paydo bo‘lishining sabablari



Download 0,72 Mb.
bet22/32
Sana01.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#291080
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
Muomalani tadqiq etishning o`ziga xos psixologik jihatlari

Nutq buzilishi paydo bo‘lishining sabablari

Homilaning bachadonda rivojlanishi davrida, tug‘ish paytida, hamda bola hayotining birinchi yillarida miyaga turli xil noma’qul ta’sirlar nutq patologiyasiga olib kelishi mumkin.

Nutq kamchiligining tuzilishi va darajasi ko‘pincha miya shikastlanishining og‘irlik darajasiga va uni oldini olishga bog‘liq bo‘ladi, bu faktorlar esa o‘z navbatida miyaga vaqtning patogen ta’siriga bog‘liq. Embriogenezning ilk davrida asab hujayralari jadallik bilan ajralishi paytida bachadondagi homilaning 3-4-oyligida og‘ir miya shikastlanishi paydo bo‘ladi. (N.S.Jukova, Ye.M.Mastyukova, T.B.Filicheva, 1990).

Miyaning rivojlanmaganligi va nutqning og‘ir buzilishlariga olib keluvchi sabablar orasida infeksiyalar va homiladorlik davrida onaning zaharlanishi, toksikozlar, tug‘ish davridagi shikastlanish, asfiksiya, ona va homila qonining rezus-faktor bo‘yicha zidligi (rezus-konflikt) yoki qonning guruhga aloqadorligi, markaziy asab tizimining kasalligi (neyroinfeksiyalar- meningitlar, ensefalitlar, meningoensefalitlar) va bola hayotining birinchi yillarida miyaning jarohatlanishi tez-tez uchraydiganidir.

Tadqiqotchilar (G.V.Guroves, S.I.Maevskaya, 1985) motorli alaliyaning kelib chiqishini yangi tug‘ilgan chaqaloqlar asfiksiyasi va tug‘ilish paytida miya bosh suyagi jarohatining ko‘proq sababini ochib berganlar.

Ye.M.Mastyukova (1990) o‘z ishlarida ta’kidlanganidek, nutqni to‘liq rivojlanmaganligining yana bir ko‘rinishi homiladorlik davrida nikotin va alkogolni iste’mol qilish bolaning asab-psixik va jismonan rivojlanishining buzilishiga ham olib kelishi mumkin. Homilaga alkogolning ta’siri oqibatida jismonan va psixik rivojlanish orqada qoladi, vazni kam bolalar tug‘iladi. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi bu bolalarda harakatni tormozlanishi, jazavaning kuchayishi va aqliy mehnatga layoqatlilikning pastligi bilan qo‘shilib ketadi.

Shu o‘rinda, bola miyasining nutq zonalariga zarar keltiruvchi ta’sirlar nutq shakllanib bo‘lganidan keyingi davrda ro‘y bersa, afaziya – nutq buzilishi ehtimoli bor.

Nutq rivojlanishining buzilishida tarbiya va atrof-muhitning noma’qul sharoitlari bilan bog‘liqligi paydo bo‘lishi kutiladi. Nutq shakllanishining jadal davrida psixik deprivatsiya uning rivojlanishini orqaga suradi. Agar bu faktorlarning ta’siri genetik moyillikka yoki qo‘pol bo‘lmagan serebral-organik kamchiliklarga mos kelsa, unda nutq rivojlanishining buzilishi turg‘un xarakterga ega bo‘ladi va nutqning to‘liq rivojlanmaganligi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi odatda miyaning rezidual-organik shikastlanishi natijasidir (bu termin bilan ifodalangan holat tugallangan patologik jarayon natijasidir). Nutq rivojlanishining buzilishini asab-psixik kasalliklaridan (epilepsiya, shizofreniya va boshqalar) farqlashni bilish kerak. Intellektual kamchiliklari bor bolalarni nutqida patologiya ifodalangan bolalar bilan solishtirganda asosan markaziy asab tizimining organik shikastlanishi ko‘rinishlari kuzatiladi – minimal miya disfunksiyasi deyiladi (MMD).

Nutq buzilishining etiologiyasida alohida o‘rinni perinatal ensefalopatiya egallaydi – bola tug‘ilishi davrida paydo bo‘lgan miyaning shikastlanishi.



Nutq buzilishida markaziy asab tizimining kamchiliklari organik va funksional darajalarning ifodalangan va bartaraf qilinganlariga bo‘ysunishini kuzatish mumkin:

nutqning lokal nuqsoni (bosh miya po‘stlog‘ining nutq zonalaridagi kamchilik), ikkilamchi bilish doirasining buzilishida;

uyg‘unlashgan psixonutqiy nuqson (kamchiliklar faqatgina nutq zonalarida emas, balki bosh miya po‘stlog‘ining chakka-gardan-tepa qismlarida), bilish doirasidagi buzilishlar nutq tuzilmasiga ham kiradi.

Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi va aqliy qoloqlik

Nutq buzilishi va aqliy qoloqlikda differensial tashhis qo‘yish umumiy psixik rivojlanmaganlik, doim, u yoki bu darajada nutqning rivojlanmaganligida kuzatiladi, boshqa tomondan esa, bolada ifodalangan nutq rivojlanmaganligi unda intellekt rivojlanishi notekis yoki to‘xtalib qolganligini belgilaydi. Qator hollarda bolani faqat korreksiya mashg‘ulotlari jarayonida dinamik o‘rganish natijasida diagnostika qilish samarali bo‘lishi mumkin. Aql rivojlanishining chetga chiqishlari bor, umumiy intellektual nuqsoni bo‘lgan, fikrlash qobiliyatining hamma ko‘rinishlarini qamrab oluvchi bolalardan farqli, nutqida og‘ir buzilishlar bo‘lgan bolalarda nutq ishtirokini talab qiluvchi vazifalar kattagina og‘ir qiyinchiliklar tug‘diradi.

NTR li bolalarda aqli qoloq bolalardan farqli psixik jarayonlarning inertligi kuzatilmaydi, ular o‘zlashtirgan aqliy harakatlarini boshqasiga yoki o‘xshash vazifalarni o‘tkazishga qobiliyatlidirlar. Bu bolalar, agar ular nutqiy javobni talab qilmasa, harakatlarning umumlashgan usullarini shakllanishining yordamiga kamroq muhtoj. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda ko‘proq differensiyalangan hayajonli reaksiyalar belgilanadi, ular o‘zlarining nutqdagi kamchiliklariga tanqidiy qaraydilar va ko‘p vazifalarda nutqiy javoblardan ongli ravishda qochishga harakat qiladilar. Ularning faoliyatlari maqsadga yo‘naltirilgan va nazorat qilinadigan xarakterda bo‘ladi. Ular vazifani bajarishda yetarlicha qiziquvchanlik va farosatlilik ko‘rsatadilar.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish