Kalit so‘zlar: ta’lim tizimi, mustaqil ta’lim, mustaqil ish, o‘qituvchi mahorati, o‘quvchi
izlanuvchanligi.
Ta’lim sohasida bo‘layotgan har bir o‘zgarish jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy ta’sir qilishiga
shubha yo‘q. Mamlakatning intellektual salohiyatini oshirish, davlat ta’lim standarti talablariga
javob bera oladigan, yetuk, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil hisoblanadi.
Davlat ta’lim standarti talabiga binoan bilimlarni mustaqil ravishda izlanib o‘rganish vazifasi
hozirgi kunda eng dolzarb muommolardan biridir. Shu sababli fanlarning nazariy asoslarini
amaliy ko‘nikma darajasida o‘zlashtirib olishda mustaqil ta’limning roli beqiyosdir. Qaysi
sohada bo‘lmasin bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish – o‘quvchi faoliyatining
ta’lim muassasasidagi eng ajralib turadigan xususiyati, mustaqil o‘qib, bilim orttirish asosi
hisoblanadi. Ta’limning barcha bosqichlarida mustaqil bilim olish, nazorat qilish mustaqil ta’lim
olishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Mustaqil bilim olishda avvalo, o‘quvchilarda
mustaqil ishlashga, erkin, ijodiy faoliyat yuritishga va eng asosiysi mustaqil fikrlashga ehtiyojni
shakllantirish lozim.
barchamizga ma’lumki, mustaqil ishlarni tashkil qilish jarayoni o‘quvchilarning mustaqil
bilim olish ko‘nikma va malakalarini egallash, ularning ilmiy dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy
fazilatlarni, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish maqsadiga yo‘g‘rilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning
o‘zaro hamkorlik birligi sanaladi.
Mustaqil ishlarni tashkil qilish jarayoni ustoz va bilim oluvchi o‘rtasida o‘zaro tarkib toptirish
uchun, avvalo o‘sha jarayonni insonparvarlashtirish, do‘stona muhitni yaratishni taqazo etadi.
Mustaqil ishlarni tashkil qilish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikni vujudga
keltirish, do‘stona muhitni yaratish muammosini muvaffaqiyatli hal etish fan o‘qituvchilarining
egallagan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlarini egallaganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Har qanday fan sohasida o‘quvchilar mustaqil ishning ikki turini bajaradilar:
- sinf xonasi;
- sinfdan tashqari.
Sinfdan mustaqil dars mashg‘ulotlarda o‘qituvchining bevosita rahbarligi ostida va
uning topshirig‘iga binoan olib boriladi. bunday holda o‘quvchilar o‘qituvchiga zarur o‘quv
adabiyotlari, didaktik materiallar, shu jumladan o‘quv qo‘llanmalari va uslubiy ishlanmalar bilan
ta’minlanadilar.
Sinfdan tashqari mustaqil ish o‘quvchi tomonidan o‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan, lekin
uning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Sinfdan tashqari mustaqil ish uchun vazifalar turlari quyidagicha bo‘lishi mumkin.
- bilimlarni o‘zlashtirish uchun: matnni o‘qish (darslik, uslubiy adabiyotlar); matnni rejalashtirish;
matn tuzilishini grafik tasvirlash, grafik ishlarni bajarish, grafik ishlarni bajarish ketma-ketligini
10
Do'stlaringiz bilan baham: |