Jadval 1. Metallarning ruda tanasidagi konsentratsiyasi va klarki
Metal
|
Klark
|
Ajralishning rentabelligini ta’minlovchi minimal konsentratsiya
|
Ruda tanasida konsentratsiyaning minimal Klarki
|
Al
|
8,13
|
20-30
|
3
|
Fe
|
5
|
18-30
|
4
|
Mn
|
0,1
|
20-35
|
200
|
Cr
|
0,02
|
20-30
|
1000
|
Cu
|
0,007
|
0,3-1,0
|
450
|
Ni
|
0,008
|
1,0-1,5
|
125
|
Zn
|
0,013
|
1,0-4,0
|
80
|
Sn
|
0,004
|
0,5-1,0
|
125
|
Pb
|
0,0016
|
1,0-4,0
|
600
|
U
|
0,0002
|
0,05-0,1
|
250
|
Foydali kazilmalarning tarkibi asosan kimmatbaxo komponentlardan, foydali yuldosh komponentlardan, zararli kushimchalardan va chiqindilardan iborat.
Qimmatbaho komponent deb foydali kazilmalar tarkibidagi aloxida ximiyaviy element yoki mineralga aytiladiki, element kayta ishlash va boytitish jarayonlarida kerak bulsin va xalk xujaligida xam foydali bulsin.
Foydali qushimcha deb ozrok mikdorda foydali kazilmalar tarkibidagi aloxida ximiyaviy element yoki tabiiy birikma bo‘lib, asosiy kimmatbaxo komponent bilan birga kayta ishlanadi va asosiy komponentni boyitishga aytiladi.
Yuldosh komponent deb foydali kazilmalar tarkibida oz mikdorda uchraydigan aloxida kimmatbaxo ximiyaviy element yoki minerall bo‘lib, foydali kazilmalarni qayta ishlaganda bir yo‘la mustaqil ajralishi va boyitilishiga aytiladi.
Zararli qo‘shimcha – aloxida ximiyaviy element yoki tabiiy birikmalar bo‘lib, foydali kazilmalar tarkibidagi asosiy kimmatbaxo komponentlarni sifatiga salbiy ta’sir kiladi. CHikindi maxsulotlar tarkibidan foydali komponent va konsentratlarni ajratib olgandan keyingi keraksiz maxsulot.
Ruda – minerallardan tashkil topgan. Tarkibida xar xil minerallar, ma’danlar yoki birikmalari bo‘lgan tog jinsi. Er kurrasida tarqalgan minerallar quyidagicha: silikatlar–25%, oksidlar va gidroksidlar – 12,5, sulfidli birikmalar va ularning analoglari – 14%, fosfatlar va ularning analoglari – 18%.
Rudalar tarkibiga tuzilishiga karab oddiy va murakkab buladi. Oddiy rudalarga 1 ta kimmatbaxo komponenti buladi. Murakkab rudalar esa xar xil xususiyatlarga ega bo‘lgan mireallardan tashkil topadi. Bitta kimmatbaxo komponenti bo‘lgan rudalarni monometalli, ikkita va undan ortik kimmatbaxo komponenti bulsa bimetalli yoki polimetalli rudalar deyiladi.
Tarkibidagi ma’dan turiga karab, misli ma’dantosh,ruxli ma’dantosh va x.k. deb yuritiladi. Tarkibida kimmatbaxo komponenti bulmagan mainerallga bush tog jinsi deyiladi. Kayta ishlash jarayonlarida ular zararli kushimchalar bilan birga chikindiga chikariladi. Boyitish natijasida foydali kazilmalar asosan 2 ta mustakil maxsulotga bulinadi: boyitish natijasida ajratib olingan konsentratlar va chikindilar.
Boyitish fabrikalari yoki gidrometallurgiya zavodlariga transportirovka kilingan foylali kazilmalarni tulari ya’ni tarkibi, ularni fizik kimyoviy xususiyatlariga karab boyitiladi. Masalan navoiy viloyatining Kizilkum regionlaridagi sochma oltin konlaridagi rudalarni asosan gravitatsiya usulida (zarralarni fizik xususiyatlariga asoslanib suvli muxitda yuvib) boyitiladi.
Rudalarni tarkibi o‘zgargan sari boyitishning texnologik tizimlari va usullari o‘zgarishi tabiiy xoldir aks xollarda ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi, masalan foydali minerallarni Reja:da belgilangan mikdordagi darajada olib bo‘lmaydi. Rudalarning turdari va xususiyatlariga asoslanib bir-necha usullarda boyitish mumkin, masalan: gravitatsiya; flotatsiya; magnitli usul; elektrli usul; maxsus kimyoviy usul va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |