Fanlar tizimida pedagogikaning o'rni va ahamiyati - Fanlar tizimida pedagogikaning o'rni va ahamiyati
- Pedagogika fani tarbiya nazariyasi va dialektikaning uyg'unligi asosida insonda bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy-ma'naviy meros, an'analar, urf-odatlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning boy manbalari bo'lgan tarbiya va ta'lim berish haqidagi tushuncha, bilim, ko'nikma va malaka hosil qilishda boshqa fanlar qatori o'z o'rni va aloqadorligi bor. Pedagogika falsafa, psixologiya, odam ana-tomiyasi va fiziologiyasi, sinergetika va informatika kabi fanlar bilan mushtarak holda rivojlanib kelgan
- Pedagogik fanlarning boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogika fani inson tarbiyasi bilan shug'ullanganligi sababli, unga hamma fanlar ko'maklashishi tabiiydir. Inson tarbiyasining qaysi sohasini olib ko'rsangiz, u qaysidir fan bilan aloqadorlikda amalga oshiriladi, o'sha fanning qonun-qoidalariga suyanadi. Pedagogikaning metodologik asosi bilan nazariyasi va tarbiyadagi qonun-qoidalari bevosita falsafa fanining ta'sirida amalga oshiriladi.
Metod haqida tushuncha Metod (lotincha metodas - yoi so'zidan) tadqiqot yo'li, naza-riya, ta'limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida «metod» so'zi keng ma'noda muayyan maqsadga erishish yoiini, tor ma'noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi. Obyektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o'rganish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo'lib, ular o'zaro uzviy bog'liqdir.
Kuzatish metodlari - kuzatish adabiyotlarni o'rganishdan bosh-lanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni ko'zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tez-ligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish, muddatiga ko'ra, ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish. Qisqa kuzatish — obyektning kundalik faoliyatidagi o'zgarishlaridan ma'lum xulosaga kelish. - Kuzatish metodlari - kuzatish adabiyotlarni o'rganishdan bosh-lanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni ko'zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tez-ligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish, muddatiga ko'ra, ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish. Qisqa kuzatish — obyektning kundalik faoliyatidagi o'zgarishlaridan ma'lum xulosaga kelish.
- Suhbat metodi — tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisa-lari haqida bilib olish maqsadida maxsus shaxslar bilan og'zaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So'roqlar mavzu doira-sida mantiqan mazmunli, tartibli, aniq ifodaga ega bo'lishi lozim va uni to'g'ri yoki noto'g'riligiga qarab, tuzib, natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu olish ham mumkin.
Etiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |