Nurmuhammedov shahbozbek


Ma’ruza 2: Jahon tabiiy resurslari geografiyasi. Ekologik muammolar



Download 233,38 Kb.
bet6/63
Sana04.08.2021
Hajmi233,38 Kb.
#137718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
NURMUHAMMEDOV JAHON IQTISODIY IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Ma’ruza 2: Jahon tabiiy resurslari geografiyasi. Ekologik muammolar
Reja :
 2.1.Tabiat va jamiyatning o’zaro aloqadorligi.
 2.2.Mineral resurslar va ularning xududlar bo’yicha taqsimlanishi.
 2.3.Yer resurslari, yer fondi va uning tuzilishi.
 2.4.Suv resurslari.
 2.5Jahon xo’jaligining rivojlanishida mineral resurslarning ahamiyati. Yoqilg’i resurslari. 2.6.Biologik resurslar. Dunyo okeani resurslari.
 2.7.Rekreatsion resurslar, ularning turlari va mintaqalar bo’yicha taqsimlanishi. 2.8.Ekologik muammol

Tayanch so’z va iboralar: tabiiy chegara, xalq xokimyati, tabiati, foydali qazilmalari, iqlim sharoiti tuproqlari, flora va faunasi, provintsiyalari, energosistema, Yer resurslari, yer fondi, Suv resurslari Biologik resurslar.

Dunyo okeani resurslari, Rekreatsion resurslar, resurslarning mintaqalar bo’yicha taqsimlanishi. Rivojlangan mamlakatlar. Kishilik jamiyati taraqqiyoti – bu jamiyat bilan tabiatning o’zaro aloqadorligidan iborat. Chunki inson tabiatning bir qismi sifatida shakllangan ekan, u o’zi uchun kerakli barcha narsalarni tabiatdan oladi. Shu sababli jamiyat tabiatga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Lekin u hech qachon tabiatdan uzilib ketmaydi va hamisha uning bag’rida yashaydi. Insonning mehnat faoliyati uning tabiatga bo’lgan munosabati asosida yotadi. Mehnat nafaqat insonni tabiatdan ajralib turishni ta’minlaydi, balki uni tabiat bilan birga uyg’unlashtiradi. “Insoniylashgan” tabiat mehnat jarayoni mahsulidir. Erning geografik qobig’i juda ko’p va xilma–xil tabiiy resurslarga ega. Lekin resurslarning har xil turlari miqdori juda katta farq qiladi va ular Yer yuzida notekis tarqalgan. Buning oqibatida ayrim hududlar, mamlakatlar, o’lkalar, materiklar, resurslar bilan turlicha ta’minlangan. Resurslar bilan ta’minlanganlik deganda tabiat resurslari miqdori bilan ulardan foydalanish miqdori o’rtasidagi nisbat tushuniladi. U mazkur resurs yetadigan yillar soni bilan yoki resurslarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori bilan ifodalanadi. Mineral resurslar Jahonning ko’pgina mamlakatlarida mineral resurslardan tejab – tergab foydalanish siyosatini amalga oshirilayotgan bo’lishiga qaramasdan, mineral xom-ashyo resurslariga bo’lgan talab borgan sari ortib bormoqda. Agar odamlar Ilin (Yunon) va Rim madaniyatining gullab yashnagan davrida Mendeleev davriy sistemasidagi 19 kimyoviy elementdan foydalangan bo’lsa, XVIII asrning oxirlariga kelib bu ko’rsatgich 28 taga, XX asr boshlariga kelib 59 taga yetdi. Hozirgi kunda kishilik jamiyatida 100 dan ortiq ximiyaviy elementlar va ularning turli xildagi birikmalaridan ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Insonlar tomonidan hozirgi kunda yiliga 100 mlrd tonna mineral xom- ashyolar qazib olinmoqda. Natijada ko’pgina qazilma – boylik konlarining zahiralari borgan sari kamayib yoki tugab bormoqda. Foydali qazilmalar zahiralarining kamayishini nafaqat qadimdan foydalanib kelinayotgan konlardan tashqari, yangi konlarda ham ko’rishimiz mumkin. Jumladan temir ruda konlari zahiralarining kamayishini Rossiyada Uralda, Frantsiyada, Lotorengiya, AQSHda, Buyuk Ko’llar atrofida joylashgan hududlarda ko’rishimiz mumkin. Yer po’stida foydali qazilmalarning joylashishi geologik qonuniyatlarga bog’liq. Yoqilg’i foydali qazilmalar kelib chiqishiga ko’ra cho’kindi bo’lib, ular platformalarning ustki qismini qoplagan jinslar orasida, va ichki chekkadagi bukilma botiqlarida joylashgan bo’ladi. Yer yuzasidan 3,6 mingdan ortiq ko’mir koni havzalari va konlari mavjud. Ularning asosiy qismi shimoliy yarim shardagi mamlakatlar hududlarida joylashgan Jahonda neft va gazning 600 dan ortiq konlari aniqlangan bo’lib, ularning ham asosiy qismi shimoliy yarim sharda joylashgan. Hozirgi vaqtda aniqlangan neft va gaz konlarining 1/2 qismi Yaqin va O’rta Sharq davlatlarida joylashgan. Neft zahirasining ko’pligi jihatdan dunyoda birinchi o’rinni Saudiya Arabistoni egallaydi. Bundan tashqari neft konlari zahiralari Quvayt, Iroq, Eron, Meksika, Venesuela, AQSH, Liveya, Jozoir, Nigeriya, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Rossiya va Xitoyda ham katta. Gaz zahiralari Rossiyada, Turkmaniston, O’zbekiston, Eron, AQSH, Kanada, Meksika, Jozoir va Norvegiyada keng tarqalgan. Rudali foydali qazilmalar, qadimgi platformalarning zaminida va ularning yer yuzasiga chiqqan qismlarida (qalqonlarda), hamda burmalangan o’lkalarda joylashgan. Rudali foydali qazilmalar ko’pincha juda katta rudali (metallogenik) mintaqalarni hosil qiladi. Bunday mintaqalarga Al – Himolay, Tinch Okeani halqalari misol bo’la oladi. Rudali foydali qazilmalar ichida eng ko’p tarqalgani bu temir rudasi bo’lib, temir rudasi zahirasining ko’pligi jihatidan Rossiya (zahirasi 110 mlrd t), Braziliya (zahirasi 80 mlrd t), Kanada (zahirasi 34 mlrd t), Avstraliya, AQSH, Hindiston yetakchilik qiladi. Mis rudasi zahiralari jihatidan Rossiya, CHili, AQSH, Zambiya, Zair, Qozog’iston jahonda ko’zga ko’rinarli o’rinni egallaydi. Poli metal rudalari zahirasi bo’yicha Rossiya, Kanada, AQSH, JAR lari yetakchi o’rinni, boksit zahirasi bo’yicha Rossiya, Qozog’iston, Gvineya, Avstraliya va Yamayka mamlakatlari yetakchi o’rinni egallaydi Yer resurslari Yer – tabiatning asosiy resurslaridan biri, hayot manbai hisoblanadi. Insoniyatning yer bilan ta’minlanganlik darajasi jahon yer fondi bilan belgilanadi va u 13,4 mlrd gektarni tashkil qiladi. Umuman olganda yer fondining tarkibi unchalik qulay emas. Lekin ishlov beriladigan yerlar eng qimmatbaho yerlar hisoblanadi. Chunki bunday yerlar insoniyat uchun zarur bo’lgan oziq – ovqat mahsuJanubiying 88 foizini beradi. Ishlov beriladigan yerlar yer yuzasining o’rmon – dasht, dasht va qisman o’rmon zonalarida joylashgan. Quruqlikning suv resurslari Quruqlikdagi suvning miqdori 1,4 mlrd.km3ni tashkil qiladi. Lekin odamlar hayvonot va o’simliklar dunyosi uchun kerakli suv quruqlikdagi suv miqdorining atigi 2-2,5 foizini tashkil qiladi. Shulardan foydalanish mumkin bo’lgan daryolarning yillik oqimi 30 mln km3ni tashkil qiladi Suvning harorati quyosh radiatsiyasiga, shamollarga, oqimlarga, to’lqinlarga bog’liq. Okean suvi aslida soviq bo’lib, uning faqat yuzasi iliq va chuqurga tushgan sayin salqinlashadi. Faqat 8 % dengiz suvi 10°C dan iliq, dengiz suvining yarimi esa 2,3°C dan soviq hisoblanadi[ ]. Daryolar suvidan elektr quvvati olish uchun ham foydalaniladi. Jahonning foydalanish mumkin bo’lgan gidroenergetika zahirasi 10 trl.KVT ga teng. Ushbu gidroenergetika zahirasining Ѕ qismga yaqini 6 mamlakatga to’g’ri keladi. Bular – Xitoy, Rossiya, AQSH, Zair, Kanada va Braziliya. Hamdo’stlikdagi mustaqil Davlatlar tomonidan jahon gidroenergetika zahirasining 23 foizi foydalanilmoqda. O’simlik resurslari. O’simlik resurslari ichida asosiy o’rinni o’rmon resurslari egallaydi. O’rmon resurslari qayta tiklanadigan resurslar guruhiga kiradi. O’rmon resurslari ular egallab yotgan o’rmonlar maydoni va ularda o’sayotgan yog’och zahirasi bilan belgilanadi. O’rmonzorlar quruqlikning 40 mln. km2ni (4 mlrd.ga) egallaydi, ya’ni quruqlikning o’rmon bilan qoplanish darajasi 30 foizni tashkil qiladi. O’rtacha yer yuzida aholi jon boshiga 1 gektardan o’rmonzor to’g’ri keladi.O’rmonlarda mavjud yog’och zahiralari 350 mlrd m3ga teng bo’lib, yiliga ularning miqdori 3,5 mlrd. m3 ga ortadi. Lekin shunga qaramasdan o’rmon resurslaridan samarali foydalanish muammosi hozirgi kunning dolzarb muammoligicha qolib kelmoqda. Dunyo okeani resurslari Dunyo okeani resurslaridan eng asosiysi – okean suvlari bo’lib, uning hajmi 1370 mln km3 (gidrosferadagi suvlarning 96,5 %) ni tashkil etadi. Geografik qobiqdagi suvning 97 % ga yaqini dunyo okeanida to’plangan bo’lib, bu suvlarning minerallashish darajasi juda yuqori, ya’ni sho’r suvlar hisoblanadi. Qolgan 3 % ga yaqini chuchuk suvlardan iborat. Bu chuchuk suvlarning 75 % i muzliklarda, 25 % ga yaqini yer osti suvlarda(asosan, grunt suvlari) to’plangan. Hammasi bo’lib 0,03 % i daryolarda, 0,3 % ko’llarda to’plangan, 0,035% i atmosferada to’plangan va qolgan 0,06% i tuproqdagi namlik hisoblanadi (2-rasm). Okean suvlarida erigan holda ko’p miqdorda osh, magniy, kaliy, brom kabi tuzlari mavjud. Bundan tashqari okean suvida erigan holda uran, oltin kabi qimmatbaho va nodir metallar ham uchraydi. Okean resurslari ham hilma hil tarqalgan bo’lib ular okean osti xususiyatlariga bog’liq . Osti tizmala Okean o’rta tizmalari tizimi janubiy yarimsharning 40-60° kengliklaridagi yaxlit suv osti tog’lari halqasini o’z ichiga oladi. Bu halqadan har bir okeanda meridional yo’nalgan uchta tizma tarmoqlanib ketadi, bular: Atlantika O’rta tizmasi, Hind okean O’rta tizmasi va Sharqiy Tinch okean tizmasidir[ ]. Dunyo okeanining muhim boyliklaridan biri energetika resurslaridir. Dunyo okeani suvlarining ko’tarilishi va qaytishi, okean oqimlari, okean suvlarining vertikal harakatlari evaziga juda katta energiya hosil bo’ladi. Bulardan foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Dunyo okeani resurslaridan yana biri – bu biologik resurslar hisoblanadi. Okean oqimlarining sayyora iqlimiga ta’siri katta. Yuqori va quyi kengliklarda issiqlik almashinishini ta’minlaydi va ekstremal iqlimni yumshatadi. Atmosfera sirkulyasiyasiga bog’liq holda doimiy esuvchi shamollar yo’nalishiga bog’liq holda oqimlar ham o’zgarib turadi. Suv yo’nalishining o’zgarishiga Korolis kuchi ham ta’sir ko’rsatadi. Okean oqimlari suv zichligiga haroratlar farqi ham ta’sir ko’rsatadi. Masalan, sovuq suv bilan issiq suvning zichligidagi farq okeanning ekvatorial qismlari bilan qutbiy qismlari o’rtasida suv massalarining almashinuviga sabab bo’ladi. Arktika va Antarktika da sovuq va zich suvlar okeanning tagidagi suv qatlamlarida yuqori bosim hosil qiladi. Ekvator artoflarida yuza qatlamfagi suvlar issiq bo’lganidan chuqurdagi suvlar zichligi qurublardagiga qaraganda kamroqdir. Shu sababli okean tagidagi suvlar qutblardan ekvatorga tomon, yuza suvlar esa ekvatordan qutblarga tomon oqadi[ ]. Rekratsion resurslar Rekratsion resurslar istirohat, turizm va davolanish maqsadida foydalanish mumkin bo’lgan tabiiy ob’ektlar va hodisalardir. Bunday resurslarga dengiz sohillari, daryo va ko’llar bo’ylari, tog’lar, o’rmonli yerlar, mineral buloq va shifobaxsh balchiqlar mavjud joylar kiradi. Bunday joylar dam oluvchilar va turistlar uchun juda xilma – xil chiroyli tabiiy landshaftlar, boy o’simliklar olami, shifobaxsh iqlim, dam olish, sport bilan shug’ullanish, ovchilik, baliq tutish va shu kabilar uchun juda qulay Madaniy – tarixiy diqqatga sazovor joylar ham rekratsion resurslar hisoblanadi. Ekologik muammolar. Hududiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish tarmoqlarining ko’payib borishi , yangi yerlarning o’zlashtirilishi va boshqalar tabiatga texnogen va antropogen ta’sirni kuchaytirdi. Oqibatda Yer yuzida tabiiy sharoiti o’zgamagan joyning o’zi deyarli qolmoqda. Modomiki , barcha hududlar ekologik vaziyayi turli joylardagi darajasi , holati to’risidagi gap yuritish talab etiladi. Ekologir holatning turli rayon va mamlakatdagi xususiyati , uning keltirib chiqaruvchi sabablarini esa umumiy geografiyaning bir tarmog’i - geoekologiya o’rganadi. Aynan shu ma’noda geokologiya tabiiy geografayi bilan iqtisodiy va ijtimoiy geografayini bog’lab turadi. Tog’- kon sanoati natijasida texnogen ilandshaflar vujudga keladi, “bedlentlar” ( yomon yerlar) paydo bo’ladi, joy relyefi, geomorfologiyasi buziladi. Bunday sanoat rayonlarida shakillangan hududiy majmualar yaxlid birlikka ega emas, ularda transport va boshqa aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini tashkil qilish murakkablashadi. Shu bilan birga tog’- kon sanoati rayonlarida yer osti boyliklari vujudga keladi, ayniqsa temir rudasi , qong’ir ko’mir, turli tuz konlari va boshqalarni ochiq usulda( karherlarda) qazib olishda landshaftning tabiiy “basharasi” buziladi, qimmatbaho va serhosil tuproq , unumdor ekin maydonlari qishloq xo’jaligi oborotidan chiqib ketadi. Elektr-energetikaning ekologik xususiyatlari o’ziga xos .Masalan, suv elektr stansiyalari, umuman olganda, ekologik jihatdan toza, bezarar korxona hisoblanadi. Ular faqat katta yer maydonlarini suv omborlari uchun talab qiladi, xolos. Qolgan masalalarda esa bunday elektr stansiyalarining ekologik oqibatlari ancha salbiy. Xususan shahar ichidagi IEMlar, yirik shaharlar yaqinida joylashgan IESlar atrofga yomon ta’sir qiladi- zaharli gazsimon tutunlar atmosfera havosini ifloslantiradi, yoqig’i yondiriigandan qolgan chiqindi kullar esa suniy tepaliklarni hosil qiladi. Shuning uchun katta quvvatga ega bo’lgan issiqlik elektr stansiyalari joining relefi shamol yo’nalishi va boshqa meteorologik omillarni hisobga olgan holda qurulishi kerak. Tadqiqotlarga ko’ra, respublikamizdagi yirik Sirdaryo, Yangi Angiren kabi IES asosida vujudga kelgan sanoat majmualarining havosi va suv tarkibi o’zgargan, tuproq qatlami, ekin maydonlar va hatvonot dunyosi ancha zarar ko’rgan. Qora va rangli metallurgiya ham ekalogik nuqtai nazardan “toza” emas. Yirik qora metallurgiya korhonalari atrofida katta miqdorda shakillar hosil bo’ladi (domna pechining chiqindisi), shahar havosi va suvi ifloslanadi. Ayniqsa rangli metellurgiyaning tabiatga tasiri kuchli. Jumladan, yirik tog’-metallurgiya kambinatlari yaqinida radiaktiv ifloslanish xavfli vujdga kelishi ham mumkin.

Ma’ruza 3: Jahon aholisi



Reja:

3.1.Aholining soni va dinamikasi.

3.2.Aholining jinsi, yoshi va diniy tarkibi.

3.3.Mehnat resurslari ulardan foydalanishning hududiy xususiyati.

3.4.Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining mohiyati va sabablari.

3.5.Aholi joylashuvi va urbanizatsiya jarayoni.

Tayanch so’z va iboralar: Aholi joylashuvi, urbanizatsiya jarayoni, aholining soni, dinamikasi, aholining jinsi, yoshi, diniy tarkibi, mehnat resurslari, aholini hududiy xususiyati, xalqaro ishchi kuchi, aholi migratsiyasining mohiyati. Aholi tabiat va jamiyat o’rtasidagi murakkab bog’liqlikni ta’minlab to’ruvchi asosiy bo’g’indir. Butun insoniyat tarixi davomida sayyoramizda aholi juda sekin ko’paydi va u 1830- yilga kelib 1 mlrd nafarga yetdi. Shundan keyin yana yuz yil o’tgach, 1930 yilga kelib dunyoda aholi soni 2 mlrd kishiga yetdi. Va tez ko’paya boshladi.Aholi sonining 3 mlrdga yetishi uchun keyin 30 yil kerak bo’ldi xolos va u 1960- yilda sodir bo’ldi.Keyinchalik yana 15 yil o’tgach 1975- yilga kelib u 4 mlrdga yetdi. 1987- yilga kelib esa 5 mlrdga yetdi. Hozirgi kunda yer yuzida 7,3 mlrd nafardan ortiq aholi yashamoqda. Aholi sonining bunday tez ko’payishi, ayrim aholishunos olimlarning “demokrafik portlash” nazariyasini ilgari surishga olib keldi. Ularning fikricha, agar aholi soni har 12-15 yilda 1 mlrd nafarga ko’paysa, u holda tez orada sayyoramizga aholi sig’may ketadi degan xulosa kelib chiqadi. Lekin sayyoramizda aholi sonining ko’payishi apogeyi XX asrning 80 yillariga to’g’ri keldi. 1990 yildan aholi soning ko’payishi sekinlashdi. Jumladan 1985-1990 yillar orasida dunyoda aholi soni mutloq ko’rsatkichda yiliga 87 milion nafarga tashkil qilgan bo’lsa, 1990-1995 yillar orasida bu ko’rsatkich 81 milion kishini tashkil etdi.BMTning bashorat qilishicha 2020 yilga kelib dunyo aholisi 8 mlrdga yetadi va XXI asrning o’rtalariga kelib u 10,5 mlrd kishini tashkil etishi mumkin xolos . Aholining takror barpo bo’lishi. Aholishunos olimlarning fikricha,aholining tabiiy ravishda takror barpo bo’lishi deyilganda, tug’ilish, o’lim va shu asosda aholining o’sishi, odam avlodlarning almashinuvini to’xtovsiz ta’minlanishi tushuniladi. Demokrafik siyosat. Demokrafik siyosat ya’ni aholi tabiiy ko’payishini boshqarish, dunyoning ayrim mamlakatlari uchun xos bo’lib, ushbu jarayonning davlat siyosati darajasiga ko’tarilishidir.Bunda ushbu siyosatni amalga oshirayotgan davlatlar, ma’muriy, iqtisodiy ijtimoyi va targ’ibot vositalaridan keng foydalanish asosida demokrafik jarayonni boshqarmoqdalar. Bunday siyosatni amalga oshirish eng avvalo o’sha mamlakatdagi demokrafik holatga bog’liq. Jumladan aholi takror barpo bo’lishi birinchi tipi xos bo’lgan mamlakatlarda davlat tomonidan tug’ilishni rag’batlantiruvchi siyosat amalga oshirilmoqda. Demografik faolik kuzatilayotgan mamlakatlarda tug’ilishni kamaytirish siyosati olib borilmoqda. Jumladan Xitoyda “Bir oilaga –bitta farzand” shiori davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan.Xitoyda tug’ilishni kamaytirish uchun qo’yidagi ishlar amalga oshiriladi: -oila qurishni kechiktirish; -oilada bittadan ortiq farzand tug’ilganda katta badal to’lash; -talabalik davrda yoshlarning oila qurishini taqiqlash Shular hisobiga hozirgi kunda 1221,5 milion aholiga ega bo’lgan Xitoyda har 1000 kishiga tug’ilish koeffitsentini 17-18 promilega tushirishga va aholi tabiiy ko’payishining har ming kishiga 12-13 kishiga tushishiga erishildi. Aholi tarkibi- bu keng qamrovli tushuncha bo’lib,bunda aholining yosh tarkibi va jinsiy tarkibi, aholining diniy tarkibi e’tiqodlariga ko’ra farqlari tushuniladi. Bundan tashqari aholiga xizmat ko’rsatish ham bu sohada o’z aksini topadi. Yosh tarkibi. Yosh ishlab chiqarishning asosiy qismi bo’lib aholi-mehnat resurslarini aniqlashda bosh mezon bo’lib hisoblanadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar aholisida bolalarning ulushi 23 %ni, keksalar 15% ni, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa mutanosib ravishda 43%ni va 6%ni tashkil qiladi. Bunda yana bir kategoriya-moddiy ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan yoki noishlab chiqarish sohasida band bo’lgan odamlar-iqtisodiy faol aholi ham ajrilib turadi. Aholining jinsiy tarkibi; Erkaklar va ayollar nisbati.Umuman olganda dunyo buyicha o’g’il bolalar qiz bolalarga nisbatan bir oz ko’proq tug’iladi. (Har 1000 kishiga 104-107 o’g’il bola tug’iladi.) Lekin keyinchalik ular nisbati tenglashadi. Ammo katta yoshdagilar orasida ayollar soni sezilarli ortadi. Bunga asosiy sabab ayollarning erkaklarga nisbatan uzoq umr ko’rishidir. Masalan Skandinaviya mamlakatlarida, Yaponiyada ayollarning o’rtacha umr ko’rishi 79-80 yosh, erkaklarniki 74-75 yoshni tashkil etar.Bu dunyoda eng yaxshi ko’rsatkichdir. Dunyo aholisining 30%ni tashkil etuvchi Xitoy va Hindistonda hamda ayrim musulmon mamlakatlarda erkaklar soni ayollar soniga nisbatan ko’p.Buni ayollarning sog’ligiga putur yetkazuvchi ko’p farzandlik va ayollarning jamiyatdagi huquqlarining erkaklar bilan teng emasligi bilan isbotlash mumkin. Aholining diniy tarkibi. Sayyoramiz aholisining turli dinlarga mansubligini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki hozirgi FTI davrida turizmni rivojlantirishda boshqa omillar bilan birga diniy omillar ham muhim rol o’ynaydi. Hozirgi kunda jahonda eng ko’p tarqalgan dinlar-Xristian, Islom, Hind va Budda dinlari hisoblanadi. Ushbu dinlardan biri-xristian dini bo’lib,ushbu dinga sayyoramizda 1,6 mlrd kishi e’tiqod qiladilar. Xristian dini Yevropa, Amerika va Avstraliyada mustahkam o’rinni egallaydi. Bundan tashqari xristian diniga mansub kishilar Osiyo va Afrika mamlakatlarida ham mavjud. Xristian dini uch mashabga ajraladi. Bular katolik, pravoslav va protestant. Katolik diniga mansub kishilar Italiya, Isponiya, Portugaliya, Belgiyada keng tarqalgan. Bundan tashqari Frantsuzlarning bir qismi, bir qism Avstraliyaliklar, Polyaklar, Litvaliklar, Xorvatlar, Slovenlar, Vengirlar, Irlandiyaliklar ham katoliklar hisoblanadi. Katolik dining markazi Vatikan hisoblanadi. Xristian dinining provaslav mashabiga mansub kishilar ko’proq Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlarida joylashgan. Ushbu dinga russlar, ukrainlar, belaruslar, yunonlar, ruminlar, serblar, makedoniyaliklar, moldavanlar, gruzinlar, chuvashlar sig’inadilar e’tiqod qiladilar. Xristian dinining protestant yo’nalishi eng avvalo Germaniyada tarkib topdi. Hozirgi kunda protestant yo’nalishiga mansub kishilar Germaniyaning shimoliy va markaziy hududlarida, Shvetsariyada, Buyuk Britaniyada, Siandinaviya mamlakatlarda, Niderlandiya, Frantsiya, Estoniya, Latviya va boshqa Yevropa mamlakatlarida yashaydilar. Xalqaro dinlardan biri islom dini bo’lib, ushbu dinga mansub kishilar dunyo aholisining 1 mlrddan ortig’ini tashkil qiladi. Buddizm ham qadimdan tarkib topgan xalqaro dinlardan biri hisoblanadi. Budda dinni eramizdan oldingi bir minginchi yillarda Hindistonda tarkib topdi.Eramizning boshlariga kelib buddizm dini ikki tarmoqqa ajraldi-ya’ni xinoyan (kichik arg’umon) va moxayan (katta arg’umon). Hindistonda budizm 15 asr hukmron bo’ldi, shundan so’ng Hindistonda hindu dini hukmronligi tarkib topdi.Budda dini Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yashovchi xalqlarga, hamda ShriLanka Xitoy Mangoliya, Yaponiya va Tuvada yashovchi xalqlarga singib bordi. Aholiga xizmat ko’rsatish Aholiga meditsina xizmati ko’rsatish darajasi ham mamlakatlar iqtisodiy-ijtimoiy taraqiyotini ko’rsatuvchi belgilardir. Aholiga meditsina xizmatini ko’rsatish ko’rsatkichi 100% ga teng bo’lgan mamlakatlarga Yaponiya, AQSH, Bolgariya, Belgiya, Shvetsiya va Norvegiyalar misol bo’la oladi. Dunyodagi 30 mamlakatda aholiga meditsina ko’rsatish darajasi 90-100 % ni tashkil qiladi. Bularga Isroil, Kuba, Singapur, KXDR, Puerto-Riko, Mo’g’iliston, CHili, Malayziya, Quvayt, Venesuella, Kosta-Rika, Urugvay va Xitoy misol bo’la oladi. Aholiga meditsina xizmati ko’rsatish ko’rsatkichi 50% gacha bo’lgan mamlakatlarga dunyoning 32 mamlakati kiradi.Bularga Hindiston, Pokiston, Niger, Indoniziya va boshqalar misol bo’la oladi . Aholining savodxonlik darajasi. Aholining 15 yoshdan katta yoshdagilari orasida savodxonlik darajasi aholining ijtimoiy rivojlanishini ko’rsatuvchi ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich bo’yicha yoppasiga savodxon mamlakatlarga MDH, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya hamda Yevropaning ko’pchilik mamlakatlari kiradi. Aholining savodxonlik darajasi 50% dan kam bo’lgan davlatlarga Afrika, Osiyo va Janubiy Amerika davlatlaridan:Burkina-Faso, Serra-Leone, Benin, Mozambik, Somali, Niger, Mali, Chad, Sudan, Afg’oniston, Mozambek, Pokiston, Mavritaniya, Bangladesh, Kambodja, Liberiya, Gvineya-Bisaular misol bo’la oladi. Aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi ham aholining ijtimoiy rivojlanishini ko’rsatuvchi muhim ko’rsatkichlardan biridir. Aholining turmush darajasini bilish,jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini aniqlash imkoniyatini beradi. Aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlashda bir sutkada inson organizmining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabi ya’ni 2500 kilo kaloriya (kkal) asos qilib olinadi.Bu ko’rsatkich turli odamlarda turlicha jumladan, o’rta yoshdagi kishilar uchun o’z organizmining rivojlanishini tiklash uchun ta’na og’irligining har bir kilogramiga 43 kkal energiya kerak bo’ladi. To’rt-ballik ko’rsatkichga-Shvetsiya, Niderlandiya, Belgiya, Daniya, Islandiya mamlakatlari erishgan. Uch ballik ko’rsatkichga-AQSH, Yaponiya, Germaniya, Yangi sanoatlashgan mamlakatlar (Janubiy Koriya, Sengapur, Malayziya, Tayvan) hamda Isroil, Kosta-Riga, Sobiq Yugaslaviya tarkibidagi mamlakatlar ega bo’ladi. Ikki ballik ko’rsatkichga ega bo’lgan mamlakatlarda agar davlat boshliqlari tomonidan aholining sog’lig’ini saqlash bo’yicha amaliy ishlarni amalga oshirmasalar aholining sog’lig’i pasaya boradi.Bunday ko’rsatkichga ega bo’lgan mamlakatlarga: Xitoy, KXDR, Iroq, Braziliya, Argentina, Mongoliya, Albaniya Turkiya, Boltiq bo’yi respublikalari, Turkmaniston, Iordan daryosining g’arbiy qirg’oq hududlarida yashovchi aholilar kiradi. 1,7 dan 1,9 ballga ega davlatlarga Rossiya, Ukraina, Qozog’iston, O’rta Osiyo davlatlari, Moldava, Belarus va boshqalar kiradi. 1,6 ballga ega bo’lgan mamlakatlarga Somali, Gaiti, Birma, Yangi Gveniya; 1,5 balldan past bal olgan mamlakatlarga-G’arbiy Sahroi kabir, Bosnya, Afg’oniston kabilar misol bo’la oladi. Aholi bandligi iqtisodiy faol aholi ulushi mamlakatlar bo’ylab o’zgarib turadi.Sanoati rivojlangan mamlakatlarda barcha mehnat resurslarining 70% ga yaqini iqtisodiy faol. Bunday vaziyat eng avvvalo ishsizlik bilan bog’liq. Bu ba’zan mehnat resurslarining 20-25 va undan ortiq foizini tashkil qiladi. Iqtisodiy faol aholining ulushi rivojlanayotgan mamlakatlarda yanada kam bu umumiy iqtisodiy qoloqlik ishchi joylarining yetishmasligi, mehnatga qobiliyatli yoshdagi yoshlarning ko’pligi bilan bog’liq. Rivojlanayotgan mamlakatlarda arzon ishchilar mehnatidan keng foydalanish qonunga xilof hisoblanmaydi. “Ko’k yoqqaliklar”–jismoniy mehnat bilan shug’ullanayotgan ishchilarni shunday deb atash qabul qilingan. Korxonalarda ular o’rinlarini asta-sekin ma’lumotliroq aqliy mehnat namoyondalari “oq” va “oltin yoqaliklar” egallamoqda. Keyingi yillarda avtomatlashgan va elektron hisoblash texnikasiga xizmat ko’rsatadigan yuqori malakali mutaxasislar kerak. Aholining joylashishi, migratsiya. Urbanizatsiya va uning atrof muhitga ta’siri Aholi joylashishi (zichligi). Yer yuzasida aholi nihoyatda notekis taqsimlangan. Dunyo aholisining 70% i tabiiy sharoit yashash uchun qo’lay bo’lgan quruqlikning 7 % da istiqomat qiladi. Noqo’lay tabiiy sharoitga ega bo’lgan quruqlikning 15% ida aholi butunlay yashamaydi. Har 100 kishining 80 tasi past tekisliklar va dengiz sathidan 500 m gacha bo’lgan tekisliklarda yashaydi. Dunyo aholisining asosiy qismi Janubiy –Sharqiy Osiyoda Yevropa va AQSHning shimoli-sharqida to’plangan. Ularning birinchisida aholi zichligining ortishi qadimda qo’l mehnati yordamida sholi yetishtirish yo’lga qo’yilganligi bilan bog’liq. Boshqa ikkisida esa XVIII-XIX asrlarda sanoat inqilobi bilan bog’liq . Quruqlikning 15% i hali mutlaqo o’zlashtirilmagan va aholi yashamaydi. Yer yuzasida aholining o’rtacha zichligini hisoblash uchun aholi sonini (6 mlrd kishi) yashash uchun yaroqli (13 mln km 2) yerga bo’linadi. Aholi joylashishining ikki-shahar va qishloq shakli mavjud bo’lsada, ikki ming yildan ko’proq vaqt davomida joylashishning qishloq shakli avvaliga deyarli yagona, keyinchalik keskin ustunlik qiluvchi shakl bo’lib qolaverdi. Tub o’zgarish XIX asr va ayniqsa XX asrda tezlashdi. Yer yuzi aholisining yarmidan ko’prog’i hamon qishloq tipidagi istiqomat go’shalarida yashayotganligiga qaramay uning joylashish qiyofasining shaharlar geografiyasi belgilaydi. Qishloq aholisini ko’rib chiqayotganda joylashishning ikki shakliga-ya’ni guruh-guruh va yakka-yakka tartibda joylashganligiga e’tibor qilinadi. Guruh shakli Rossiyada bir qator xorijiy Yevropa mamlakatlari, Xitoy, Yaponiyada ko’pchilikni tashkil etadi. Yakka-yakka tartibdagi qishloqlar Avstraliya va bir qator xorijiy Yevropa mamlakatlarida tarqalgan. Aholi megratsiyasi. Migratsiya (yoki aholining mexanik harakati) ham qadimdan paydo bo’lgan va o’rta asrda, yangi va yangi tarix davrida ham davom etmoqda.Migratsiya sabablari iqtisodiy, siyosiy, harbiy, ekologik, diniy va boshqalar bo’lishi mumkin. Migratsiya ixtiyoriy va majburiy bo’lishi mumkin. Ko’p hollarda ularni tashqi va ichki (mamlakat ichida) migratsiyalarga bo’lishadi. Xalqaro (tashqi) aholi migratsiyasi insoniyat tarixi davomida mavjud bo’lib kelgan. Ular Buyuk gegrafik kashfiyotlar davrida alohida xarakter kasb etdi: Yangi yerlarga ko’chirildi,kapitalizm taraqiyotiga imkon yaratdi. Bir necha asrlar davomida Yevropa migratsiyaning bosh o’chog’i bo’lib qoldi.Bu qit’adan birgina XIX asrda o’n millionlab odamlar ko’chib ketishdi.

Download 233,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish