Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o‘quvchi albatta tarix fanini yaqindan bilishi
va o‘qishi lozim.
foydalanish uchun adabiyotlar:
1. markova a.k. psixologiya professionalizma. – m.: znanie, 1996.
2. muslimov n.a. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish /monografiya.
– T.: fan, 2004.
3. muslimov n.a., n.karimova. kasb ta’limi o‘qituvchilarining amaliy kompetentligini
shakllantirish texnologiyasi. – T.: “iqtisodiyot” nashriyoti, 2012.
4. a.s. sagdullayev, v. a. kostetskiy. Tarix qadimgi dunyo. – T.: “ yangi yo‘l” nashriyoti
, 2017.
31
Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘IcH SINF INGLIZ TILI DARSLARIDA KASBIY KOMpETENTLIKNI
OSHIRISH YO‘LLARI
Ochilova Sarvinoz Isoqboyevna
Urgut tumanidagi 65-maktabning
oliy toifali o‘qituvchisi
TEL:+998905050189
Annotatsiya:
ushbu maqolada hozirgi globallashuv jarayonida o‘qituvchi egallashi lozim
bo‘lgan kasbiy kompetentlik, innovatsion metodlar orqali o‘quvchilar bilimini oshirish yo‘llari
yoritib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
kasbiy kompetentlik, kasbiy kompetentlik sifatlari, pedagogik kasbiy
kompetentlik, individual rivojlantirish dasturi, rasmli reja o‘yini, quvnoq kubikchalar o‘yini
ingliz tili darslarida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish axborot va ilg‘or pedagogik
texnologiyalaridan foydalanish ta’lim mazmunida o‘ziga xos hamda o‘quvchi shaxsida o‘ziga
mos kompetensiyani shakllantiradi. ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim mazmuniga
zamonaviy ruhda singdirish, pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, komil inson etib
tarbiyalash, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish bugungi
kunning dolzarb masalasidir.
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida innovatsion metodlardan foydalanish darslarning xilma-xil
shakllarini qo‘llay olish, dars jarayonining takomillashuviga ta’sir ko‘rsatadi.
1-sinf ingliz tili fanidagi “my family” bo‘limi bilan o‘quvchilarni tanishtirishda quyidagi
metodni tavsiya qilamiz “zehn maTni” usuli o‘quvchilar matni “my family” darslikda
berilgan yangi so‘zlar bilan o‘quvchilar tanishib bo‘lgach zehnini sinash uchun, yoki uyga vazifa
sifatida berilgan matnni mustahkamlash uchun qo‘llaniladi.
Buning uchun o‘quvchilarga yangi so‘zlar rasmi tarqatiladi.. o‘quvchilar esa ana shu so‘zlarni
yod olib qolishga harakat qiladilar. o‘quvchilar tekshirib ko‘riladi.
namuna
noTo‘g‘risi
To‘g‘risi
ota - mother
ona - mother
ona-father
ota-father
aka-sester
opa-singil -sester
opa-singil- brother
aka - brother
natijaviyligi:
o‘quvchilardagi mantiqiy fikrlash ko‘nikmasi rivojlantiriladi;
so‘zlarni tahlil qila olish malakasi sinaladi;
mustaqil fikrlashga yordam beradi;
qiyosiy o‘rganishga o‘rgatadi.
Bu innovatsiyalarni darsga jalb qilishimiz asosida nafaqat o‘quvchilarning balki o‘qituvchin-
ing ham o‘z ustida ishlash natijasida kasbiy kompеtеntlik oshadi.
kasbiy kompеtеntlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay
olinishi[ 2]
kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas,
balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini
nazarda tutadi. shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni,
yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni
izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Bulardan tashqari, dunyoning globallashuvi mutaxassislarning endi birgina mamlakat hududida
emas, balki dunyoning istalgan mamlakatida yashab, faoliyat ko‘rsatishi, raqobatbardosh bo‘lishi
uchun har jihatdan kompetentli bo‘lishini taqozo etmoqda.
Xullas, boshlang‘ich adabiy ta’limni uning maqsadiga muvofiq tashkil etishda quyi sinflar
o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligi uning saviyasi, dunyoqarashi, bilimi, ko‘nikma
va malakalarini takomillashtirishini, ayni zamonda, o‘zining ma’naviy sog‘lomligi uchun
qayg‘urishini ham taqozo etadi.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |