Нутқ тўғрисида умумий тушунча



Download 0,72 Mb.
bet23/32
Sana01.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#291080
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Bog'liq
Muomalani tadqiq etishning o`ziga xos psixologik jihatlari

Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi va psixik rivojlanishning sustlashishi

NTR li va aqli qoloq bolalarni taqqoslashda ba’zi qiyinchiliklar uchraydi, NTR va PRS differensiyasini ko‘p hollarda amalga oshirib bo‘lmaydi. PRS li bolalarda xuddi NTR dagi bolalarga o‘xshab erkin e’tiborning bo‘shligi, fikrlashning erkin va so‘z-logik rivojlanishidagi kamchiliklar kuzatiladi. Nutq funksiyasi ba’zi o‘xshash tavsifnomlarga ham ega. Serebral-organik patologiyada paydo bo‘luvchi, nutq kamchiligining og‘ir turlarida faqatgina nutq zonalariga tegib ketuvchi xotira va fikrlashning ifodalangan buzilishlari ma’lum bo‘ldi, shunga o‘xshash serebral–organik genezisning PRS li bolalarda o‘xshashligi belgilanadi (Ye.M.Mastyukova, 1998). T.A.Fotekova (1993) tomonidan o‘tkazilgan NTR li va PRS li kichik maktab yoshidagi bolalarning solishtirma tadqiqotlari buning tasdig‘idir.

NTR li va PRS li bolalarda turli xil tarkibiy nutq funksiyalari ahvolini maxsus ishlab chiqilgan metodika yordamida nutq rivojlanishining xususiyatlarini logopedik tekshiruvlari faqat sifatli emas, balki son jihatidan ham baholashga imkon beradi. 27,1 % va 37,5% bolalarda mos ravishda fikrlashning aniq-obrazli rivojlanishini yetarlicha yaxshi bosqichi va prognoz qilish faoliyatining samarasi aniqlandi. Aniq-obrazli fikrlashning kuchsiz rivojlanishi va prognoz qilish faoliyati NTR li bolalarda 37,3% va PRS li bolalarda 47,5% aniqlandi. Bu ma’ulmotlarning ko‘rsatishicha, rivojlanishning bir tomonga og‘ish ko‘rinishlarining chegaralanishi ko‘p hollarda qiyin, nutq maktablari o‘quvchilarining yetarlicha katta qismida shunga taalluqli nuqson belgilanadi.

Shuni qo‘shimcha qilib, nutqida patologiyasi bor bolalar, psixik rivojlanishi to‘xtab qolgan bolalarga o‘xshab chet el adabiyotlarida yagona guruhga kiradi – ta’lim berish qiyin bo‘lgan bolalar. Nutq rivojlanishi va bilish doirasining klinik tahlillarini hisobga olib turli sharoitlardagi tomonlarini puxta tekshiruv rivojlanishida bir tomonga og‘ish tarkibini o‘rnatishga imkon beradi, uning yetakchi faktori korreksiya ta’siri yo‘llarini rasional yo‘nalganini tanlash hisoblanadi. Ko‘p hollarda, hatto nutq nuqsonini muvaffaqiyatli bosib o‘tish, bilish funksiyasining rivojlanishidagi kamchiliklarni bosib o‘tishi uchun yetarli sharoit hisoblanmaydi.

Nutq va intellektual kamchiliklarni differensial tashhis qilish uchun qo‘shimcha usullar yordam berishi mumkin, masalan, elektroensefalografiya tadqiqotlari, hamda bolaning psixik rivojlanishi dinamikasini tahlili (PRS li bolalarda ko‘pincha peshona qismi qiynaladi, NTR li bolalarda esa orqa peshona-chakka-gardan qismidagi o‘zgarishlar bo‘ladi).

Sensor alaliyasi va eshitishning buzilishi

S.N.Shaxovskaya (1998) ba’zi diagnostik ko‘rsatkichlarni sensor alaliyali bolada (murojaat qilingan nutqni tushunishdagi qiyinchiliklar) va eshitishi buzilgan bolada (murojaat qilingan nutqni farqlashdagi qiyinchiliklar).

Ular quyidagilar:

  • eshitishi bo‘sh odamning idrokida doim nuqsoni bo‘ladi (sutkaning har xil vaqtida har xil sharoitda u bir xil eshitadi), sensor alaliyali bolada eshitish funksiyasining doimiy bo‘lmagan miltillashi belgilanadi: gohida u eshitadi va ancha past chiqarilgan ovozni tushunadi, gohida esa ancha baland jaranglagan tovushni qabul qilmaydi. Alaliyali bolada audiometriya tadqiqotlari ko‘rsatkichlarining doimiy emasligi ishlash qobiliyatining buzilganidan darak beradi, yuqori darajada charchab qolish, tormozlanish va hayajonlanish jarayonlarining disgarmoniyasi, tahlil va sintez oliy akustik imkoniyatlarida salbiy ko‘rinadi. Ovoz jaranglashining balandligi eshitishi bo‘sh bolaning idrokini yaxshilaydi. Sensor alaliyali bola baland, o‘ta baland tovushga ta’sirlanmaydi, ancha past, tinch tovushni bola o‘ta baland ovozdan ko‘ra yaxshiroq qabul qiladi, himoyalanuvchi tormozlanish paydo bo‘ladi va miya ish qilishdan o‘chib o‘ziga rahm qiladi;

  • eshitishi bo‘sh bola eshitish apparatini ishlatganda yaxshi eshitadi, sensor alaliyali bola esa eshitish apparatidan foydalana olmaydi: qulog‘idagi, boshidagi og‘riqdan shikoyat qiladi; ovozlarning balandlashishi yoqimsiz, uning asabini buzadi. Qator holatlarda sensor alaliyada past tovushlarga yuqori sezuvchanlik, atrofdagilar uchun befarqlik kuzatiladi (varaqlanayotgan sahifalarning shitirlashi, krandan tomayotgan suvning ovozi va b.) va ularda eshitish qobiliyatining saqlanganligini ta’kidlaydi;

  • eshitishi bo‘sh bolaning ovozi jaranglashdan, “uchishdan” ayrilgan, u jim, karroq, ovozning balandligi va jarangdorligi sensor alaliyada odatdagidek saqlanadi.

  • sensor alaliya bilan kasallangan bolaga qaraganda, eshitishi bo‘sh bola bilan aloka bog‘lash oson.

Bolaning erta autizmi (BEA) va alaliyaning solishtirma belgilari tablisada berilgan.

3-tablisa


Nuqida patologiyasi bor bolalar va bolaning erta autizmi bilan kasallangan bolalar o‘rtasidagi solishtirma tavsifnoma


BAE

Alaliya

1. Atrofdagi olam bilan hissiyotli-shaxs muloqoti shakllanishining buzilishi

1. Ko‘rsatilgan buzilish umuman kuzatilmaydi yoki u qat’iy ifodalangan «global» xarakterda emas

2. Mimika va imo-ishora umuman foydalanilmaydi

2. Mimika va imo-ishora yetarli rivojlangan va og‘zaki nutkning o‘rniga ishlatiladi

3. Atrofdagilarga xulqi va ta’sirini oldinda aytib bo‘lmaydi va tushunarsiz

3. Differensiallangan va aynan ta’sirlar: bolalar vaziyatni o‘zgarishini hisobga olish holatidalar

4. «Motor» xatti-harakatini turli xil buzilishining xosligi: ko‘z oldida qo‘l panjalarini o‘ziga xos aylantirishi, qo‘lini va narslarni silkitishi, gavdasini qimirlatishi, tananing boshqacha aylantirishi

4. Umumiy maydonda bo‘lganidek mayda motorikada ham harakat doirasining turli xil buzilishlari kuzatiladi. O‘ziga xos aynan bo‘lmagan stereotip harakatlar yo‘q

5. Intellektual rivojlanishning turli xil variantlari kuzatilishi mumkin: odatdagi, tezlashgan, qattiq to‘xtagan va notekis, hamda oligofreniyaning turli xil darajalari

5. Odatda intellektual rivojlanishning o‘ziga xos to‘xtab qolish kartinasi kuzatiladi: bunda, avvalo, nutq faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan intellektual jarayonlar qiynaladi

6. Ontogenezning erta bosqichlarida nutq (nutq faoliyati) me’yorda rivojlanishi mumkin, keyin esa (odatda 30 oylikkacha) bola og‘zaki nutkdan foydalanishni to‘xtatadi

6. U yoki bu darajada nutqni egallashda, nutq faoliyati shakllanishining sekinlashishi, ifodalangan to‘xtab qolishi xos. Nutq negativizmi ba’zi bolalarda belgilangan nutq muloqotidan butunlay voz kechishga olib kelmaydi.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish