Bu biosintez jarayoni murakkab bo‘lib, unda 3 xil ribonuklein kislotalar (RNK)
ishtirok etadi. Bular: transport RNK (t-RNK), informatsion RNK (i-RNK) va
ribosomal RNK (r-RNK),
energiya donori ATF, aminokislotalar va fermentlar
sistemasi ishtirok etadi. Oqsil molekulasida aminokislotalarni qaysi tartibda
joylanshi uchun kerakli informatsiya DNK zanjiridan
i-RNK orqali oqsilga
o‘tkaziladi.
Oqsil biosintezining sxematik ko‘rinishi
.
Oqsil biosintezi jarayonini 3 asosiy bosqichga bo‘lish mumkin:
1-bosqichda
transkripsiya, matriks DNK da i-RNK sintezlanishi va uning
ribosomaga o‘tishi amalga oshadi. Bu yo‘l bilan sintezlanadigan oqsilning tuzilishi
to‘g‘risidagi informatsiya yadrodan ribosomalarga, ya’ni oqsil sintez bo‘ladigan
joyga o‘zatiladi.
2-bosqichda
oqsil sintezlanishi uchun zarur aminokislotalarning maxsus t-
RNK bilan birikishi va ularning shunday ko‘rinishda ribosomaga o‘tishi sodir
bo‘ladi.
3-bosqichda
translyasiya (tarjima), i-RNK nukleotidlari izchilligining oqsil
sintezi jarayonida polipeptid zanjiridagi aminokislotalar izchilligiga o‘tkazilishidan
iborat. Aminokislotalarning aktivlanishi va ribosomaga tashilishida ishtirok etuvchi
makromolekulalar bo‘lib, ularning turi 100 ga etadi. Bu gruppaga aminoatsil-t-
RNK sintetaza va transport RNK lar kiradi.
T-RNK vazifasi aktivlashgan aminokilotani ferment
yuzasidan ajratishi va
tronsportlik vazifasidan tashqari, t-RNK oqsil biosintezining eng muhim qismi-
shakllanadigan oqsil molekulasida aminokislotalarning ma’lum bir aniq bo‘lgan
aniq ketma ketlikda joylashishini ham ta’minlaydi. Ribosomalar taxminan bir xil
nisbatdagi oqsil va yuqori molekulyar ribosoma RNKsidan tashkil topgan diametri
25-30 nm bo‘lgan zarrachalardir. O‘simliklarda ribosomalarning muhim
komponentlaridan biri magniy bo‘lib, uning miqdori quruq modda massasining 2-
2,5% ni tashkil qiladi. Magniy ribosomaning aktiv strukturasini ta’minlovchi
omillardan biridir.
Ribosomalar
hujayra sitoplazmasi, mitoxondriyasi va xloroplastlarida juda
ko‘p uchrashi aniqlangan. O‘simlik yaproqlari xloroplastlarining ribosomalari
umumiy yaproq ribosomalarining 50% ni tashkil qiladi. Tirik organizmlarda esa
oqsillarning fermentli sintezi aminokislotalarning
aktivlashish jarayonidan
boshlanadi. Bunda ma’lum fermentlar ta’sirida va energiya manba’i sifatida
adenozintrifosfat (ATF) ishtirokida aminokislotalarning
karboksil gruppalari
aktivlashadi. Natijada, erkin holatda pirofosfat ajraladi va adenozinmonofosfat
hamda aktivlashgan aminokislota birikmasi (aminoatsiladenilat)
fermentli
birikmasi hosil bo‘ladi.
Hujayra yadrosidagi DNK ning molekulyar strukturasi uning ribosomalardagi
sintezlanadigan oqsil strukturasini belgilaydi. DNK molekulyar strukturasida oqsil
molekulasidagi aminokislotalar tarkibi va ketma-ketligini shifrlangan. DNK
strukturasidagi shifrlangan informatsiya RNK ning boshqa bir turi - informatsion
RNK (i-RNK) yordamida ribosomalarga uzatiladi.
Informatsiyani tashuvchi t-RNKning i-RNK fraksiyasi hujayradagi
ribonuklein kislota miqdorining juda oz kismini tashkil qiladi (2-5%). DNK
molekulasidagi shifrlangan informatsiyaning ribosomaga
i-RNK orkali uzatilishi
uning tarkibidagi purinli va pirimidinli asoslarning
Do'stlaringiz bilan baham: