Nursux nuri



Download 0,57 Mb.
bet4/39
Sana27.09.2021
Hajmi0,57 Mb.
#187127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
2018 yil botanika kitobcha

BARG

1. Quydagi o'simliklaming qaysi guruhida oddiy barglar uchraydi?

A) arpa, o'rik, gilos, terak, g'o'za

B) olma, olcha,beda, no'xat, sholi

C) qayrog'och, sholi, qulupnay, terak, loviya

D) beda, no'xat, chinor, noki terak
2.Barg og'izchalarining asosiy tarqalgan joyini aniqlang.

A) barg tomirlari B) bargning ustki qismi

C) bargning ostki qismi D) ustunsimon to'qima
3. Bargning metamorfozi...

A)gul B) kaktus tikani C) gul, kaktus tikani D)kurtak


4.Oddiy (I) va murakkab bargli (II) o'simliklami aniqlang.

1.soxta kashtan 2.na'matak 3.jag'-jag'4.yeryong'oq 5.ituzum 6.tugmachagul

A) 1-1,2,4, II-3,5,6 B) 1-3,4,5,II-1,2,6

C) 1-3,5,6, II-1,2,4 D) 1-2,3,5,II-1,


5.Barglari navbat bilan joylashgan bir yillik(a), ko’p yillik(b) va ikki yillik(c) o’simliklarni aniqlang? 1.pomidor 2.kiyiko’t 3.karam 4.yeryong’oq 5.sebarga 6.rayhon 7.g’o’za 8.shirinmiya 9.sholg’om 10.yalpiz 11.beda

A) a-11,4,10; b-5,8; c-9 B) a-6,1;4; b-2,5,11,8; c-3

C) a-4,1; b-8,5,11; c-9,3 D) a-1,7,6,4; b-5,11; c-3,9
6. Quydagi o’simlikni barglariga xos hususiyatlari bilan juftlang. 1-loviya 2-bodom 3-mingdevona 4-boychechak 5-yovvoyi sabzi a-ikki karra patsimon shoxlangan; b-yonbargchali; c-yonbargchasiz; d-yaxlit; e-uchta bargchali

f-murakkabtoq patsimon; g-murakkab juft patsimon

A)1-e 2-b 3-c 4-d 5-a B)1-e 2-c 3-b 4-b 5-g

C)1-f 2-a 3-b 4-f 5-g D)1-e 2-c 3-e 4-c 5-a


7. Bargi 2 karra patsimon o’simlikni juftlang 1) yovvoyi sabzi 2) partenosissus 3) liftok 4) zuxrasoch 5) suv qirqqulog’i

6) albitsiya 7) totim 8) sallagul

A) 1,2,4,6 B) 1,4,6,7 C) 2,3,5,8 D) 2,4,5,8
8. Yonbargchali, bargi oddiy, barg bandi uzun o’simlikni aniqlang.

A)partenasisus B)beda C)tok D)qizil lavlagi


9. Barglari qarama qarshi joylashgan buta (1) va ko’p yillik o’t(2) larni belgilang.

a)mavrak b)ligustrum c)nastarin d)chinnigul e)yalpiz f)rayhon g)pomidor

A) 1 – b,c; 2 – a,d,e B) 1 – b,c,d; 2 – a,e,f

C) 1 – c,d; 2 – e,f,g D) 1 – a,e,f; 2 – b,c,d


10. Ildizidagi kurtaklardan yangi novdalar hosil qiluvchi yon bargchali murakkab bargli

A)na’matak, tok B)yong’oq, yantoq

C) shirinmiya, olma D)Na’matak, shirinmiya
BARG 2
1. Barg – . . . ning bir qismi bo’lib, o’simliklarning muhim hayotiy jarayonlar (fotosintez) asosida organik moddalar hosil qiluvchi, suvni bug’latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ organi.

A) Poya B) Kurtak C) Novda D) O’simlik


2. Barg asosan necha qismdan tashkil topgan?

A) 2 qismdan B) 3 qismdan C)4 qismdan D) 5 qismdan


3. Bandli barglar (I) va bandsiz bargli (II) o’simliklar to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang.

1) anjir 2) shirach 3) olma 4) gulsafsar 5) yong’oq 6) lola 7) makkajo’hori 8) qovun 9) bug’doy 10) bodring

A) I-1,2,3,4,5, II-6,7,8,9,10; B) I-1,3,5,7,9, II-2,4,6,8,10;

C) I-2,4,6,8,10, II-1,3,5,7,9; D) I-1,3,5,8,10, II-2,4,6,7,9;


4. Qaysi qatorda patsimon tomirlangan (1) va parallel tomirlangan (2) bargli o’simliklar berilgan?

a) oqjo’hori b) nok d) arpa e) chinor f) g’o’za g) g’umay h) makkajo’hori i) tut

A) 1-a,d,f,h, 2-b,e,g,i; B) 1-b,e,f,i, 2-a,d,g,h;

C) 1-a,b,d,e, 2-f,g,h,i; D) 1-b,e,g,i, 2-a,d,f,h;


5. Bir urug’pallali o’simliklar uchun tomirlanishning qaysi turi xos?

A) Panjasimon B) Patsimon C) Yoysimon D) To’rsimon


6. Oddiy (I) va murakkab (II) bargli o’simliklar to’g’ri berilgan javobni aniqlang.

1) shaftoli 2) ravoch 3) tok 4) yong’oq 5) qulupnay 6) na’matak 7) yantoq 8) loviya 9) g’o’za 10) beda 11) o’rik 12) no’xat

A) I-1,3,5,7,9,11, II-2,4,6,8,10,12;

B) 1,2,3,8,9,10, II-4,5,6,7,11,12;

C) I-2,4,6,8,10,12, II-1,3,5,7,9,11;

D) 1,2,3,7,9,11, II-4,5,6,8,10,12;


7. Oddiy barglar yaprog’ining tuzilishiga ko’ra necha xil bo’ladi?

A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) Bir necha xil


8. Qaysi qatorda uchta bargchali murakkab bargga ega bo’lgan o’simliklar berilgan?

A) Mosh, beda, loviya, sebarga

B) Sebarga, beda, soxta kashtan, qulupnay

C) Shirinmiya, beda, sebarga, loviya

D) Yeryong’oq, loviya, mosh, no’xat
9. Panjasimon barg qaysi o’simlik uchun xos?

A) Shoyi akatsiya B) Shirinmiya C) Soxta kashtan D) Beda


10. Bargchalar umumiy barg bandining oxirigacha qarama-qarshi joylashgan bo’lsa bunday barg juft patsimon barg deyiladi ( . . . ). Agar umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugasa, bunday barglar toq patsimon barg deyiladi ( . . . ). Ba’zan toq bargchalar o’rnida gajaklar hosil bo’ladi ( . . . ).

A) Qulupnayda/yeryong’oqda/no’xat va burchoqda

B) Shirinmiyada/qulupnayda/loviya va do’lanada

C) Shoyi akatsiyada/kartoshkada/beda va sebargada

D) Yeryong’oqda/shirinmiyada/no’xat va burchoqda
11. Shoyi akatsiya o’simligi qanday barg tuzilishiga ega?

A) Uch karra patsimon bo’lingan murakkab barg

B) Juft patsimon bargchali murakkab barg

C) Ikki karra patsimon bo’lingan murakkab barg

D) Uch karra panjasimon bo’lingan murakkab barg
12. Saksovul kabi ayrim o’simliklarning bargi juda maydalashib, qipiq shakliga kelib qolgan bo’ladi. Uning bandi ham bo’lmay, uzunligi . . . dan oshmaydi.

A) 2 sm B) 2mm C) 5-7sm D) 5-7mm


13. Yaxlit (I) va o’yilgan (II) bargli o’simliklar to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang.

a) olma b) g’o’za d) tok e) o’rik f) tut g) gilos h) anjir

A) I-a,e,g, II-b,d,f,h; B) I-a,d,f,h II-b,e,g;

D) I-a,b,d, II-e,f,g,h; D) I-b,d,f,h, II-a,e,g;


14. . . . oilalari ko’pchilik vakillarining ildiz bo’g’zida joylashgan barglar, ya’ni to’pbarglar nihoyatda yirik bo’ladi.

A) Qoqidoshlar va gulhayridoshlar

B) Ziradoshlar va burchoqdoshlar

C) Murakkabguldoshlar va burchoqdoshlar

D) Qoqidoshlar va soyabondoshlar
15. Barglari novdada navbat bilan joylashgan o’simliklar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.

A) G’o’za, tok, nastarin, pomidor, olma

B) Do’lana, kiyiko’t, oqquray, atirgul, tut

C) Terak, o’rik, olma, tok, oqquray

D) Sambitgul, pomidor, tut, qumrio’t, terak
16.Qaysi javobda barglari novdada qarama-qarshi joylashgan o’simliklar berilgan?

A) Rayhon, yalpiz, do’lana, kiyiko’t, mavrak, atirgul, kampirchopon

B) Chinnigul, gazanda, dalachoy, ligustrum, nastarin, yalpiz, rayhon

C) Kampirchopon, mavrak, qirqbo’g’im, do’lana, chinnigul, oqquray, g’o’za

D) Nastarin, atirgul, chinnigul, sallagul, jumagul, gazanda, kampirchopon
17.Qumrio’t, sambitgul, qirqbo’g’im kabi o’simliklar barglari novdada qanday joylashgan?

A) Halqa hosil qilib B) Qarama-qarshi

C) Navbat bilan D) Juft-juft bo’lib
18.Quyida berilgan o’simliklarni yorug’sevar (I) va soyasevar (II) o’simliklarga ajrating.

a) yovvoyi qulupnay b) yantoq d) g’o’za e) kartoshka f) kungaboqar g) binafsha

h) pomidor i) xina

A) I-a,d,f,h,i, II-b,e,g, B) I-a,g,i, II-b,d,e,f,h;

C) I-b,d,e,f,h, II-a,g,i, D) I-g,e,i, II-a,b,d,f,h;
19. Barg po’stida yana loviyasimon juft hujayralar bo’lib, ularda sitoplazma va mag’izdan tashqari, yashil tusdagi plastidalar ham bo’ladi. Ularga . . . deyiladi.

A) Barg eti hujayralari

B) Ustunchasimon hujayralar

C) Shaffof hujayralar

D) Barg og’izchalari hujayralari
20. Loviyasimon juft hujayralar bargning qaysi qismida joylashgan?

A) Barg po’stining pastki qismida

B) Barg po’stining ustki po’stida

C) Barg po’stning har ikki tomonida

D) Barg po’sti va barg etida
21. Barg eti hujayralari . . . bo’lib joylashgan. . . . qavat ustunchalarga o’xshash cho’ziq hujayralardan tashkil topgan.

A) Ikki qavat/ostki po’st ustidagi

B) Bir necha qavat/ustki po’st ostidagi

C) Ikki qavat/ ustki po’st ostidagi

D) Bir necha qavat/ostki po’st ustidagi
22. Bargning ko’ndalang kesmasida tomirlarni ko’rish mumkin. Ular ichida . . . dan tashkil topgan naychalar joylashgan.

A) Qalin devorli o’lik hujayralar

B) Yupqa, pishiq devorli tirik hujayralar

C) Qalin devorli tirik hujayralar

D) Yupqa, pishiq devorli o’lik hujayralar
23. Barg tomirlarida yana po’sti qalin, pishiq, juda uzun hujayralar ham bo’lib, ular qanday funksiyani bajaradi?

A) Barglarni suv va unda erigan mineral moddalar bilan ta’minlaydi

B) Bargda hosil bo’lgan organik moddalar ular orqali xarakatlanadi

C) Ular bargga mustahkamlik berib turadi

D) Bargda aynan shu kabi hujayralar bo’lmaydi
24. Nay tolali boylamlar qanday hosil bo’ladi?

A) Elaksimon naychalar va uzun zanjir shaklida ulangan hujayralar bilan birgalikda

B) Barg tolalari, naychalar va ustunchalarga o’xshash hujayralar birgalikda

C) Ustunchalarga o’xshash cho’ziq hujayralar va elaksimon naylar birgalikda

D) Tolalar, naychalar va elaksimon naychalarbirgalikda
25. Barglarning ichki qismi qaysi to’qimalardan tashkil topgan?

A) Mexanik, o’tkazuvchi, hosil qiluvchi va qoplovchi to’qimalar

B) Asosiy, qoplovchi, o’tkazuvchi va mexanik to’qimalar

C) O’tkazuvchi, hosil qiluvchi, epiderma va asosiy to’qimalar

D) Epiderma, mexanik, jamg’aruvchi va o’tkazuvchi to’qimalar
26. Fotosintez – . . . so’z bo’lib, “ fotos ” – . . . va “ sintez ” – . . . degan ma’noni anglatadi.

A) Yunoncha/organik modda/yorug’lik

B) Lotincha/qo’shish/organik modda

C) Yunoncha/yorug’lik/birlashtirish

D) Lotincha/ yorug’lik/qo’shish
27. Organik moddalar asosan bargning qaysi qismida hosil bo’ladi?

A) Barg eti hujayralarida

B) Bargning shaffof po’st hujayralarida

C) Loviyasimon hujayralarda

D) Barg og’izchalari hujayralarida
28.“ Quyosh, hayot va xlorofill ” nomli asar muallifi kim?

A) N.Gryu B) R.Broun C) O’.Pratov D) A.Timiryazev


29. Fotosintez jarayonida xlorofill donachalarida karbonat angidrid . . . bilan birakadi. Natijada dastlab . . . , so’ngra . . . hosil bo’ladi.

A) Tuzlar/ krahmal/shakar B) Suv/shakar/krahmal

C) Tuzlar/shakar/krahmal D) Suv/krahmal/shakar
30. Organik moddalar hosil bo’lishida nimalar ishtirok etadi?

A) Suv, yorug’lik, mineral moddalar, xlorofill donachalari, kislorod

B) Yorug’lik, suv, mineral moddalar, xlorofill donachalari, kislorod, karbonat angidrid

C) Suv, yorug’lik, mineral moddalar, xlorofill donachalari, karbonat angidrid

D) Yorug’lik, mineral moddalar, karbonat angidrid, xlorofill donachalari, suv bug’i,
31. O’simliklar nafas olganda atmosferadan qanday gaz yutib, qanday gaz ajratadi?

A) Kislorod yutib, karbonat angidrid ajratadi

B) Karbonat angidrid yutib, kislorod ajratadi

C) Kislorod yutib, suv bug’i ajratadi

D) Karbonat angidrid yutib, suv bug’i ajratadi
32. Kunning qaysi qismida barglar hujayrasida organik moddalarning hosil bo’lishi va hujayralarning nafas olish jarayoni bir vaqtda o’tadi?

A) Bu jarayon uzluksiz kecha-kunduz davom etadi

B) Bu jarayon faqat kunduzi amalga oshadi

C) Bu jarayon bir vaqtda sodir bo’lmaydi

D) Bu jarayon faqat kechasi bo’lib o’tadi
33. Quyida berilganlarning qaysi biri o’simliklar nafas olishida muhim hisoblanmaydi?

A) Karbonat angidrid B) Kislorod C) Yorug’lik D) A va C javoblar to’g’ri


34. . . . ildiz orqali suv va mineral tuzlarning so’rilishi tezlashadi.

A) Kunlar isiy boshlashi bilan B) O’simliklarda, yorug’lik yetarli bo’lganda

C) Suv bug’lanishi tufayli D) Tuproqda suvning bosimi ortganda
35. Qaysi o’simliklar suvni kam bug’latish uchun yoz oylarida barglarini to’kib yuboradi?

A) Shuvoq, qora boyalish B) Saksovul, qandim

C) Shuvoq, saksovul D) Qandim, qora boyalish
36. Kaktuslarda barg . . .

A) O’zida ko’p miqdorda suv saqlashga moslashgan

B) Tikanga aylangan

C) Qipiqsimon ko’rinishda bo’ladi

D) A va B javoblar to’g’ri
37. Olimlarning aniqlashicha, bir tup g’o’za yoz davomida . . . suv bug’latadi. Bir tup makkajo’hori yoz davomida bug’latgan suv . . . ga tog’ri keladi. Bir tup o’rta yoshdagi (30-40 yillik) shirinmiya (qizilmiya) yoz davomida . . . suv bug’latadi.

A) 500-600 l/200 l/o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p

B) O’z vaznidan 400-500 hissa ko’p/ 500 l/200 l

C) 500-600 l/o’z vaznidan 200 hissa ko’p/300-400 l

D) O’z vaznidan 500-600 hissa ko’p/200 l/500-600l
38. Nima uchun kuz faslida barglardagi xlorofill donachalari yemiriladi?

A) Kunlar qisqarib, harorat pasayadi B) Yorug’lik va harorat yetishmay qoladi

C) Barg hujayralaridagi sariq, qizil, va binafsha rangdagi moddalar sezilarli bo’lib qoladi

D) Barg hujayralaridagi xlorofill xloroplastlarga aylanadi


39. Yil bo’yi o’sib barglari qishda ham saqlanib qoladigan . . . singari doim yashil, qishin-yozin yam-yashil bo’lib o’sadigan o’simliklar ham ko’p uchraydi.

A) Archa, qarag’ay, qoraqarag’ay, qulupnay

B) Qarag’ay, nastarin, qoraqarag’ay, archa

C) Shamshod, ligustrum, atirgul, nastarin

D) Archa, shamshod, atirgul, qulupnay
40. O’simliklarning qaysi organlari yordamida ko’payishiga vegetativ ko’payish deyiladi?

A) Ildiz, novda, tugunak, barg, urug’i, ildizpoya

B) Piyozbosh, guli, ildiz, novda, bargi

C) Ildiz, ildizpoya, tugunak, piyozbosh, novda, barg

D) Ildiz, barg, meva, poya, ildizpoya
41. Quyidagi berilgan o’simliklarni ildizpoyasidan (I) va piyozboshidan (II) ko’payadigan o’simliklarga ajrating. 1) nargiz 2) salomalaykum 3) gu’may 4) gladiolus 5) ajriq 6) lola 7) bug’doyiq 8) boychechak

A) I-1,2,3,4, II-5,6,7,8; B) I-1,3,5,7, II-2,4,6,8;

C) I-1,2,7,8, II-3,4,5,6; D) I-2,3,5,7, II-1,4,6,8;
42. Qaysi qatorda ildiz bachkisi orqali ko’payadigan o’simliklar to’g’ri ko’rsatilgan?

A) Qoraqat, terak, na’matak, aylant, gledchiya, olma

B) Shirinmiya, olvoli, qoraqat, terak, na’matak, yantoq

C) Olxo’ri, gledchiya, olma, tok, malina, atirgul

D) Terak, tok, qoraqat, nargiz, shaftoli, na’matak
43. Qalamchasidan ko’paytiriladigan o’simliklar beril-gan javobni aniqlang.

A) Malina, jiyda, atirgul, anjir, anor

B) Shirinmiya, zirako’t, olvoli, terak, tok

C) Qoraqat, tok, palma, terak, jiyda

D) Tok, malina, qandim, evkalipt, yong’oq
44. Iskana payvand asosan qaysi payt o’tkaziladi?

A) Yanvar oyining oxiridan mart oyigacha

B) Faqat fevral oyida

C) Fevral oyining oxiridan aprel oyigacha

D) Asosan avgust oyida
45. Payvandlardan eng ko’p tarqalgani . . . dir.

A) Naycha payvand B) Kurtak payvand

C) Iskana payvand D) A,C javoblar to’g’ri
46. Kurtagidan payvandlash qaysi oyda o’tkaziladi?

A) Yanvar oyining oxiridan mart oyigacha

B) Faqat fevral oyida

C) Fevral oyining oxiridan aprel oyigacha

D) Asosan avgust oyida
47. Qulupnayning asosiy tupdan o’sib chiqqan sudraluvchi yosh poyasi nima deyiladi?

A) Jingalak B) O’raluvchi poya

C) Chirmoviq D) Ipsimon poya
48. Parxesh yo’li bilan ko’paytiriladigan madaniy o’simliklarni belgilang.

A) Nastarin, atirgul, malina B) Qoraqat, na’matak, anor

C) Atirgul, qoraqat, tok D) Anor, na’matak, nastarin
49. Quyidagi berilgan o’simliklardan qaysi biri bargi orqali vegetativ ko’paya oladi?

A) Fikus B) Binafsha C) Yorongul D) Dalacho’y


50. Gerbariy so’zi qaysi tildan olingan va Toshkentdagi O’zbekiston RFA “Botanika” ilmiy- ishlab chiqarish markazida qancha gerbariy saqlanadi?

A) Lotincha/10mln dan ortiq

B) Yunoncha/1mln dan ortiq

C) Yunoncha/10mln dan ortiq

D) Lotincha/1mln dan ortiq
51.Soyasevar o'simliklarni belgilang.

A)yantoq, xina B)kartoshka, yowoyi qulupnay

C)binafsha, kartoshka D)yovvoyi qulupnay, xina
52. Barg tomirining nay-tolali boylamlarini nimalar hosil qiladi?

1)elaksimon naychalar; 2)tolalar; 3)o'lik naychalar; 4)ustunsimon hujayralar; 5)kambiy

A)1,2,3 B)1,2,5 C)2,3,4 D)1,4, 5
53. .Suvni kam bug'latish uchun yoz oylarida barglarini to'kib yuboradigan o'simliklarni aniqlang.

1)shuvoq; 2)qoraboyalich; 3)yantoq; 4)shirinmiya; 5)sigirquyruq

A)3,5 B)1,4 C)1,2 D)2,5
54.Payvandlash uchun kesib olinadigan kurtakli qalamcha (1)va payvand qilish uchun o'stirilgan urug' ko'chat (2)qanday nomlanadi?

A)1-payvandust; 2-payvandtag

B)1-payvandtag; 2-payvandust

C)1-iskana; 2-payvandust

D)1-payvandtag; 2-iskana
55.Iskana (1)va kurtakdan (2)payvandlash asosan qaysi vaqtda qilinadi?

A)1 - fcvral oyining boshida; 2 - may oyining oxirida

B)1 - daraxtlarda shira harakati boshlangandan keyin; 2 - yil davomida

C)1 - avgust oyida; 2 - fevrai oyining oxiridan aprel oyigacha

D)1 - fevrai oyining oxiridan aprel oyigacha; 2 - avgust oyida
56.. Qaysi o'simlildarning bargi o'zida zapas oziq moddalar to'plash uchun maxsus joy hisoblanadi?

1)piyozbosh; 2)Pekin karami; 3)yalpiz; 4)bosh karam; 5)kartoshka; 6)salomaleykum; 7)gulsafsar

A)1,2,4 B)1, 4, 6 C)5, 6, 7 D)2,3,4
57. Achambitining ikkinchi nomini aniqlang.

A)qoraqobiq B)jag'-jag' C)xarduma D)ajriq


58. Kartoshka tugunagida shakar qanday o'zgarishga uchraydi?

A)glikogenga aylanadi B)kraxmalga aylanadi

C)disaxaridgacha parchalanadi D)sellulozaga aylanadi
59.Qaysi o'simlik mayda urug'dan unib chiqadi va poyasining uzunligi 142 m gacha yetadi?

A)evkalipt B)sekvoyyadendron

C)rotang palmasi D)temirtikan
60.Sabzi va lavlagining qaysi qismida shakar to'planadi?

A)poyasida B)barglarida C)mevasida D)ildizmevasida


61. Piyozning seret barglari, bu — ...

A)shakli o'zgargan burglar B)shakli o'zgargan po'stloq

C)shakli o'zgargan lub D)shakli o'zgargan novda
62.Batatning tugunagidagi ko'zchalarida nima joylashadi?

A)yasmiqchalar B)lub C)kurtaklar D)ksilema


63.Ildizpoyalarda nimalar bo'ladi?

1)kurtaklar; 2)asosiy ildiz; 3)qo'shimcha ildiz; 4)shakli o'zgargan barglar; 5)ildiz qinchasi

A)1, 4, 5 B)2, 3, 5 C)2, 4, 5 D)1,3,4
64.Barglari qalami nashtarsimon, ko'p yillik, ildizpoyali o'tni aniqlang.

A)shirinmiya B)bug'doy C)batat D)g'umay


65.Murakkab bargli o'siniliklarni belgilang.

A)rovoch, burchoq B)no'xat, majnuntol

C)zarang, majnuntol D)qulupnay, shirinmiya
66.Oddiy bargli o'simliklarni belgilang.

A)rovoch, burchoq B)no'xat, majnuntol

C)zarang, majnuntol D)qulupnay, shirinmiya
67.Toq bargchalari gajaklarga aylangan o'simliklarni aniqlang.

1)shoyi akatsiya; 2)no'xat; 3)sebarga; 4)burchoq; 5)zarang

A)2,4 B)1, 5 C)3,4 D)2, 3
68.Qaysi o'simliklarda ikki yoki uch karra bo'lingan patsimon barglar bo'ladi?

A)soxta kashtan, totim B)qumrio't, sambitgul

C)totim, shoyi akatsiya D)oq akatsiya, sebarga


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish