Ijtimoiy tarbiyaning asl ma’nosi ham, vazifasi ham boladagi ijtimoiy faollikni oshirish orqali, undagi ijobiy fazilatlarni kamol toptirishdir. Odatda oilada ijtimoiy faollikni oshirish bola irodasini chiniqtirish orqali amalga oshiriladi. CHunki ko’pincha ota-onalar bolalarining aqlli, farosatli bo’lib yetishlariga e’tibor berib, uning ruhiyatini hamda jismoniy quvaatini oshirishga, irodasini mustahkamlashga bee’tibor qoladilar. Buning oqibatida bola turmush suqmoqlarida tez qoqiladigan, turli ijtimoiy vaziyatlarda qiyinchiliklarni yenga olmaydigan, ruhiyati mo’rt bo’lib katta bo’ladi. SHuning uchun ham oilaviy ijtimoiylashuvda bolaning ijtimoiy bilimdonligi, ijtimoiy ko’nikmalar va ularni oshirishga qaratilgan choratadbirlarga alohida urg’u beriladi.
Mutaxassislar oilaviy sotsializatsiyaning bosqichlari, funktsiyalarini tafovutlash bilan birgalikda uning har birida o’ziga xos ijtimoiylashuv usullari ustivor bo’lishini ham ta’kidlaydilar. Masalan, rus sotsiologi N.Andreenkova ijtimoiylashuv jarayonini ikki katta bosqichda tasavvur qiladi. Uning birinchi bosqichi – individning ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanishini ta’minlovchi hayot bo’lagini o’z ichiga olib, u inson hayotining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. Bu davrda asosan bolaning:
dastlabki ilk sotsializatsiyasi (bolalik davri);
normativ xulqning marginal jihatlarini o’zlashtirish davri (o’smirlik davriga to’g’ri keladi);
o’spiriinlikdan balog’at yoshiga o’tish davrini o’z ichiga olgan ijtimoiylashuv oqibatlari yaxlit namoyon bo’ladigan bosqich.
Ikkinchi bosqich – shakllanib bo’lgan shaxsning jamiyatda faoliyat yuritishi davrlarini o’z ichiga olgan hayot bosqichi. Bunda shaxs dastlab mehnatga yaroqli jamiyat a’zosi sifatida, so’ngra naqaqa yoshiga yetgan inson siftaida o’z o’rniga ega bo’ladi.
Ijtimoiylashuvning dastlabki yillarida uning samaradorligi ko’proq yuqorida ta’kidlaganimizdek, oila, undagi ijtimoiy-psixologik muhit va ota-onaning tarbiyachilik burchini qanday ado etganligiga bog’liq bo’lsa, uning keyingi bosqichlarida ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarining roli ortib boradi. SHunga mos ravishda ijtimoiylashuv usullari ham turlicha bo’ladi.
Ko’plab olimlar va oila masalalari bo’yicha mutaxassislarni xavotirga solgan jihat shuki, zamonaviy oila o’zining bola shaxsini ijtimoiylashtiruvchi vazifasini yaxshi va to’liq ado etmayapti. A.Antonovning ta’kidlashicha, zamonaviy oila oilaviy turmush tarzini shakllantira olmayotganligi sababli ham o’zining bola tarbiyasi borasidagi ijtimoiy bilimdonligini namoyon eta olmayapti. Bundan tashqari, G’arb mamlakatlarida o’tkazilgan tadqiqotlarda aksariyat ayollarda onalik ustanovkalarining yo’qligi, bola tarbiyalash xohishining yo’qligi, qo’ydichiqdining bemalol amalga oshirilishi, rasman FXDYo bo’limlarini nikohni qayd etmay yashash (fuqarolik nikohi), ajrimlardan keyingi erkak va ayolning o’zaro yomon munosabatlari bolalarning ijtimoiylashuviga nihoyatda salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bunday er-xotinlarning farzandlari bir tomondan umuman oila instittutiga va nikohga nisbatan salbiy qarashlarga ega bo’lib, voyaga yetsalar, ikkinchi tomondan, ularning xarakterida asosan xudbinlik, egoizm, agressivlik kabi salbiy sifatlar egasi sifatida shakllanmoqda. Demak, jamiyatda o’z davriga munosib, sog’lom fikrlovchi yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazishning muo’im omili bu rasmiy nikohda bo’lgan er-xotinlar oilasining bahamjihatlikda yashashlaridir.
Psixolog olim V.I.Selivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o’rganib, baxtli bolalik – bu oiladagi quvonchni, xamjixatlikni hamda ota-onalarning bolalariga g’amxo’rligining samarasidir degan xulosaga keladi. Muallif oilaning yo’nalishiga qarab uch toifaga mansub ekanligini ko’rsatib beradi:
Ijtimoiy – ilg’or yo’nalishdagi oila.
Ziddiyatli yo’nalishga ega bo’lgan oila.
Past darajadagi ijtimoiy yo’nalishga ega bo’lgan oila.
Birinchi toifaga xos bo’lgan oilalar bizdagi oilalarning ko’pchilik qismini tashkil qiladi. Bundan oilalarda shaxslararo munosabatlar axloq printsiplari va qoidalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi, shuningdek xar tomonlama kamol topgan shaxsning ijtimoiy ideali (yuksak orzu timsoli) nazarda tutiladi.
Ijtimoiy ilg’or yo’nalishdagi oilalarning voyaga yetgan a’zolari ishlab chiqarishda, korxanada, jamoat ishlarida faol qatnashadilar, ilg’or madaniyatga nisbatan qiziqishlarni namoyish qiladilar, shuning bilan bu narsaga o’z farzandlarida ham xavas uyg’otadilar.
Oilada goxo bo’ladigan ziddiyatlarni juda qisqa muddatda xamjixatlik bilan bartaraf qiladilar. Ushbu toifaga mansub oilalarda xo’jalik ashyolari, qimmatbaxo materiallar xar-hil extiyolarni qondirish vositasi sifatida qaraladi, bu narsalar shaxsning kelajak istiqboli bilan mutlaqo bog’lanmaydi.
Ikkinchi toifaga mansub oilada barqaror yo’nalish bo’lmaydi.
Oiladagi turmush munosabatlari uzluksiz ravishda biron-bir g’oyani boshqa g’oya bilan o’zaro niqoblangan kurashi bosqichida bo’ladi. U yoki bu qarashlarning ustunligi, istiqboli xech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
Er-xotinnig yoki boshqa voyaga yetgan oila a’zolarining murosasiz pozitsiyalari (nuqtai nazarlari) ko’pincha ularning fe’l atvor xususiyatlariga tafovut negizi bilan bog’liq bo’lib, oilada so’z bilan ish birligi masalasi bir-biriga qarama-qarshi yo’nalishda bo’ladi. Burch xissigina muayyan majbariyatni bajarishgina oila a’zolarining o’zaro birlashtirib turadi.
Mana bunday oilalarda er-xotinning bolalarga ta’sir o’tkazish kuchi kurashi, raqobati yaqqol namoyon bo’ladi.
Uchinchi toifadagi oilalarda ko’pincha meshchanlik udumi va ideallari xokimlik qiladi.
Mazkur oilalarda barcha narsa yagona narsaga bo’ysundirilgan, ya’ni moldunyo to’plashga, moddiy-maishiy jixatadan ustunlikka erishishga qaratilgan. Voyaga yetgan oila-a’zolarining, ota-onaning korxonada, muassasada, tashkilotda mehnat qilishi anna shu ko’zlagan maqsadga yetishi vositasi sifatida, xar qanday mehnat esa ish xaqi miqdori bilan o’lchanadi.
Oila boshlig’ining zo’ravonligi, zolimligi, unga ko’r-ko’rona va so’zsiz bo’ysunishlik sajda qilishlik, zaif va nimjon oila a’zolari faolligini poymol qilishga intilishi va hokazolar ustun bo’ladi. Meshchanlik ideal iva diniy e’tiqod doirasidan tashqarii chiqish hollari (kitob o’qish, ijtimoiy turmush faoliyatida ishtirok etish) kamsitilib, bekorga vaqt sarflash deb baholanadi.
SHu bois past darajadagi ijtimoiy yo’nalishga mansub oilalarda xudbin, qo’qoq, jamiyat uchun nafi kam tegadigan o’g’il-qizlar yetishib chiqishi mumkin. Oiladagi munosabatlar ta’sirida ilk bolalikdan umumiy ishga sodiqlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, qat’iylik, qadr-qimmat xissi kabi insoniy xislar shakllana boshlaydi.
Asta-sekin tug’ishganlarga g’axo’rlik, ak-uka va opa-singillik mehri, ota-onalarga muxabbat va shavqat tuyg’ular namoyon bo’lib boradi. Agarda oilalarda turmush munosabatlari qo’pollik, andishasizlik negiziga qurilgan bo’lsa, u holda oila a’zolari ruxiy dunyosida kekkayish, pismiqlik ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xatti-harakatlar qoidalarni sezmaslik, ularni mensimaslik, yalqovlik, ma’suliyatsizlik, dimog’dorlik illatlari unib chiqadi.
Oila boshlig’i xisoblangan ota-onalarning asosiy diqqat e’tibori ahloq normalari va qoidalari talabidan kelib chiqqan xolda o’z farzandlarida ijobiy xarakter xislarini zamon ruxiga mos shaxs fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan. Mazkur toifadagi oila a’zolari davrasidagi suhbatlar, munozalar, mulohazalar o’zaro tinchlik, o’zaro hurmat ruhiga bo’ysindiriladi.
Oilada shaxslararo munosabatlardagi kelishmovchiliklar va ziddiyatlarning shakllanishida besabrlik, o’zgani tushunmaslik, e’tiborsizlik, qizg’anchiqlik, jizzakilik, uquvsizlik, bilimsizlik, beparvolik, loqaydlik, qo’pollik, ba’zi hollarda betakalluflik, didsizlik, uyatsizlik, munofiqlik va hatto buzuqlik sababli yuzaga kelishi tasdiqlangan. O’zbek oilasi uchun xarakterli bo’lgan nizolardan biri er yoki xotinning qarindosh urug’lari bilan bo’ladigan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar.
Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganligiga ko’ra, ularni quyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin:
er-xotin o’rtasidagi nizolar;
qaynona-kelin o’rtasidagi nizolar;
qaynona-kiyov o’rtasidagi nizolar;
ovsinlar o’rtasidagi nizolar;
ota-ona va farzandlar o’rtasidagi nizolar;
farzandlar orasidagi nizolar va b.
Nizolar:
Konstruktiv (biriktiruvchi)
Destruktiv (ajratuvchi)
Nizolar yuzaga kelishiga asos bo’lgan muammolar bu muammolarning xal etilishi, kechishi, ishtirokchilari, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga ko’ra, bir-biridan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |