Noyob arxiv xujjatlarini aniqlash va ulardan nusxa olish ishi Bajardi:Minavvarov Azamjon Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi mazkur Nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va arxiv hujjatlarini jamlash, ularning hisobini yuritish, but saqlanishini ta’minlash hamda ulardan foydalanishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom davlat va nodavlat arxivlariga (keyingi o‘rinlarda arxivlar deb ataladi), shuningdek idoraviy arxivlarga tatbiq etiladi. arxiv — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi davlat yoki nodavlat muassasasi, idoraviy arxiv; arxiv ko‘chirmasi — arxiv hujjati matnining muayyan bir fakt, voqea, shaxsga tegishli qismi so‘zma-so‘z bayon etilgan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati; arxiv hujjatlari — fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatliligi sababli saqlanishi lozim bo‘lgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasmalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa moddiy manbalardagi yozuvlar; arxiv kolleksiyasi — bir yoki bir nechta belgilari (mavzusi, qimmatliligi, obyekti, muallifligi, davriyligi va boshqalar)ga ko‘ra birlashtirilgan, kelib chiqishi turlicha bo‘lgan alohida hujjatlar yig‘indisi; arxiv nusxasi — tegishli tartibda tasdiqlangan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan arxiv hujjatining so‘zma-so‘z bayon etilgan nusxasi; arxiv ma’lumotnomasi — yuridik kuchga ega bo‘lgan va so‘rovnoma asosidagi hujjatli ma’lumotga ega bo‘lgan, berilayotgan hujjatlarning shifri, saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati; arxiv fondi — yuridik yoki jismoniy shaxslar faoliyati natijasida yaratilgan, tarixiy yoki mantiqiy jihatdan o‘zaro aloqador arxiv hujjatlari majmui; kelib chiqishi shaxsiy (oila, urug‘) arxiv fondi — ayrim shaxs, oila, urug‘ hayoti va faoliyati jarayonida shakllangan hujjatlardan tarkib topgan arxiv fondi; saqlov birligi/hisob birligi — jismoniy ixtisoslashgan arxiv hujjati; arxivni jamlash manbai — arxiv hujjatlari bilan fondga tegishliligiga ko‘ra jamlanib boruvchi arxivning fond tashkil etuvchisi; arxiv hujjatlaridan foydalanish — arxiv hujjatlarini xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ta’lim maqsadida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda arxivlar tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etish; kataloglar — arxiv fondlari, saqlov birligi/hisob birligi, arxiv hujjatlari (yoki ularning qismlari) mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavzu yoki soha bo‘yicha belgilangan tasniflash sxemasi asosida joylashtirilgan arxivning fondlararo arxiv ma’lumotnomasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |