Ноябрь 2020 10-қисм Тошкент KITOBXONLIK MADANIYATINING – DAVLAT SIYOSATI DARAJASIGA KO‘TARILISHI Qurbonov Sayqal Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 41-maktab direktori Telefon:+99899-526-61-78 Annotatsiya : mazkur maqolada kitob o‘qishning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani va
yoshlar hayoptida tutgan o‘rni haqida fikr-mulohaza yuritilgan.
Kalit so‘zlar: kitob, barkamollik, vatan, mutolaa, nashriyot, kutubxona, insonparvarlik,
tashabbus.
Jamiyat, millatning rivojlanishi, taraqqiy etish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bilimli,
ma’nabiyatli va ma’rifatli yoshlarning jamiyat yuksalishida o‘rni beqiyos. Bunday yoshlarni
barkamol etib tarbiyalovchi asosiy omillardan biri – kitob mutolaa qilish hisoblangan.
Bizni yerdan ko‘kka ko‘taradigan, barkamollik sari yetaklaydigan, insonlar qalbiga yorug‘lik va
iliqlik kiritadigan, oq bilan qora, yaxshilik bilan yomonlik, vayronkorlik bilan bunyodkorlikning
farqini ongli ravishda anglatishga yordam beradigan, insoniyat tomonidan yaratilgan eng noyob
kashfiyot ham bu kitob sanaladi. kitob insonni ulug‘laydi, vatanni sevish, insonparvarlik,
o‘zi yashab turgan hayotga shukronalik hissi bilan qarash, boshqalarga mehr-muruvvatli
va xushmuomala bo‘lish, atrofdagi insonlarga yaxshilik ulashish kabi insoniy fazilatlarni
tarbiyalaydi. kitob inson hayotidagi ahamiyati beqiyos bo‘lib, u inson umr yo‘llarini yorituvchi
so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham
hamroh bo‘lguvchi sodiq do‘stdir. shu jihatlarni hisobga olgan holda, bugungi kunda yoshlar va
aholi o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqish va kitobxonlik darajasini oshirish hamda kitobxonlikni
keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
kitobxonlikni amalga keng joriy qilish jarayonida birinchi navbatda mavjud kutubxonalarni
rekonstruksiya qilish, ularning moddiy-texnik bazasini yangilash, kerakli ilmiy va badiiy
adabiyotlar bilan ta’minlash, kutubxonalar faoliyatida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni
keng joriy etishimiz va undan samarali foydalanishimiz mumkin. Bu ishlarni amalga oshirilishi
uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, o‘zbekiston respublikasi prezidenti
shavkat mirziyoyev raisligida 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni
madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan
foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin qizlar
bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. yig‘ilishda
davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-marifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida 5 ta muhim
tashabbusni ilgari surdi. To‘rtinchi tashabbusda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida
kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil qilishga yo‘naltirilgan.
Bundan tashqari o‘zbekiston respublikasi prezidentining “o‘zbekiston yoshlar ittifoqi
faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidag”gi qaroriga muvofiq tashkil
etilib, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasiva kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan
14 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan yoshlarimizni qamrab olgan “yosh kitobxon” respublika
ko‘rik tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi
ko‘zda tutiladi:; yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish orqali ularni vatanimiz tarixi,
milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim-ko‘nikmalarini
shakllantirish; yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ularning turli xil
aqidaparastlik va zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish va boshqa bir qancha
vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.
2017-yil 12-yanvarda muhtaram prezidentimiz shavkat mirziyoyevning “kitob mahsulotlarini
chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini
oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi e’lon qilindi.
mazkur farmoyish kitob, kitobxonlik madaniyatining jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni va
rolini yana bir yangi bosqichga ko‘targanligi bilan izohlanadi. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda
matbuot, noshirlik va axborot sohasida tegishli huquqiy asos yaratilgan bo‘lib, 10 dan ortiq