Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish


Ruda va minerallarni magnit xossalari



Download 13,14 Mb.
bet77/90
Sana01.07.2022
Hajmi13,14 Mb.
#721646
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90
Bog'liq
Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)

Ruda va minerallarni magnit xossalari

Magnit – grekcha so‘z bo‘lib( magnetis) , kichik osiyodagi qadimgi shaxar magnes nomidan olingan va “magnes toshi” degan ma’noni bildiradi. Fanda esa, magnit maydoni xosil qilish qobilyatli jism ma’nosini beradi. Demak, magnetizm xodisasi tabiat (ollox) tomonidan yaratilgan mo‘jizalardan biridir.


Amper magnetizm xodisasini tadqiq qilish natijasida shunday xulosaga keladi: Har qanday jismning magnit xossalari ularning ichidagi berk elektr toklari bilan aniqlanadi.Amper gipoteziyasiga asosan molekula va atomlar ichida elementar elektr toklari aylanib yuradi. Agar bu toklar aylanib yuradigan tekisliklar molekulalarning issiqlik (ta’sirdagi) harakati tufayli bir-biriga nisbatan tartibsiz (xaotik) joylashgan bo‘lsa, bu toklarning ta’siri bir-biri bilan muvozanatlashadi (kompensatsiyalashadi) va jismning hech qanday magnit xossalari bo‘lmaydi.
Agar jismdagi elementar toklar aylanayotgan tekisliklar bir-biriga nisbatan ma’lum tartibda joylashgan bo‘lsa, ularning ta’sirlari qo‘shilishib magnit maydonini xosil qiladi.
Moddalarni magnit xossalari bilan chuqurroq tanishish uchun magnetizm moxiyatini atomdan boshlab ko‘rib chiqamiz.Ma’lumki atom yadrosi atrofida (orbita bo‘yicha) elektronlar aylanadi.Masalan: vodorod atomi yadrosi atrofida bitta elektron, geliyda-ikkita. Boshqa elementlarda elektronlar ma’lum orbita tizmini xosil qiladi. Elementlardagi elektronlar soni Mendeleev jadvalidagi tartib raqamiga teng.Masalan: vodorodda -1, geliyda – 2 natriyda - temirda – 26 va xakozo.Bu elektronlar atom yadrosi atrofida o‘z orbitalariga ega bo‘lib elektronlar soni ko‘paygan sari elektron orbitalarini soni ( qobiqlar) ko‘payib boradi. YAdroga eng yaqin masofada birinchi qobig‘, undan keyin ikkinchi, uchinchi va xokazo qobiqlar joylashgan.Birinchi orbitada – 2 tagacha, ikkinchi orbitada – 8 tagacha, uchinchi orbitada – 18 tagacha elektron aylanishi mumkin.Bundan tashqari atom tuzilishida qobiqcha ( orbitacha ) degan tushuncha bor. YA’ni,orbitalar orbitachalarga bo‘linadi .Masalan ikkinchi orbita – 2 ta,uchinchi orbita – 3 ta orbitachadan iborat.Xar bir qobiq o‘z energiya darajasiga ega .Elektronlar avvalo eng past energiya darajasiga ega bo‘lgan ichki ( m: birinchi ) qobiq (orbitaga ) joylashishga xarakat qiladilar. Ammo,ba’zi elementlarda ichki qobig‘lar elektronlar bilan to‘lmagan .Masalan : temirdagi 26 ta elektron 4 ta qobig‘iga joylashgan ( 1-2; 2-8; 3- 14; 4- 2.) , bo‘lib 3- qobig‘da 18 ta elektronga joy bo‘lsada 14 tasi joylashgan ,qolgan 2 ta elektron to‘rtinchi qobiqqa o‘tgan.Buni magnetizm xodisasiga qanday aloqasi bor degan savol tug‘iladi. Taxlil qilishni davom etamiz . Aloxida atomni – magnit momenti bo‘lib, uni magnit dipoli deb qarasa xam bo‘ladi .
Magnit dipoli uchta tarkibidan, ya’ni yadro momenti , elektronlarning orbital va sipin magnit momentlardan tashkil topgan . YAdro magnit momenti elektronlar xosil qilgan magnit momentidan ancha kichik.Ma’lumki, elektronlar elektr zaryadiga ega.Ular orbita bo‘ylab aylanganda orbital magnit momenti, o‘z o‘qi atrofida aylanganda sipin magnit momentini xosil qiladilar.
Demak, elektronlarning magnit momenti ularning aylanishidan xosil bo‘ladi.
Atom magnit momentiga qo‘yilgan tashqi magnit maydonini ta’sirini ko‘rib chiqamiz. Larmor protsessi deb ataluvchi jarayon xamma elementiga xos.Bu elektron magnit momenti bilan mexaniq momentini uzviy bog‘liqligi bilan tushintiriladi.
Xuddi mexaniq pildiroqqa (volchokka) o‘xshab , aylanish o‘qiga perpendikulyar kuchlar ta’sirida tashqi maydon yo‘nalishi atrofida “atom pildiroq” qo‘shimcha xarakat qila boshlaydi. Bu qo‘shimcha xarakat qo‘yilgan maydon yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishga ega bo‘lgan magnit momentini xosil qiladi.
Tabiatda shunday elementlar borki, atomlarning magnit momenti borligi bilinmaydi. Sababi bunday elementlarning xamma elektron orbitalari to‘lgan bo‘lib orbital va sipin momentlari o‘zaro bir-biri bilan muvozanatlashgan bo‘ladi.Bunday elementlardan tashkil topgan jism,qo‘shimcha xarakat xisobiga ( moment protsessi ) xosil bo‘lgan magnit moment tasirida , notekis magnit maydonida chiqarib tashlanadi.Bunday xususiyatga ega moddalar diamagnetiklar deyiladi .



Download 13,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish