Islom niqobi ostidagi ekstremistik va terrorchi uyushmalar
Tashkil topgan yillari
“Nurchilik” ----------------------------------------- XX asr 20-yillarida --------- Turkiya
“Musulmon birodarlar” ------------------------- 1928-yil mart oyida ------- Ismoiliya (Misr)
“Hizbut-tahrir” ------------------------------------- 1953-yil ---------------------- Quddus (Isroil)
“Al-Qoida” ------------------------------------------ 1988-yil ----------------------- Pokiston
“Akromiylar” --------------------------------------- 1996-yil ----------------------- Andijon (O’zbekiston)
“Iroq va Shom islom davlati” (ISHID) --------- 2006-yil 15-oktabr --------- Iroq
“Nurchilik” (turkcha – Nurculuk)
Diniy-fundamental harakat
Asoschisi ------- Said Nursiy (1876-1960)
Turkiyaning – Bitlis viloyatidagi – Nursa qishlog’ida tug’ilgan
Laqabi: “Badiuzzamon” (arabcha – zamonaning buyugi, benazir)
23 yil davomida qamoqda saqlangan
Asari: “Risolai Nur”
Risolai Nur – Qur’oni karim oyatlari sharhlari va diniy ko’rsatmalarini o’z ichiga olgan kitob
6,000 sahifalik ushbu kitob dunyoning 15 tiliga tarjima qilingan
Bu kitob 1954-yilgacha qo’lda ko’chirilib, xalq orasida maxfiy tarqatilgan
(Said Nursiy: “Risolai Nur” bu asrni va kelajak asrlarni nurlantirgan bir mo’jizai Qur’oniydir” – deya o’z asariga baho bergan)
Yuzaga kelishi
XX asr 20-yillarida Mustafo Kamol Otaturkning dunyoviy davlat tuzishiga muxolif ravishda shakllantirilgan.
Bosh maqsadi
Asta-sekinlik bilan yoshlarga panturkizm va mutaasib diniy g’oyalarni singdirish va kelajakda ularning rahbar lavozimlarga tayinlanishi orqali “Nurchilik” jamoasiga moyil shaxslarni hokimiyat tepasiga chiqarish.
G’oyalari
“Risolai Nur” asarida bayon etilgan g’oyalarga asoslanadi va undan boshqa manbalarni inkor etadi.
Amaldagi davlat tuzumi o’rniga islom shariatiga muvofiq qonun-qoidalarni joriy qilish orqali g’arazli maqsadlariga erishish.
Turkiyzabon davlatlarni Turkiya soyasida birlashtirib, “islomiy davlat”ni barpo etish.
Bunda harakat rahnamosi Fathulla Gulenning “Butun yer yuzi Allohning mulki, uni bu meniki, bu seniki, deb bo’lib olishga hech kimning haqqi yo’q” degan fikr ostida boshqa mamlakatlar ustidan hukmronlik o’rnatish ko’zlanadi.
Hozirda “Nurchilik” harakati 120 ta davlatda faoliyat olib borayapti.
Turkiyada ularning tarafdorlari 5 millionga yetgan.
“Nurchilar” Turkiyada 103 ta litsey, 460 ta o’quv kursi, 500 ga yaqin yotoqxona tashkil etgan.
1990-yillardan Kavkazorti davlatlari va Rossiyada paydo bolgan.
“Nurchilar” 87 mamlakatda o’quv dargohlari tashkil etgan.
“Nurchilar” – harakat ichida havfsizlik hizmatini joriy qilgan.
Fathulla Gulen – 6-8 milliard dollarga egalik qiladi.
“Nurchilik” harakati esa – 80 milliard dollarga
1992-yilda Markaziy Osiyoga kirib kelgan va 128 ta litsey ochilgan.
O’zbekistonda 1999-yilda xarakat faoliyati taqiqlangan.
________________________________________________________________________________________
MUSULMON BIRODARLAR
“Jamoat al-Ixvon al-muslimin”
Asoschisi: Hasan al-Banno (1906-1949)
Asari: “Fannul-mavt”
Sayyid Qutb – “Yo’ldagi belgilar” (1965)
Tashkilotning maqsadi
Musulmon oʻlkalarda "islomiy adolat" tamoyillariga asoslangan jamiyat barpo etishdan iborat. Bunga esa "islomiy taraqqiyot yoʻli" bilangina erishish mumkin.
G’oyalari
Tashkilot g’oyalari Hasan al-Banno va Sayyid Qutb tomonidan targ’ib qilingan.
Hasan al-Banno o’zining “Fannul-mavt” asarida ilk marta o’zini o’zi qurbon qilish shaklida jangarilik amaliyotini tayyorlash va amalga oshirish bilan bog’liq faoliyatini oqlab fatvo bergan.
Sayyid Qutb – “Yo’ldagi belgilar” (1965) asarida “jihod” tushunchasini dinsizlar hatto, uning talqiniga qo’shilmagan musulmonlarga qarshi qurolli kurash ma’nosida qo’llay boshlaydi.
Bosh shiori
“Alloh – bizning maqsadimiz, Qur’on – qomusimiz, Payg’ambar – bizning yetakchimiz, Jihod – bizning yo’limiz va Alloh yo’lida qurbon bo’lish bizning eng oliy orzuimizdir”
Do'stlaringiz bilan baham: |