Ma’ruza 21:.Janubiy Osiyo. Hindiston.
Reja:
22.1.Janubiy Osiyo davlatlariga umumiy tavsif.
22.2.Hindistonning umumiy geografik holati .
22.3. Davlat tuzumi va tarixi.
22.4.Demografik holati va urbanizatsiyasi.
22.5.Xo’jaligining umumiy xususiyatlari va sanoati
22.6.Qishloq xo’jaligi.
22.7.Transporti va tashqi aloqalari.
22.8.Iqtisodiy tafovutlar
Tayanch so’z va iboralar: Janubiy Osiyo, mintaqa, Hindiston, iqtisodiy geografik o’rin, tabiiy resurs, Federativ Respublika, iqtisodiy aloqalari, tashqi savdo, ikki tomonlama va ko’p tomonlama iqtisodiy munosabatlar, savdo, turizm, madaniy markaz, agrar industrial, qishloq xo’jaligi, ko’p millatli, transport yo`llari.
Janubiy Osiyo maydoni 4,5 mln.kv.km aholisi 859 mlndan ortiq. Janubiy Osiyoning Hind okeani havzalarida joylashganligi iqtisodiy geografik jihatdan katta ahamiyatga ega. Dengiz yo’llari davlatlarni iqtisodiy rivojlanishi uchun katta imkoniyat yaratadi. Katta quruqlikdagi chegaralari asosan Himolay tog’lari, Hindikush tog’lari cho’llaridan iboratdir.
Janubi-sharqiy Osiyo hududi shimoliy va sharqiy tomonlarida materikka tutashgan, g’arbiy va janubiy tomonlarida esa katta masofada dengizlar bilan o’ralgan. Undagi Armeniya, Afg’oniston va Ozarbayjondan tashqari boshqa barcha mamlakatlarning dunyo dengizlariga chiqa olish imkoniyati janubi-g’arbiy Osiyo I.G.O’ning qulayliligini ta’minlaydi. Maydoni va aholisi ko’pligiga ko’ra Eron, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Iroq yirik va aksincha, Baxrayn, Kipr, qatar kichik mamlakatlari hisoblanadi, Isroil, Kipr, turkiya iqtisodiy jihatdan imkoniyatlari yaxshi va aksincha Yaman, Afg’oniston nochor mamlakatlar qatorida turadi. Shuningdek, Fors qo’ltiqbo’yi mamlakatlari neft qazib chiqaradigan va undan katta daromad oldigan davlatlardan sanaladi.
Janubiy Osiyo mintaqasi xorijiy turistlarni o’ziga jalb qilish bo’yicha 2002- yilda tarixiy ahamiyatga molik muvaffaqiyatlarga erishdi. 2002- yilda jahon turizm harakatlari 2,7% ga o’sishga erishilgan edi. Janubiy Osiyo mintaqasida oldingi yilga nisbatan o’sish sur’atlari 6,8% ni tashkil etdi. Bu yillik o’sish dunyo bo’yicha o’rtacha o’sishdan yuqori ekanligini ko’rsatadi. Bu mintaqada xalqaro ahamiyatga molik tadbirlar bo’lib o’tmagan bo’lsada, Eron va Hindistonning ekzotik dam olish joylari xorijiy turistlarning diqqat e’tiborini o’ziga jalb etib kelmoqda. Boshqa tomondan esa Nepal va Shri-Lanka hududlarida oldingi yilga nisbatan 5,7-8,3% ga kamayish kuzatildi. Buning sababi hududda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy beqarorlik deb hisoblash mumkin[1].
Do'stlaringiz bilan baham: |