Notiqlik san’ati haqida tushuncha


Notiq muvaffaqiyatining oltita sharti



Download 88,36 Kb.
bet14/16
Sana25.03.2022
Hajmi88,36 Kb.
#509357
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
NOTIQLIK SAN

Notiq muvaffaqiyatining oltita sharti

Mohir notiqgina qiziqarli ma’ruza o'qiydi. Bunda bilim,


mahorat, qiziqish va muayyan tinglovchilarga bevosita murojaat
zarur.Lekin notiqning muvaffaqiyatini ta’minlaydgan alohida shartlar ham bor. Bunday shartlar oltita:
1. Minbarga chiqquncha ham, minbarda turganda ham ma’ruza
bilan yashash kerak. Notiqlar har xil bo'lishadi. Ba’zilari ma’ruza o‘qishadi, ba’zilari esa minbarda ma’ruza matni bilan yashab tinglovchilar bilan faol aloqa bog‘laydilar, o'zlarini yo'qotmagan holda auditoriya bilan qo'shilib ketadilar. Bular o‘qib beruvchilar emas, balki ijodkorlardir. Qiziqarli ma’ruza notiq shaxsiyatidan ruhdangan ilmiy mavzudagi mazmunli, zavqli suhbatdir. Bunday ma’ruza odatda uchta bosqichda o‘tadi.
2. Materialni bilishgina emas, balki egallab olingan bo‘lishi kerak. Egallash ma’ruzani qat’iyat va mahorat bilan boshlash, asosiy qismni bayon qilish uchun eng yaxshi shaklni topish va
ma’ruzani mohirona tugallash demakdir.Qiziqarli ma’ruza ko£p jihatdan uni qanday boshlashiga bog'liq. Muqaddima notiqning auditoriyadagi dastlabki qadamlaridir. Ular qiziqarli bo'lishi kerak. Notiqni muqaddimaga qarab kutib olyshadi,
mazmun va shaklga qarab kuzatishadi.
3. Nutqni egallash — notiqning nutqi, so'zni tanday bilishi,
jumla tuzishda so'zlardan to‘g‘ri foydalanishi, obraz yarata olishi, istioradan foydalana olishi, esda qoladigan o'xshatishlar topa bilishi g'oyatda muhim. Nutqini oqilona yumor bilan bezay oladigan kishi nutqni yaxshi egallagan bo‘ladi.
Yumor — no‘tqning atridir, gulni xidiga qarab ajratish mumkin bo‘lganidek yumoriga qarab odamning aqlini belgilash mumkin.
4. Notiqning o‘zini tuta bilishi. 0 ‘zini yo'qotib qo‘ygan notiq
auditoriyadan ham mahrum bo‘ladi. Awalo, ma’ruza boshlarida vujudga keladigan hayajonni bosib olishi shart. So‘zga chiqish notiqning o‘ziga qiziqarli bo'lishi uchun ma’ruza materialini sistematik tarzda yangilab turish, yangi fikrlar, misollar, obraz- lar, aforizmlarni kiritib turish zarur.
5. Auditoriyani boshqarishni o‘z qo‘liga ola bilish. Notiq ham
muallif, ham ijrochi, ham dirijordir. U muallif sifatida yaxshi, ijrochi sifatida yomon bo'lishi yoki ijrochi sifatida yaxshi, dirijor sifatida yomon bo‘lishi mumkin. U auditoriyani boshqara olmasligi, auditoriyani his qilmasligi mumkin.Auditoriyani boshqarish — aloqa uzilib qolishining oldini olish demakdir. Bu narsa e’tiboming chalg'ishida, norozilikda va notiqqa ishonmaslikda namoyon bo'ladi.
6. Vaqtni suiiste’mol qilmaslik. Vaqt hamma masalalarda, shu jumladan notiqlik mahorati masalasida ham jiddiy, ammo adolatli hakamdir. Qisqacha ma’ruza notiq muvaffaqiyatining qisqa yo'lidir. A.P. Chexov qisqacha bayon — iste’dod belg'isidir, degan edi. Ma’ruzani cho'zgan sari notiq tinglovchilar g‘ashiga tegaveradi. Shu sababli har bir ma’ruzada belgilangan vaqtga rioya qilish muhimdir.


Xulosa
Bizda notiqlik mahoratini, uning sirlarini, qonun-qoidalarini to‘liq egallamasdan oliy maktablarni bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislarning joylardagi faoliyatida bu kemtiklik sezilmoqda. Hatto teleko'satuvlarda gapirayotganlar nutqida ham «Nima desam ekan”, «Nima edi» degan ortiqcha kirish so‘zlarni eshitamiz. «Nima deyishni bilmasangiz nima uchun so‘z oldingiz», deydigan odam yo‘q. Xullas, bu soha bugunning eng dolzarb muammosi ekanini anglash vaqti keldi.Gap «so‘z» xususida ketayotgan ekan, bu ne’matni nihoyatda qadrlash tilimiz orqali namoyon bo‘ladi. Tilimizdan chiqayotgan so‘zlar nutqqa aylanadi. 0 ‘sha nutq esa so‘z va nutq egasining
aniqlashga yordam beradi. Chunki odamning yaxshi- yomon xislatlarini gaplaridan bilib olamiz. Ko‘rinib turibdiki, so‘z san’ati tarixdan zamonamizga qadar bo‘lgan kenglikni bir-biriga bog‘laydi. Shu ma’noda yoshlarimiz o‘z so‘z va nutqlaridagi kamchilik va nuqsonlar, tillaridagi qusur va g‘alizliklar haqida
qayg'urishlari lozim.«So‘z boshi — salom», — deganlaridek, ba’zi yoshlarimizning salomlashishiga kelsak, qo'shtirnoq ichida «madaniyatli»lari
«privet», «zdrov» desalar, boshqalari «som alaykum» deyishadi. Bunday yoshlar «som» arab tilida «o‘lim» degani ekanini bilsalar edi, bunday salomlashmasdi, deb o‘ylaymiz. Bu narsa oila, bog‘cha, maktab va o‘quvdargohlarida o‘rgatilishi lozim bo‘lgan muammo.Ayniqsa, ko‘cha-ko‘yda, bozorda, yo'lovchi transportlarida, hatto o‘quv dargohlarida ham quloqqa tez-tez eshitilib turadigan «korochche», «shes sekunt», «otvechat qilasanmi» kabi so‘zlarga ham, qanchalar xunuk bo‘lmasin, quloqlarimiz o‘rganib borayapti. Yoki «brat», «bratan», «bratishka» kabi so‘zlar ham shular jumlasiga kiradi. Bunday hollar go‘zal o‘zbek tilimizga hurmatsizlik emasmi? «Yaxshining so‘zi moy, yomonning so‘zi loy,» — deydi dono xalqimiz. Zero, xulq, eng awalo, nutqda ko‘rinadi.

Download 88,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish