Qishloq xo‘jaligida yerga ishlov berish ishlari kabi muhim bo‘lgan qo‘shimcha ishlar mavjud bo‘lib, ulardan biri yerga o‘g‘it solish hisoblanadi. Bu bizga yerning unumdorligini oshirish bilan bir qatorda o‘simlikning unib o‘sishi va hosilining ko‘payishiga katta turtki bo‘ladi. Hozirgi kunda qo‘l mehnati o‘rniga zamonaviy texnologiyalardan foydalanish odam mehnatini osonlashtirishgina qolmay, bir qancha imkoniyatlarni ham taqdim etdi. Ya‘ni bulardan biri vaqt tejamkorligi. Bitta odam qilayotgan ish bilan bitta odam boshqarayotgan zamonaviy texnikani taqqoslaydigan bo‘lsak, bitta odam uncha katta bo‘lmagan hududga o‘g‘it solishi mumkin bo‘lgan vaqt ichida texnika gektardan joylarni o‘g‘ishlash imkoniyatiga ega. Bundan tashqari oshiqcha harakatni ham oldini oladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bitta katta dala maydoniga to‘liq o‘g‘it solish uchun ko‘plab odamlardan iborat katta guruh ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Buncha ishchining har birini oladigan haqqini hisoblaydigan bo‘lsak albatta uch yoki to‘rt kishidan iborat guruh texnika bilan ishlagani arzonga tushishi turgan gap. Bundan tashqari eng muhim afzalliklaridan biri o‘g‘it solish sifati yuqoriligi. Hozirgi zamonaviy texnologiyalar solinayotgan o‘g‘itni dalaning yuzasida yuqori aniqlikda taqsimlab solishi sir emas. Taqsimlashning aniqligi qancha yerga qancha o‘g‘it qilinishini hisoblab chiqish uchun qo‘l keladi.
NRU-0,5 rusumli ogit sochgichning umumiy tuzilishi va texnologich ish jarayoni 1-rasmda korsatilgan.
1-rasm. NRU-0,5 diskli
ogit sochgich sxemasi:
1-disk; 2-dastak; 3-bunker;
4-sirpangich; 5-koromislo;
6-reduktor;7-tokuvchi planka.
|
Uning ogit sepuvchi diski 1 traktorning quvvat olish vali orqali aylanma harakatga keltiriladi. Sepiladigan ogit miqdori dastak 2 yordamida sepish tirqishi hamda sepish plankasi 7 amplitudasini ozgartirish yoli bilan sozlanadi. Diskka tushgan ogit uning kurakchalari va markazdan qochma kuch ta'sirida 10-12 m kenglikda yer betiga sochiladi.
Agrotexnik talablarni toliq bajarilishi hamda mashinalarning bir maromda ishlashi uchun dalalarda har xil baland-pastliklar uchramasligi, ular osimlik qoldiqlaridan tozalangan bolishi hamda chuqur sugorish ariqlari va suv yuvib ketgan joylar tekislangan bolishi lozim.
Ogit sochuvchi mashinalarni ishga tayyorlash jarayoni ularning butligi, uzellarning togri yigilganligi, ogit sochuvchi ishchiqismlari va harakat uzatuvchi qurilmalarning texnik holati korib chiqish, uni traktorning quvvat olish valiga ulash hamda texnologik sozlashlarni bajarishdan iborat.
Erga solinadigan ma'danli ogitlar bir jinsli mayda zarrali, lekin kukunga aylanmagan, qumoqlashib qolmagan va sochiluvchan bolmogi lozim. Shunga kora, nam tortib, mushtdek qotib qolgan ogitlarni mavjud ish uskunalari yordamida maydalash lozim. Ogitlarni faqat sepish oldidan maydalash va aralashtirish tavsiya etiladi.
Sochiladigan ogit miqdori dastak orqali sochish tirqishi hamda sochish plankasi amplitudasini ozgartirish yoli bilan sozlanadi. Mashinaning ishchi qismini (disk) yer yuzasiga nisbatan 70-75 sm balandlikda ornatilsa, yaxshi natijalarga erishiladi.
Bir oqli 1-RMG-4A mineral ogit sepgich barcha turdagi mineral ogitlarni sepishga moljallangan. Mashina quyidagi asosiy qismlardan iborat: kuzov 1 (2-rasm), chiviqli transportyor 2, sepish regulyatori 4, sepuvchi disklar 5 xamda yuritma mexanizmlardan tashkil topgan.
2-rasm 1-RMG-4A mineral ogit sepish mashinasi:
a texnologik ish jarayoni; b ogit bolgichni korinishi; 1-kuzov; 2-transportyor; 3-gidrosilindr; 4-sepish normasi regulyatori; 5-sepuvchi disk; 6-shamoldan himoyalash qurilmasi; 7-rezinali rolik; 8-yurish gildiragi; 9-tirkash qurilmasi; 10-ogit yonaltirgich; 11-sharnirli devor bolgichlar; 12-kurakchalar.
Transportyor zanjirli uzatma va gidrosilindr 3 bilan gildirakka siqilgan rezina rolik 7 vositasida chap yurish gildiragidan xarakatga keltiriladi. Ongdagi disk traktor gidrosistemasiga ulangan shesternyali gidromotor, chapdagi disk ponasimon tasmasi uzatma yordamida ungdagi disk orkali aylanadi.
Kuzovning ketingi tomonida ogit bolgich ornatilgan bolib, u ogitlarni ikki okimga boladi va disklarga yonaltiradi. Ogit bolgichning ichki devorlari 11 sharnirli maxkamlangan va buriladigan bolib, u disklarga ogit uzatish joyini ozgartiradi. Ogit yonaltirgich 10 ni kuzov boylab surib va devorlar 11 holatini ozgartirib ogitlarni qamrash kengligi boyicha bir tekis taqsimlanishiga erishiladi.
1-RMG-4 mashinasini ishga tayyorlash. Ogit boluvchi moslamani sozlash tartibi quyidagi usulda, ya'ni moslamani agregat harakat yonalishi boyicha yoki unga teskari tomonga surish hamda uning ichki devorlari holatini ozgartirish bilan ogitlarni dala yuzasida bir tekis taqsimlanishiga erishiladi.
Ogit sepish miqdori esa mashina transportyorining tezligi va tirqishning balandligini ozgartirish orqali sozlanadi. Tirqishning balandligi 25 mm dan 250 mm gacha rostlanadi. Ogitning turiga va belgilangan miqdoriga qarab mashinaning qarama-qarshi aylanuvchi disklari uni 11 - 14 metr kenglikda sepa oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |