Nru-0,5 diskli



Download 193,2 Kb.
Sana15.06.2022
Hajmi193,2 Kb.
#672219
Bog'liq
Zamonaviy o‘g‘it solish mashinalari -WPS Office


Qishloq xo‘jaligida yerga ishlov berish ishlari kabi muhim bo‘lgan qo‘shimcha ishlar mavjud bo‘lib, ulardan biri yerga o‘g‘it solish hisoblanadi. Bu bizga yerning unumdorligini oshirish bilan bir qatorda o‘simlikning unib o‘sishi va hosilining ko‘payishiga katta turtki bo‘ladi. Hozirgi kunda qo‘l mehnati o‘rniga zamonaviy texnologiyalardan foydalanish odam mehnatini osonlashtirishgina qolmay, bir qancha imkoniyatlarni ham taqdim etdi. Ya‘ni bulardan biri vaqt tejamkorligi. Bitta odam qilayotgan ish bilan bitta odam boshqarayotgan zamonaviy texnikani taqqoslaydigan bo‘lsak, bitta odam uncha katta bo‘lmagan hududga o‘g‘it solishi mumkin bo‘lgan vaqt ichida texnika gektardan joylarni o‘g‘ishlash imkoniyatiga ega. Bundan tashqari oshiqcha harakatni ham oldini oladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bitta katta dala maydoniga to‘liq o‘g‘it solish uchun ko‘plab odamlardan iborat katta guruh ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Buncha ishchining har birini oladigan haqqini hisoblaydigan bo‘lsak albatta uch yoki to‘rt kishidan iborat guruh texnika bilan ishlagani arzonga tushishi turgan gap. Bundan tashqari eng muhim afzalliklaridan biri o‘g‘it solish sifati yuqoriligi. Hozirgi zamonaviy texnologiyalar solinayotgan o‘g‘itni dalaning yuzasida yuqori aniqlikda taqsimlab solishi sir emas. Taqsimlashning aniqligi qancha yerga qancha o‘g‘it qilinishini hisoblab chiqish uchun qo‘l keladi.

NRU-0,5 rusumli o‘g‘it sochgichning umumiy tuzilishi va texnologich ish jarayoni 1-rasmda ko‘rsatilgan.





1-rasm. NRU-0,5 diskli
o‘g‘it sochgich sxemasi:
1-disk; 2-dastak; 3-bunker;
4-sirpang‘ich; 5-koromislo;
6-reduktor;7-to‘kuvchi planka.

Uning o‘g‘it sepuvchi diski 1 traktorning quvvat olish vali orqali aylanma harakatga keltiriladi. Sepiladigan o‘g‘it miqdori dastak 2 yordamida sepish tirqishi hamda sepish plankasi 7 amplitudasini o‘zgartirish yo‘li bilan sozlanadi. Diskka tushgan o‘g‘it uning kurakchalari va markazdan qochma kuch ta'sirida 10-12 m kenglikda yer betiga sochiladi.


Agrotexnik talablarni to‘liq bajarilishi hamda mashinalarning bir maromda ishlashi uchun dalalarda har xil baland-pastliklar uchramasligi, ular o‘simlik qoldiqlaridan tozalangan bo‘lishi hamda chuqur sug‘orish ariqlari va suv yuvib ketgan joylar tekislangan bo‘lishi lozim.
O‘g‘it sochuvchi mashinalarni ishga tayyorlash jarayoni ularning butligi, uzellarning to‘g‘ri yig‘ilganligi, o‘g‘it sochuvchi ishchiqismlari va harakat uzatuvchi qurilmalarning texnik holati ko‘rib chiqish, uni traktorning quvvat olish valiga ulash hamda texnologik sozlashlarni bajarishdan iborat.
Erga solinadigan ma'danli o‘g‘itlar bir jinsli mayda zarrali, lekin kukunga aylanmagan, qumoqlashib qolmagan va sochiluvchan bo‘lmog‘i lozim. Shunga ko‘ra, nam tortib, mushtdek qotib qolgan o‘g‘itlarni mavjud ish uskunalari yordamida maydalash lozim. O‘g‘itlarni faqat sepish oldidan maydalash va aralashtirish tavsiya etiladi.
Sochiladigan o‘g‘it miqdori dastak orqali sochish tirqishi hamda sochish plankasi amplitudasini o‘zgartirish yo‘li bilan sozlanadi. Mashinaning ishchi qismini (disk) yer yuzasiga nisbatan 70-75 sm balandlikda o‘rnatilsa, yaxshi natijalarga erishiladi.
Bir o‘qli 1-RMG-4A mineral o‘g‘it sepgich barcha turdagi mineral o‘g‘itlarni sepishga mo‘ljallangan. Mashina quyidagi asosiy qismlardan iborat: kuzov 1 (2-rasm), chiviqli transportyor 2, sepish regulyatori 4, sepuvchi disklar 5 xamda yuritma mexanizmlardan tashkil topgan.



2-rasm 1-RMG-4A mineral o‘g‘it sepish mashinasi:
a – texnologik ish jarayoni; b – o‘g‘it bo‘lgichni ko‘rinishi; 1-kuzov; 2-transportyor; 3-gidrosilindr; 4-sepish normasi regulyatori; 5-sepuvchi disk; 6-shamoldan himoyalash qurilmasi; 7-rezinali rolik; 8-yurish g‘ildiragi; 9-tirkash qurilmasi; 10-o‘g‘it yo‘naltirgich; 11-sharnirli devor bo‘lgichlar; 12-kurakchalar.
Transportyor zanjirli uzatma va gidrosilindr 3 bilan g‘ildirakka siqilgan rezina rolik 7 vositasida chap yurish g‘ildiragidan xarakatga keltiriladi. O‘ngdagi disk traktor gidrosistemasiga ulangan shesternyali gidromotor, chapdagi disk ponasimon tasmasi uzatma yordamida ungdagi disk orkali aylanadi.
Kuzovning ketingi tomonida o‘g‘it bo‘lgich o‘rnatilgan bo‘lib, u o‘g‘itlarni ikki okimga bo‘ladi va disklarga yo‘naltiradi. O‘g‘it bo‘lgichning ichki devorlari 11 sharnirli maxkamlangan va buriladigan bo‘lib, u disklarga o‘g‘it uzatish joyini o‘zgartiradi. O‘g‘it yo‘naltirgich 10 ni kuzov bo‘ylab surib va devorlar 11 holatini o‘zgartirib o‘g‘itlarni qamrash kengligi bo‘yicha bir tekis taqsimlanishiga erishiladi.
1-RMG-4 mashinasini ishga tayyorlash. O‘g‘it bo‘luvchi moslamani sozlash tartibi quyidagi usulda, ya'ni moslamani agregat harakat yo‘nalishi bo‘yicha yoki unga teskari tomonga surish hamda uning ichki devorlari holatini o‘zgartirish bilan o‘g‘itlarni dala yuzasida bir tekis taqsimlanishiga erishiladi.
O‘g‘it sepish miqdori esa mashina transportyorining tezligi va tirqishning balandligini o‘zgartirish orqali sozlanadi. Tirqishning balandligi 25 mm dan 250 mm gacha rostlanadi. O‘g‘itning turiga va belgilangan miqdoriga qarab mashinaning qarama-qarshi aylanuvchi disklari uni 11 - 14 metr kenglikda sepa oladi.
Download 193,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish