Nuriddinova xalima mavzu: metafora va uning badiiy matnda ifodalanishi


Metafora va unga yondosh hodisalar



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana27.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#585335
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti tilshunoslik ka

 
2.3.Metafora va unga yondosh hodisalar 
Metaforaga berilgan ta‘rif uning tabiatini ko‗rsatib bergan bo‗lsa-da, amalda metaforani 
ajratib olish ancha qiyin. Metaforaga yondosh va o‗xshash hodisalar anchagina bo‗lib, ko‗pincha 
ular metafora deb atalaveradi. Metaforaning yondosh hodisalardan farqi uni shu xil hodisalar 
bilan qiyosan olib o‗rganganda ochiladi. Shuning uchun biz quyida metaforaning turli yondosh 
hodisalar bilan munosabatini ko‗rib chiqamiz. 
Metafora va ko‘p ma’nolilik. 
Metaforani ko‗p ma‘nolilikni yuzaga keltiruvchi 
usullardan biri sifatida baholash an‘ana tusiga kirgan
1
. Bu bahoga qanchalik qo‗shilish yoki 
qo‗shilmaslik, avvalo, ko‗p ma‘nolilik tushunchasini baholashni talab qiladi. Ko‗p ma‘nolilik 
ilmiy tilshunoslikda, shuningdek, polisemiya va polisememiya atamalari bilan ham belgilanadi. 
1
Мамадалиева М.А. Ўзбек тилида номинатив бирликларнинг коннотатив аспекти: Филол. фанлари номзодл... дис. 
автореф. – 1998. – Б. 23; Турсунов У., Муҳторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Т.: Ўзбекистон, 1992

Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқалар Ҳозирги замон ўзбек адабий тили. – Т.: Ўқитувчи, 1980.


34 
Polisemiya atamasi bir muncha keng tarqalgan bo‗lib, masala mohiyatiga nazar tashlash bu 
atamaning o‗zi belgilayotgan hodisa tabiati bilan mos kelavermasligini ko‗rsatadi. Semalar – 
ya‘ni mazmun sememaning eng kichik bo‗laklari deyarli hamma so‗zda ham ko‗p bo‗ladi. Ko‗p 
ma‘nolilik hodisasi esa semalarning emas sememalarning ko‗p bo‗lishini nazarda tutadi. 
Polisemiya atamasining bu kamchiligini sezib, Sh.Rahmatullaev polisememiya atamasini 
qo‗llaydi va metaforani polisememiyani yuzaga keltiruvchi vositalardan biri deb baholaydi. 
Polisememiya tildagi eng aktiv hodisalardan biri hisoblanadi. Sh.Rahmatullaev hozirgi o‗zbek 
adabiy tilidagi leksemalarning deyarli yarmi polisemantik ekanligini ta‘kidlaydi
2
. Semema 
so‗zning ma‘no qismi bo‗lib, unga muayyan ifoda (shakl) qismi mos kelishi kerak. So‗zning 
yangi semema kasb etishi yangi so‗z berishi lozim. A.A.Potebnya ana shu xususiyatga e‘tibor 
berib, masalani keskin xal etadi: ―... ko‗p ma‘nolilik yolg‗on tushunchadir: qaerda ikkita ma‘no 
bor, o‗sha yerda ikkita so‗z bor‖
3
. Albatta, bu fikrga qo‗shilish qiyin. Bunday fikrlash metaforik 
qo‗llangan so‗zlarni ham yangi so‗z deb nomlashga olib kelgan bo‗lur edi va A.A.Potebnyaning 
o‗zi shu xil yo‗l tutadi. Ammo bu fikrda ayrim ratsional jihatlar ham yo‗q emas. Agar sememani 
so‗zning mohiyati, mazmuni deb olsak, mohiyat bir nechta bo‗lmaydi. Mohiyat yagonadir. Yangi 
mohiyat, u naqadar boshqasiga o‗xshamasin, yangi materiyadir. To‗g‗ri, mohiyat xilma-xil 
ko‗rinishga ega bo‗la oladi. Biroq bu uning serqirraligidan darak beradi, xolos. Uning har bir 
qirrasini alohida bir mohiyat deb tushunish emprizmga xos bo‗lib, nazariya yaratuvchini mutlaqo 
qoniqtirmaydi. Bizningcha, metafora haqiqatan ham polisemiya (poliseme-miya) ni yuzaga 
keltirishda qatnashadi. Biroq polisememiya – bu metafora (yoki nom ko‗chishning bir biror 
usuli) emas, yangi hodisadir. Metaforik va nometaforik so‗zlarning komponent tahliliga nazar 
tashlasak, buni yaqqol ko‗ramiz: 
Metaforik so‗z: Bosh – 1) a‘zo; 
2) yuqorigi, birinchi; 
3) miya joylashgan qism; 
4) asosiy. 
Polisemik so‗z: Turmoq – 1) harakat-holat 
a) tik holat; 
b) o‗rinlashgan holat; 
g) o‗rinlashmagan holat. 
Har ikki so‗zda ham to‗rtta sema (shartli) ajratiladi. Farqi shundaki, bosh so‗zning 
semalari alohida-alohida ham (metaforik qo‗llanganda), hammasi birga ham (nometaforik) 
yuzaga chiqa oladi. Qiyoslang: boshim qattiq og‗riyapti – nometaforik ifoda, hamma semalar 
2
Турсунов У., Муҳторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Т.: Ўзбекистон, 1992, 80-85.
3
Потебня А.А. Из записок по русской грамматике. Т. 1-2. – М.: Учпедгиз, 1958. – С. 36 . 


35 
birga yuzaga chiqadi. Ko‗cha boshida paranjili ayol ko‗rindi – metaforik ifoda, 2-sema 
yorqinlashgan, qolganlari xiralashgan. Aql yoshda emas, boshda – metaforik ifoda 3-sema 
yorqinlashgan. So‗zning bosh ma‘nosi ... metaforik ifodada 4-sema yorqinlashgan. 
Polisemantikso‗z semalari esa bu xil imkoniyatga ega emas, 1-sema bog‗lovchi, 
umumlashtiruvchi bo‗lib, u 1 = (v) (yigit daraxt tagida turibdi), 1= (b) (kitob stolda turgandi), 1 
= (v) (qiz cho‗chib o‗rnidan turdi) nisbatlarida yuzaga chiqishi mumkin. Asta-sekin shu 
nisbatlardan biri uziladi va omonimiya vujudga keladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, metafora polisemiya shakllanishida rol o‗ynaydi. 
Biroq polisememiya shakllanishi bilan bu ikki hodisa orasidagi bog‗liqlik uziladi. Polisememiya 
na unisi va na bunisining ko‗rinishi yoki turi emas. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish