7-Mavzu: Ob`yektlarga bog’lanish paneli buyruqlari va ulardan
imkoniyatlaridan foydalaish algoritmlari. Ob`yektlarga bog’lanish paneli buyruqlari va ulardan
imkoniyatlaridan foydalaish algoritmlari.
Nusha olish, ko’zgu-simmetrik tasvir buyruqlari va ulardan foydalanish algoritmlari
«Копировать» - «Nusxa olish» buyrug`i
Kompyuterda grafik axborotlarni bajarish jarayonida ularning ayrim elementlaridan nusxa olib, boshqa joyga qo’yishda «Копировать» buyrug`idan foydalaniladi.
Bu buyruq quyidagi algoritm asosida bajariladi:
1. Ob`ekt ajratiladi va «Kopirovat»-«Nusxa olish» buyrug`i «Sichqon» yordamida yuklanadi.
2. Shunda, muloqotlar darchasida navbatdagi «Tayanch nuqtasini ko’rsating yoki [Перемешение]:» so’rovi paydo bo’ladi. Agar, ob`ektning nusxasi bitta bo’lsa, bu so’rovga uning biror nuqtasi ko’rsatiladi. Agar, ob`ektning nusxasi bir nechta bo’lsa, bu so’rovga ko’p nusxa olish qo’shimcha buyrug`i – «Перемешение »ning birnchi П harfi terib kiritiladi.
3. Ob`ektning «Sichqon» yordamida bog`langan tayanch nuqtasi chizmaning kerakli joyiga keltirilib, uning chap tugmasi bilan qayd etiladi. Natijada nusxasi ko’chirilib olingan ob`ekt yangi joyda tasvirlanib qoladi. Agar, ko’p nusxa olish qo’shimcha buyrug`i yuklangan bo’lsa, ob`ektni tayanch nuqtasi chizmaning kerakli joylariga birin-ketin keltirilib, qayd etiladi va uning ko’plab tasvirlari yasaladi.
«Зеркало » - «Ko’zgu» buyrug`i
Kompyuterda grafik axborotlarni biror chiziqqa nisbatan simmetrik tasvirlarini «Zerkalo»-«Ko’zgu» buyrug`idan foydalanib osongana yasaladi. «Зеркало »-«Ko’zgu» buyrug`i quyidagi algoritm asosida bajariladi:
1. Ob`ekt ajratiladi va «Зеркало »-«Ko’zgu» buyrug`i «Sichqon» yordamida yuklanadi. Shunda, muloqotlar darchasida navbatdagi «Simmetriya o’qining birinchi nuqtasini kiriting» so’rovi paydo bo’ladi. Bu so’rovga, so’ralgan nuqta kiritilgach, navbatdagi «Simmetriya o’qining ikkinchi nuqtasini kiriting» so’rovi paydo bo’ladi.
2. Ikkinchi so’ralgan nuqta kiritilgach, so’ngi «Berilgan tasvir yo’qotilsinmi yoki yo’qotilmasinmi (Da\Net) so’rovi paydo bo’ladi. Bu qo’shimcha buyruqlarni birortasini bosh harfi kiritiladi. Agar D harfi kiritilsa, berilgan tasvir chizmadan yo’qolib, unga simmetrik bo’lgan tasvir paydo bo’ladi. Agar N harfi kiritilsa, berilgan tasvir chizmada o’z o’rnida qolib, unga simmetrik bo’lgan tasvir paydo bo’ladi. Kompyuter har doim N harfini taklif qiladi. Shuninig uchun ikkinchi so’rovga simmetriya o’qining ikkinchi nuqtasini kiritib, «Enter» tugmasi yuklansa, berilgan chizmaga simmetrik bo’lgan tasvir, masalan berilgan ikki aylanaga, simmetriya o’qi-tasvirdagi to’g`ri chiziqqa nisbatan ikkita aylana chizilib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |