Osteologiya suyaklar haqidagi fan
Reja
•
Skelet suyaklari tuzilishi haqida tushuncha berish
•
Suyaklarning ontogenezi haqida tushuncha berish
•
Suyaklarning filogenezi haqida malumot berish
✓
Sceletos— quritilgan deb taijima qilinadi. Suyaklami tayyorlashning qadimiy usuli: quyosh ta’sirida
yoki issiq qumda quritish bolganligidan suyaklar guruhiga skelet deyiladi.
✓
Suyaklar homilaning o ‘rta pardasi— mezodermaning sklerotom bo‘limidan taraqqiy qiladi.
✓
Skelet suyaklarining vazifasi:
✓
1. Tayanch vazifasi: odam gavdasi va mushaklaming tayanchi bo'lib hisoblanadi.
✓
2. H arakat vazifasi: skelet suyaklarining alohida guruhlarining o'zaro qo'shilishidan richaglar hosil
etib. bo‘g'imlarda mushaklar vositasida harakatga keladi.
✓
3. Himoya vazifasi: suyak guruhlarining o'zaro qo'shilishidan bo'shliqlar hosil bo'ladi. Bu bo‘shliqlar
ichida esa a’zolar joylashadi.
✓
4. Biologik vazifasi: suyaklar tarkibida mineral tuzlar bo'lib, kalsiy. fosfor, temir va h. k. moddalami
saqlaydi.
✓
5. Qonning shaklli elementlari suyak ichidagi qizil ilik sohasida yetiladi.
➢
Naysimon suyaklaming tayanch vazifasini bajaruvchi tana qismiga diafiz (diaphysis) deyiladi.
Diafizlaming uchi esa, naysimon suyaklaming bo'yin qismiga to'g'ri keladi va bu sohalarni metafiz
(metaphysis) deyiladi. Naysimon suyaklaming bo‘g‘im hosil qiluvchi uchlariga epifiz (epiphysis)
qismi deyiladi Suyaklardagi mushaklar birlashadigan o'simtalarga apofizlar (apophysis) deb ataladi.
❖
Har bir suyak (os) alohida a’zodir. Suyak murakkab tuzilishga va kimyoviy tarkibga ega.
Suyaklarning tuzilishida suyak to‘qimasi muhim ahamiyatga ega.
❖
U metalldek qattiqlikka ega bo‘lib, molekular massasi 1,93 (suv dan 2 barobar ko‘p).
❖
Tirik suyak to‘qimada yoki yangi ajratilgan suyakda 50 % suv, 28,15 % organik moddalar, jumladan
15,75 % yog‘ va 21,85 % no organik moddalar bor.
❖
Yog‘sizlantirib quritilgan suyakni 1/3 qismini organik moddalar (ossein, xitin, muguz modda), 2/3
qismi esa noorganik moddalar (kalsiy tuzlari, ayniqsa ohak o‘rta fosfati – 51,04 %, kremniy va
boshqa moddalar) tashkil qiladi.
❖
Noorganik moddalar yoki mineral tuzlar suyakni qattiq va pishiq qilsa, organik moddalar uning
elastikligini ta’minlaydi
❖
Suyakda noorganik moddalarning miqdori yoshga qarab ko‘payib boradi, shuning uchun qari
odamlarning suyagi nisbatan mo‘rt bo‘ladi.
❖
Bolalar suyagining elastikligi uning tarkibida organik moddalarning ko‘p bo‘lishiga bog‘liq. Agar
suyak kuchli kislotaga solinsa, mineral tuzlar erib, ossein moddasi qoladi, bunda suyak qattiqligini
yo‘qotib elastik bo‘lib qoladi.
❖
Agar suyakni temir o‘qqa o‘rnatib yoqsak, organik moddalar yonib ketadi va suyakning elastikligi
yo‘qoladi, bunday suyak tezda kulga aylanadi.
❖
Suyaklami arralab tekshirilsa, uning tashqi tarafida zich (qattiq) m odda— substantia compacta va
ichida g'ovak m odda (ko‘m ik) — substantia spongiosa hosilalar ko'rinadi.
❖
Zich moddalar diafiz (suyak tanasida) sohalarda yaxshi taraqqiy etgan bo'lsa, g'ovak modda
suyaklarining epifiz (suyak uchlarida) qismlarida yaxshi rivojlangan bo'ladi.
❖
Suyaklaming g'ovak qismida ilik — medulla osseum bo'lib, o'z navbatida ikki xil ilik tafovut etiladi.
❖
Qizil ilik medulla osseum rubra — qonning shaklli tanachalari taraqqiy etadigan soha va suyak
taraqqiyoti bilan bog'liq osteoblastlardan tarkib topadi.
❖
Sariq ilik — medulla osseum flava yog' hujayralaridan hosil bo'ladi.
•
Suyaklaming tashqi yuzasi (bo'g'im yuzalaridan tashqari) suyak usti pardasi — periosteum bilan
qoplangan bo'ladi.
•
Suyak usti pardasi pishiq biriktiruvchi to'qimadan tashkil topib, o'z navbatida ikki pardadan hosil
bo'ladi.
•
Tashqi yuzasi pishiq fibroz qavatga ega bo'lsa, ichki yuzasida suyaklami qalinlashishini
ta’minlaydigan kambial hujayralar uchraydi.
•
Suyaklaming bo'g'im yuzasi bo'g'imlaming yengil harakatini ta'minlaydigan gialin tog'ayi —
cartilago articuiaris bilan qoplanadi.
✓
Demak suyaklar tarkibini suyak moddasi. suyak iliklari. suyak usti pardasi, bo'g'im yuzasidagi parda,
bo'g'im yuzasidagi tog'aylar. ulaminng qon tomirlari va nervlar hosil qiladi.
❖
Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi.
❖
Naysimon suyaklar qo‘l va oyoq skeletini hosil qilib, tayanch vazifasini bajaradi.
❖
Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak,son va boldir suyaklari) va kalta naysimon suyaklar (qo‘l,
oyoq kafti va barmoq falangalari) tafovut qilinadi
❖
G‘ovak suyaklar: a) uzun g‘ovak suyaklar (to‘sh suyagi va qovurg‘alar).
❖
Ular asosan g‘ovak moddadan tuzilgan bo‘lib, yupqa zich modda qatlami bilan qoplangan.
❖
b) kalta g‘ovak suyaklar ko‘p qirrali shaklga ega (qo‘l kaftining kaft usti sohasi va oyoq panjasining
kaft usti sohasi suyaklari).
❖
Yassi suyaklar himoya vazifasini bajarib, tana bo‘shliqlarini hosil qilishda ishtirok etadi (kalla
qopqog‘i, chanoq va kurak suyaklari). Bu suyaklar: tashqi va ichki zich qavat o‘rtasida joylashgan
mayda katakchali g‘ovak moddadan tashkil topgan.
❖
Aralash suyaklar turli xil tuzilishga ega qismlardan iborat. Umurt qaning tanasi tuzilishi jihatidan
g‘ovak suyaklarga, ravog‘i va o‘siqchalari yassi suyaklarga kiradi.
❖
Havo saqlovchi suyaklar tanasida shilliq parda bilan qoplangan havo bilan to‘la bo‘shliq bo‘ladi.
Ularga kallaning peshona, ponasimon, ustki jag‘ va g‘alvirsimon suyaklari kiradi.
❖
Ulardagi bo‘shliqlar burun yon bo‘shliqlarini tashkil qiladi.
✓
Odam embrionida suyak to‘qimasi boshqa to‘qimalarga nisbatan kechroq, ona qornidagi hayotining
6–8 haftalarida mezenximadan paydo bo‘ladi.
✓
Hamma suyaklar taroqqiyot davrida bir xilda rivojlanmaydi, ularning ba’zilari (kallaning qopqoq va
yuz qismi suyaklari, o‘mrov) biriktiruvchi to‘qimadan taroqqiy etadi yoki ikki bosqichni (parda,
suyak) o‘tadi. Bular birlamchi suyaklar deb ataladi.
✓
Boshqa suyaklar uch bosqichni (parda, tog‘ay, suyak) o‘tib ikkilamchi suyaklar deyiladi.
➢
Suyaklanish jarayoni quyidagi to‘rt turga bo‘linadi:
➢
1. Endesmal suyaklanishda birlamchi suyaklar vujudga keladi. Bunda bo‘lajak suyakni biriktiruvchi
to‘qimasining ma’lum nuqtasida os teoblastlar zo‘r berib ko‘payadi va suyaklanish nuqtasini hosil
qiladi. Bu nuqta har tomonga qarab nur shaklida qator-qator bo‘lib tarqaydi. Biriktiruv chi to‘qimani
yuza qavati periostga aylanadi va yosh suyakni ustini qoplaydi. Periost hisobiga suyak qalinlashadi.
➢
2. Perixondral suyaklanish homila hayotining 8-haftasida me zenximadan hosil bo‘ladigan suyakning
tog‘ay shakli paydo bo‘ladi. Tog‘ayni tashqi tomondan qoplagan tog‘ay usti pardasining ichki qavati
yosh suyak hujayralari (osteoblastlarni) hosil qiladi va gialin tog‘ayga aylanadi. Bu osteoblastlar
ko‘payib, suyak qatlamini hosil qiladi va asta-sekin tog‘ay to‘qimaning o‘rnini egallab, suyakning
zich (kompakt) moddasiga aylanadi.
➢
3. Tog‘ay suyaklanib bo‘lgandan keyin tog‘ay usti pardasi suyak usti pardaga aylanadi. Keyingi
davrlarda suyaklarni eniga o‘sishi (yo‘g‘onlashishi) ana shu suyak usti pardasi hisobiga bo‘ladi va
suyaklanishning bu turi periostal suyaklanish deb ataladi.
➢
4. Endoxondral suyaklanish tog‘aylar ichida tog‘ay usti pardasi ishtirokida vujudga keladi. Tog‘ay
usti pardasidan tog‘ay ichiga qon tomirlar o‘sib kiradi va tog‘ay yemirila boshlaydi. Qon tomirlar
bilan birga kirgan biriktiruvchi to‘qimadan osteoblastlar hosil bo‘ladi. Bu osteoblastlardan paydo
bo‘lgan suyak nuqtasi tashqariga qarab o‘sib suyakni g‘ovak moddasini hosil qiladi. Bu xildagi
suyaklanishda tog‘aylar to‘g‘ridan to‘g‘ri suyak moddasiga aylanmaydi, balki ular yemirilgan tog‘ay
o‘rnida vujudga keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |