Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
MAKTAB O‘QUVcHILARIDA DIKTANT YOZISH KO‘NIKMASINI
SHAKLLANTIRISH METODIKALARI
Qurbonova Mahmuda Sobirjonovna
Namangan viloyati Kosonsoy tumani
34-sonli maktab ona tili va adabitoti fani o‘qituvchisi
Makhmuda_Sobirjanovna@gmail.com
Annotatsiya:
ushbu tezisda biz maktab o‘quvchilariga diktant yozish ko‘nikmalarini yozish
ko‘nikmalarini shakllantirish metodikalari va o‘quvchi va o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar
haqida so‘z yuritmoqchimiz.
Kalit so‘zlar:
diktant, diktantga qo‘yiladigan talablar, ko‘chirib yozish qoidalari.
Bugungi kunda davlat tilimizga etibor kuchayib bormoqda. davlat tilida hujjatlar yurtirish
ishlariga berilgan etibor va kuzatuv natijalarida tilimizda erkin yozish uchun ayrim kamchiliklar
sezilarli ekanligi ma’lum bo‘lmoqda. Bunday holatlarni bartaraf etish uchun asosiy omil
sifatida maktablarda ona tili fani o‘qituvchilari ekanligi sir emas. Bunday muammolarni hal
qilishni asosiy ikkita yo‘li mavjud birinchisi o‘quvchilarga ko‘proq kitob o‘qishni targ‘ib qilish
bo‘lsa, ikkinchisi o‘quvchilarda diktant yozish ko‘nikmasini shakllantirishdir. diktant yozish
ko‘nikmasini o‘quvchi va o‘qituvchi birgalikda shug‘ullanishi, o‘quvchi mustaqil zamonaviy
tehnik vositalarni qo‘llagan holda amalga oshirish mumkun. Biz har ikki usulni qo‘llash orqali
yuqori natijalarga erishish mumkunligi tajribalarimiz yordamida ko‘p sinab ko‘rdik. Birinchi
usulda o‘qituvchiga ayrim talablar qo‘yiladi. diktant yozish ko‘nikmasini shakllantirish uchun
o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar:
1. matn tushunarli, ifodali tarzda o‘qib beriladi.
2. keyin birinchi jumla qayta o‘qib eshittiriladi.
3. yozish oson bo‘lishi uchun o‘qituvchi birinchi gapni sintagmalarga bo‘lib o‘qib beradi,
o‘quvchilar yoza boshlaydilar.
4. gap tugaganligini anglatish uchun u qayta o‘qiladi. shu tariqa jumlama- jumla o‘qib
beriladi.
5. o‘z-o‘zini tekshirish imkoniyatini berish uchun matn yana to‘la o‘qib eshittiriladi.
imlosi qiyin yoki o‘quvchiga notanish so‘zlar izohlanishi ham mumkin.
diktantni tekshirishda savodxonlikka, imloviy (orfografik, punktuatsion va uslubiy) xatolarga,
husnixatga e’tibor beriladi. Xatolar turi va soni ko‘rsatiladi. diktant natijasi, albatta, ko‘rib
chiqilishi, xatolar ustida ishlanishi maqsadga muvofiqdir. Bu esa yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatish
imkoniyatini beradi va uni takrorlamaslikka o‘rgatadi.
o‘quvchilar ko‘p marotaba mashq qilish orqali yuqori natijalarga erishadi. o‘quvchilar
tomonidan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar va ularni to‘g‘irlash metodikalari: ko‘p
bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirsh
qoidalari
Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi: va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om
so‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular quyidagicha ko‘chiriladi: 1)
so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas,
aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan
2) so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi:
mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa
o‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha
ko‘chiriladi: 1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma,
mono-grafiya 2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh
keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi. Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch,
ng) birgalikda ko‘chiriladi: pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-
ngiz kabi. Bosh harflardan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar,
shuningdek, ko‘p xonali raqamlar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi:
aqsh, BmT, Toshdu, 16, 245, 1994, XiX kabi.
harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi:
5- “a” sinf, “B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.
98
Do'stlaringiz bilan baham: |