Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘IcH SINF O‘QISH DARSLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Bojiyeva Nodira Ataboyevna.
Xorazm viloyati,Qo‘shko‘pir tumanidagi
5-maktab boshlang‘ich sinf oqituvchisi
Annotatsiya:
ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda o‘qish fanining o‘rni va ahamiyati,
o‘quvchilarning intellektuval salohiyatini oshirish va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishida
fanning maqsad va vazifalari o‘z aksini topgan.
Kalit so‘zlar:
o‘qish darsi, darslik, fan, o‘quv predmet, o‘zlashtirish.
o‘qish darslari o‘z mohiyati,maqsad va vazifalariga ko‘ra boshlang‘ich ta’lim tizimida alohida
o‘rin tutadi. Barcha predmet darslarini o‘qish faoliyatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.chunki matnni
tushunib,bir maromda to‘g‘ri va ifodali o‘qishni,o‘rgatish bilan o‘qish darslari shug‘ullanadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari yuqori sinflardagi o‘zbek adabiyoti,tarix,geografiy
a,biologiya va boshqa fanlarni o‘zlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi.shuning uchun
boshlang‘ich sinflardagi o‘qish darslariga jiddiy e’tibor berish har bir o‘qituvchidan katta mahorat
talab qiladi.o‘qish darslarini talabdagidek olib boorish uchun o‘qituvchi asosan quyidagilarga
e’tibor berishi lozim. 6-10 yoshdagi bolalar bir soatga mo‘ljallangan saboqni sabr toqat bilan
tinglay olmaydilar, ularning ruhiy tuzilishi doim harakatda,hayoli o‘yinda bo‘ladi.10-15 minutdan
ortiq davom etadigan gaplarni tinglay olmaydilar. shu tufayli bu sinflarda ta’lim-tarbiya
vazifalari,asosan o‘yin,ashula,qisqa muddatli qiziqarli suhbat, hikoyalash va ifodali o‘qish orqali
amalga oshiriladi.
o‘qish darslarini davlat talablari asosida hayotiy tajribalariga, kuzatishlarga suyanib,hayotga
bog‘lab o‘tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi.o‘qish va nutq o‘stirishning
ta’limiy-tarbiyaviy maqsadlari,sinflar bo‘yicha o‘qish mazmunini o‘qish ko‘nikmalarini og‘zaki
va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini,o‘qish mashg‘ulotlarining yozma nutq bilan
bog‘lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.o‘qish darslari orqali o‘quvchilarning dTs bo‘yicha
o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan bilimlarini hamda ko‘nikma va malakalarini egallashlariga
yo‘l ochadi. har bir o‘qish darslarida o‘qituvchi o‘quvchilardan maqollar,topishmoqlar,tez
aytishlar,she’rlarni so‘rab borishi maqsadga muvofiqdir.Bunda o‘quvchilarning og‘zaki nutqi
rivojlanadi va darsga qiziqishlari ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |