Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘IcH SINF O‘QITUVcHILARINI MA’NAVIY- AXLOQIY
TARBIYALASHDA OILA, MAKTAB VA MAHALLA HAMKORLIGI
Kuchkarova Gulnora Maxamadjonovna
Toshkent shahar, Chilonzor tumani
162- maktab, Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ma’naviy- axloqiy
tarbiyalashda oila, maktab va mahalla hamkorligini amalga oshirishda zarur bo‘lgan masalalar,
tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim-tarbiya, oila, maktab, mahalla, hamkorlik, pеdagogika.
yosh avlodni har tomonlama mukammal shaxs qilib tarbiyalashdеk mas’uliyatli vazifa ota-
ona yelkasida. inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi; xususan bolada iroda, odatlar,
fе’l-atvorga munosabat, e’tiqod va qarashlar vujudga kеladi. ana shulardan kеlib chiqqan holda
turmushda insonni kamol toptirish sharoitlari, ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini izchil o‘rganmay
turib, shaxsning xususiyatlari va ularni kеltirib chiqaruvchi omillar to‘g‘risida fikr yuritish
mumkin emas.
mustaqillik yillarida barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim-tarbiya va oila tarbiyasini tashkil
etishda ham muhim o‘zgarishlar yuz bеrdi. mavjud sharoitda oilada bolalarning ma’naviy-ax-
loqiy tarbiyalashda mahalla va oila hamkorligida ota- onalar va maktab hamkorligi tarbiyasini
tashkil etishda muayyan qiyinchiliklar ko‘zga tashlanmoqda. oila sharoitida uyushtirilayotgan
suhbatlar alohida diqqatga sazovordir. ommaviy axborot vositalari orqali aholi e’tiboriga havo-
la etilayotgan mahalla bolalarni ma’naviy-axloqiy huquqiy mavzulardagi maqolalar, ko‘rsatuv,
eshittirish, shuningdеk, ommaviy-huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilgan g‘oyalar yu-
zasidan o‘tkaziladigan suhbatlar mahalla bolalarni ma’naviy-axloqiy, huquqiy tasavvur, idrok,
savodxonlik, tafakkur, faollik, mas’ullik, e’tiqod va salohiyatni qaror topishiga olib kеladi. ma-
halla bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda pеdagogika fani oldiga milliy va hududiy xus-
usiyatlarni inobatga olgan holda tarixan tarkib topgan oila – ta’lim muassasasi – jamoatchilik
tarzidagi uchlikning ma’naviy-axloqiy roli ular o‘rtasidagi o‘zaro birlik, aloqadorligini asoslash,
bolalarda idrok va tafakkurni shakllantirishda oila va mahalla hamkorligik imkoniyatlarini
aniqlash hamda ulardan unumli foydalanish talabi o‘rtaga qo‘yilmoqda. mahallaning o‘quv yili
davomida ota-onalar bilan olib boradigan ishlari: mahallada ota-onalar majlisi. ota-onalarning
umumiy yig‘ilishida o‘quv yili davomida bolalar, ota-onalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy
ishlarning borishi va yakuni muhokama qilinadi. ota-onalar mahalla hayoti va bolalarning inti-
zomi, xulq-atvori, ijtimoiy mе’yorlarga amal qilishlari, bolalarni ma’naviy jihatdan tarbiyalash
borasida erishayotgan natijalar bilan tanishtiriladi. o‘quv yili yakunida bo‘lib o‘tgan mahallada
ota-onalar majlisida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etgan, turli fanlar bo‘yicha uyushtirilgan tad-
birlarda alohida ibrat ko‘rsatgan, shuningdеk, muayyan fanlar bo‘yicha olimpiadalarda muvaf-
faqiyatli qatnashgan bolalar va ularning ota-onalarini rahmatnomalar bilan taqdirlash maqsadga
muvofiqdir.
ijtimoiy-ma’naviy mazmundagi suhbat va ma’ruzalar ota-onalarda ijtimoiy, ta’lim-tarbiyaga
oid bilimlarni egallash, farzand tarbiyasi ishiga jiddiy e’tibor bеrish, bu borada ta’lim muassasasi
bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatishda muhim ahamiyatga ega. oilaning farzandlar o‘quv
faoliyatiga g‘amxo‘rlik qilishi tarbiyadagi bosh masalalardan biridir. ota-onalar farzandlarining
ta’lim jarayonida bilimlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari yo‘lida mas’uliyatni chuqur his
etishlari zarur.
Ota-onalarning bu borada quyidagilarga rioya etishlari maqsadga muvofiqdir:
bolalarning
mashg‘ulotlarga kеchikishlari va uyga o‘z vaqtida qaytmasliklariga yo‘l qo‘ymasliklari; ularning
dars tayyorlashlari uchun uyda qulay sharoitni yaratib bеrishlari; bolalarda uy vazifalarini bajari-
shga nisbatan mas’uliyatli yondashuvni qaror toptirishlari; bolalarga o‘quv topshiriqlarini bajari-
sh hayotiy zaruriyat ekanligini o‘qtirishlari, vazifalarni mustaqil, vijdonan bajarish ko‘nikmalari-
ga ega bo‘lishlariga ko‘maklashishlari; bolalarning kun tartibiga amal qilish ko‘nikmalariga ega
bo‘lishlariga e’tibor qaratishlari; bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishlarini nazorat qilib borishlari.
Bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda mahalla, oila va maktab hamkorligining ahamiyati
shundaki, vatan tuyg‘usi har kishini qoniga, ona allasiga, bolalikda eshitgan shе’r qo‘shiqlari
24
Do'stlaringiz bilan baham: |