Aristotel
(eramizdan awalgi 384—322-yillar)
Markaziy Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo'lgan Aristotel eramizdan awalgi 384-yilda Stag‘irda (Makedoniya yarirri oroli) shifokor oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Nikomax podsho Aminti II saroyida shifokorlik qilgan. Aristotel 17 yoshida Afinaga keladi va bu yerda o ‘z zamonasining mashhur olimlarilan bo‘lgan Platonga shogird tushadi. Platonning vafotidan so'ng Aristotel 347-yili Afinadan Troad tomon o‘tib, Assosga boradi. Chunki bu yerda ustozning tarafdorlari ko‘p edi. Unga, ayniqsa, zo‘ravon, zolim Germiy homiylik qiladi. Aristotel Germiy vafotidan so‘ng Lesbos yarim orolidagi Mitilen shahriga ko'chib o‘tadi va u yerda 342-yilgacha yashaydi. 342-yili Makedoniya podshosi Filipp o‘zining Aleksandr ismli 13 yoshli o‘glining tarbiyasi uchun Aristotelni Mitilendan chaqirib oladi. Bu yerda u falsafa maktabini ochadi va katta kutubxona tashkil qiladi. Shu davrda Gretsiyada chiroyli so‘zlashga qiziqish kuchayib ketgan edi. Natijada qator notiqlik maktablari ochiladi. Bu maktablardan so‘z san’ati ustalari yetishtirib chiqardi. Aristotel qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning taʼlimoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtayi nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan Aristotel insoniyat tafakkurini rivojlantirishga juda kuchli taʼsir koʻrsatdi.
Aristotel ijodi oʻz zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. Oʻzining «ilk falsafa» ga oid («Metafizika») asarida Platonning gʻoyalar nazariyasini tanqid qildi. «Platon gʻoyalari» mod-diy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan oʻzi ekanini koʻrsatdi. Aristotel ayrimlik va umumiylikning oʻzaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik «biron-bir joy»dagina va «hozir»dagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda («hamma yerda» va «hamma vaqt») mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek umumiylik — fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin. Aristotel olamdagi hodisalar va predmetlarning sabablarini toʻrt guruhga boʻladi:
1) moddiy sabab yoki materiya;
2) shakliy sabab yoki shakl;
3) yuzaga keltiruvchi sabab;
4) oxirgi sabab yoki maqsad. Garchi Aristotel materiyani dastlabki sabablardan biri, deb eʼtirof etsa ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat xolos, qolgan uch sababni esa — faol sabab, deb hisoblaydi. Mac, uning fikricha, shaklsiz hech qanday narsaning boʻlishi aslo mumkin emas, shakl — borliq mohiyatidir, shakl — abadiy, oʻzgarmas va moddiy sababdan ustunrokdir. Yuzaga keltiruvchi sabab harakat yoxud turgʻunlik man-baidir. Harakat, deydi Aristotel, bironbir narsaning imkoniyatdan voqelikka oʻtishidir. Harakatning toʻrt turi bor, bular: sifatli harakat yoki oʻzgarish; miqdoriy harakat yoki koʻpayish va kamayish; joyni oʻzgartirish yoki makondagi harakat; vujudga kelish va yoʻq boʻlishdan iborat. Oxirgi sabab yoki maqsad — harakat, oʻzgarish, inson faoliyatining oqibatidir. Aristotel taʼlimotiga binoan, xudo — oʻz qonunlari boʻyicha rivojlanayotgan barcha shakllar, tabiatdagi jamiki hodisalar va hamma mavjud narsalarning oliy maqsadi, «shakllarning shakli», maqsadi, olamni harakatga keltiruvchi ilk kuchdir. Aristotel nazariyasiga koʻra, xar kanday real mavjud boʻlgan ayrim narsa «materiya» bilan «shakl»ning birligidan iborat, «shakl» esa narsaning oʻziga xos «koʻrinishi»dir, unga ham «materiya», ham «shakl» deb qarash mumkin. Shu tariqa butun voqe olam «materiya»dan — «shakl» ga va «shakl»dan — «materiya»ga izchil ravishda oʻtish jarayonidan iborat.
Aristotel bilish haqidagi taʼlimotida «dialektik» bilish bilan «apodiktik» bilishni bir-biridan farqlaydi. «Dialektik» bilish — tajriba samarasi boʻlmish «fikr»ni, «apodiktik» bilish esa ishonchli bilimni vujudga keltiradi. Ammo Aristotel tajribani ishonchli bilimning oliy darajasi, deb hisobla-maydi, uning fikricha, bilimning eng oliy qonunqoidalari bevosita aql vositasidagina idrok etiladi.
Aristotel mantiq ilmining asoschisidir. Aristotel yaratgan va «analitika» deb nomlagan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa kabi asosiy shakllaridan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchisi istisno qonunlaridan, fikrni isbotlash yoxud rad etish us-lublaridan, bir qancha kategoriyalardan iborat. Mantiq «ilk falsafa» («metafizika») bilan birgalikda fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini tashkil etadi.
Biologiya sohasidagi A. Ilmiy xizmatlaridan biri — oʻsimlik va hayvonot turlarining biologik jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi taʼlimotidir. Oʻsimliklarning urugʻdan oʻsibrivojlanishi, hayvonlardagi instinktlarning maqsadga muvofiq tarzda yuzaga kelishi, aʼzolarining oʻzaro mutanosib ravishda harakat qilishi — tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir.
Aristotel jahon ilm tarixida ilk bor axloq fani — etikaga asos soldi. Uning axloq sohasidagi maʼnaviy ideali Xudodir, Xudo eng oliy faylasuf va mutafakkirdir. Aristotel aql-zakovatning kuzatish, mushohada qilishdan iborat faoliyatini barcha neʼmatlardan ustun qoʻyadi, uni ezgulik, rohat va lazzat manbai, deb biladi. Amaliy faoliyat esa hamisha ham aql hukmiga boʻysunavermaydi, binobarin kundalik ishlarda ham aql, ham hayotiy tajribani ishga solib oʻrta yoʻlni tanlagan maʼqul.
Aristotelning siyosiy qarashlari «inson — ijtimoiy mahlukdir» degan gʻoyaga asoslanadi, yaʼni oila, jamiyat, davlat — inson hayoti va faoliyatining asosiy sohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi. Aristotel oilaviy va ijtimoiy tarbiyani davlat tuzumini mustahkamlash vositasi, deb biladi, binobarin maktab faqat davlatniki boʻlishi, unda barcha fuqarolar (qullardan tashqari) avvalo davlat tuzuktartibotidan saboq beruvchi ilmlarni egallashi shart. Aristotel davlat masalasida har qanday arbob qulay siyosiy shart-sharoit vujudga kelishini kutib oʻtirmay, mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, yaxshi konstitutsiya asosida kishilarni boshqara bilishi, birinchi galda yosh avlodning jismoniy va aqliy tarbiyasi haqida qaygʻurishi lozim, deb hisoblaydi. Aristotel davlatni idora etishning uchta maʼqul va uchta nomaʼqul shakli mavjud, degan gʻoyani olgʻa suradi. Yaxshi boshqaruv shakllari amal qilgan davlatda undan gʻarazli maqsadlarda foydalanish imkoni istisno etiladi, hokimiyat esa butun jamiyat xizmatida boʻladiki, bular — monarxiya (yakka podsho hukmronligi), aristokratiya (aslzodalar hukmronligi) va «politiya» (oʻrta tabaqa, moʻtadil demokratiya hukmronligi)dir. Aksincha, tiraniya (zolimona hukmronlik), sof oligarxiya (qudratli kishilar toʻdasining hukmronligi) va oxlokratiya (haddan oshgan olomon hukmronligi) — monarxiya, aristokratiya va «politiya» shakllarining vaqt oʻtishi bilan batamom aynigan, yuz tuban ketgan koʻrinishidir.
Aristotel ningtarbiya nazariyasi zami-rida axloqiy va ruhiy qarashlari yotadi: tarbiyadan maqsad — ruhning oliy jihatlari boʻlmish aql-zakovat va irodani kamol toptirishdir. Tarbiyaning oʻzaro chambarchas bogʻliq uch jihati — jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya — ruhning uch turiga muvofiq keladi, yaʼni kamolatga erishishning harakatlantiruvchi kuchlari — tabiiy qobiliyat, koʻnikma va aqlidrokdan iborat hamda tarbiya ishi ayni shu kuchlarga asoslanishi zarur.
Aristotel oʻz iqtisodiy taʼlimotidakullik — tabiiy bir hodisa va u doimo i. ch. negizi boʻlishi lozim, degan nuq-tai nazarga suyanadi. U tovar-pul mu-nosabatlarini tadqiq etib, natural xoʻjalik bilan tovar i. ch. oʻrtasidagi tafovutlarni anglab yetish darajasiga yaqin keldi. Uningcha, boylik ikki turdan iborat: isteʼmol qiymatlari yigʻindisi sifatidagi boylik va tovar ayirboshlash qiymatlari sifatidagi boylik. 1-tur boylik (uni Aristotel «tabiiy boylik» deb ataydi) manbai — dehqonchilik va hunarmandchilik boʻlib, kishilarning tub ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. 2-tur boylik esa (uni Aristotel «gʻayritabiiy boylik» deb nomlagan) aksincha, bevosita ehtiyoj buyumlaridan iborat boʻlmay, oʻzaro ayirboshlash, muomala negizida vujudga keladi. Boylik 1-turining miqdori inson ehtiyojlari bilan chegaralansa, 2-turining miqdorini esa aslo cheklab-chegaralab boʻlmaydi. Shuningdek Aristotel isteʼmol qiymati bilan tovar qiymati oʻrtasidagi chegarani birinchi boʻlib belgilab berdi, turli xil tovarlarii faqat pul vositasida oʻzaro qiyoslash mumkin, deb hisobladi.
Aristoteldan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari: «Politiya», «Gʻoyalar haqida», «Farovonlik haqida», «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Kategoriyalar», «Fizika», «Metafizika», «Jon haqida», «Nikomax axloqi», «Yevdem axloqi», «Axloqi kabir», «Siyosat», «Ekonomika», «Etika», «Poetika», «Ritorika» va b.
Aristotel barcha zamonlar olimlari ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning qomusiy asarlari, Sharq mutafakkirlari ijodida ham chuqur iz qoldirgan. 7 — 8-a. lardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid va Maʼmun davrida Arab xalifaligi hududida Aristotel asarlari tarjima etilib oʻrganildi, ularga oʻnlab izoh va sharxlar bitildi. Bu ishda Oʻrta Osiyoning ulugʻ olimlari katta rol oʻynadi. Abu Nasr Forobiy A. ning «Metafizika», «Jon haqida», «Etika», «Kategoriyalar», «Topika», «Analitika» va b. asarlariga ilmiy sharxlar yozib, «Sharq Arastusi» degan unvonga sazovor boʻldi. Abu Ali ibn Sino oʻz ustozlarining ilgʻor gʻoyalarini yanada rivojlantirib, Aristotel va Forobiydan keyin «Uchinchi muallim» deb ataldi. Ibn Sino bilan Beruniy oʻrtasida Aristotelning «Osmon haqida» va «Fizika» asarlari toʻgʻrisidagi munozarasi vatanimizda Aristotel merosiga kiziqish benazir boʻlganidan dalolat beradi. Arab faylasufi Ibn Rushd oʻz salaflari Hunayn ibn Isʼhoq, Isʼhoq ibn Hunayn, Matto ibn Yunus va Yahyo ibn Adiy, al-Kindiy kabi Aristotel ijodini targʻib etib, asarlariga sharhlar yozib, «Buyuk Shorih» degan nom oldi. Oʻrta asr Sharqida Aristotel taʼlimotini davom ettirib, uni Yevropaga tanitib, yetuk ilmiy asarlar yaratgan faylasuflar butun dunyoda «Sharq aristotelchilari» unvoni b-n mashhurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |