MA’RUZA №19
Mavzu: Mineral zarrachalarni elektr usulida boyitish
Reja:
Elektr maydoni xossalari.
2. Ruda va minerallarni elektr xossalari.
3. Minerallarni elektrutkazuvchanliklari buyicha elektrsaralagichlar
Tayanch iboralar: elektr maydoni, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikligi, o‘tkazgich, dielektrik o‘tkazuvchanlik
Boyitishning elektr usuli mineral zarrachalarni elektr maydonida ta’sirlanishiga asoslangan. Ajralish, zarrachalarning elektr o‘tkazuvchanliklari farqi xisobiga amalga oshadi.
Bu usul ko‘pincha titan-sirkoniy, titan-niobiy, qalay-vol’fram (og‘ir fraksiyali) va boshqa konsentratlarni sifatini yaxshilash uchun va noruda materiallar (ko‘mir,fosfarit,kaloin, qum) boyitish uchun ishlatiladi.
Elektr maydoni xossalari.
Elektr maydoni deb, zaryadlangan jismga elektr kuchlari ta’sir qilayotgan fazoga aytiladi. Elektr maydonidagi jismning xarakat yo‘llari elektr kuch chiziqlari deb ataladi. Elektr maydonining elektr kuch chiziqlari bir-biriga ulangan. Ular musbat zaryaddan boshlanib, manfiy zaryada tugaydi.
60 -rasmda xar-xil ko‘rinishdagi elektr maydonlari ko‘rsatilgan.
Rasm 60. Har-xil ko‘rinishdagi elektr maydonlari
Elektr kuch chiziqlarining zichligi maydoning kuchlanganligi deb ataladi. U, shu maydonga joylashtirilgan musbat zaryadga (q) maydon tomondan ta’sir qilayotgan kuchga teng, ya’ni E=F/q, bu erda E-elektr maydoni kuchlanganligi; F- zaryadga ta’sir qilayotgan kuch; q-zaryad mikdori.
Maydonning xama nuktalarida kuchlanganlik bir xil bo‘lsa bir tekis maydon, xar-xil bulsa noteks maydon deb ataladi. Noteks maydonda kuchlanganlikni o‘zgarish grafigini (77) tenglama bilan aniqlanadi.
(77)
Zarrachaning elektr maydonida olgan zalyad mikdori (78) tenglama bilan aniqlanadi
Q =J t, kl (kulon) (78)
Bu erda: q-tok kuchi,
J-bo‘lganda,
t-vakt ichida zarracha ko‘ngdalang kesm yuzasidan o‘tgan elektr zaryadi.
Elektr zaryadlari bilan ta’sirlanayotgan muxit dielektrik o‘tkazuvchanligi bilan xarakterlanadi. U, zaryadning muxitga ko‘rsayotgan kuchi, vakumdagiga nisbatan qancha kichikligini ko‘rsatadi
bu erda - zaryadlarning vakumda o‘zaro ta’sirlanish kuchi;
F-zaryadlarning berilgan muxitdagi ta’sirlanish kuchi.
Dielektrikning mutloq dielektrik o‘tkazuvchanligi
(79)
bu erda, Eo-elektr doimiyligi ,( Eo =8.85*10-12 f/m.)
E- dielektrikning dielektrik o‘tkazuvchanligi.
Jismlarning asosiy xossalaridan biri ularning elektr o‘tkazuvchanliklaridir, ya’ni elektr toki o‘tkazish qobilyatidir. Elektr o‘tkazuvchanlikning o‘lchov birligi simens (sm) bo‘lib, u, 1A tok o‘tayotganda uchlarida kuchlanganligi 1V bo‘lgan o‘tkazuvchining elektr o‘tkazuvchanligiga teng.
Om konuniga binoan mineral zarrachaning elektr o‘tkazuvchanligi
Sm (A/V)
bu erda, G - o‘tkazuvchanlik, sm;;
J - Tok mikdori, A;
U - potensiallar ayrimasi, v;
g - solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik, sm/m;
S - zarrachaning qirqim yuzasi, m2;
e - zarracha uzunligi, m.
Ko‘pincha solishtirma elktr o‘tkazuvchanlik degan tushincha ishlatiladi. Bu jismdagi tok zichligini elektr maydoni kuchlanganligi nisbatiga teng( o‘lchov birligi sm/m ) , ; sm/m.
Jismning solishtirma qarshiligi deb, shu jismning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligining teskari qiymatiga teng (o‘lchov birligi Om.m.)
Saralagichlarda elektr maydoni elektrodlarni biriga yuqori kuchlanganlikka 110-50kV) ega bo‘lgan o‘zgarmas tok berish bilan amalga oshiriladi.
Tojli - elektro statik saralagichlarda esa, qo‘shimcha xavo ionlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |