Notiqlik – tarbiya va muloqotning o‘zagi



Download 183,16 Kb.
bet1/4
Sana22.02.2022
Hajmi183,16 Kb.
#86753
  1   2   3   4
Bog'liq
Notiqlik – tarbiya va muloqotning o‘zagi

Notiqlik – tarbiya va muloqotning o‘zagi



Bir yil avval – 2017-yil 3-avgust kuni O‘zbekiston ziyolilari bilan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev qat’iyat bilan “Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bo‘ladi”, deb ta’kidlagan edi. Rostdan ham adabiyot va san’at rivoji millat ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, notiqlik san’atining to‘xtovsiz tadrijiy shakllanishi butun bashariyatning ezgulikka do‘nishida ko‘makdosh bo‘ladi. Shu ma’noda, yurtimizda voizlik sirlari bilimdoni – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti dotsenti, “Axborot xavfsizligini ta’minlash” bo‘limi boshlig‘i Rahimboy Jumaniyozov bilan kechgan samimiy suhbatni e’tiboringizga havola qilamiz.

Domla, dastlab voizlik san’atining sehri, ahamiyati, uning bugungi kundagi o‘rni haqidagi fikringizni bilsak.

– Darhaqiqat, bu davrimizning jiddiy e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan dolzarb masalalaridan ekani, shubhasiz. Kishilik jamiyati paydo bo‘libdiki, so‘z va nutqdan foydalanish, uning imkoniyatlari doirasida fikr yetkazish va qabul qilishning turli usullari shakllangan. Notiqlik, voizlik ana shunday san’atdir. “Ritorika”, “oratorlik”, “xatoba” nomlari bilan ham yuritiluvchi ushbu san’at har bir davrda o‘sha zamonning mafkurasiga xizmat qilib kelgan. Shu ma’noda, notiqlikni dudama xanjarga o‘xshatishadi. Ya’ni, u ikki tomoni ham kesuvchi quroldir. Bir tomonida adolat tursa, ikkinchi tomonida adovat. Kim undan qanday foydalanishga bog‘liq. Bu san’atdan buyuk bobokalonlarimiz – Amir Temur, hazrat Navoiy, Mirzo Boburlar ham, Chingizxon, Gitler, Gebelslar ham maqsadli foydalangan.

Zamon rivoji, insonlar dunyoqarashi jadal rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar davrida notiqlikning o‘rni beqiyos. Jahon miqyosida xalq qalbi va ongi uchun keskin va shafqatsiz kurash ketayotgan bir paytda bu jarayonga qarshi chuqur bilim va ma’rifat bilan javob bera olish, voizlik mahorati orqali fikr yetkazish san’atini egallashni davrning o‘zi talab qilib turibdi.

Barcha jabhada butun jamoani oldinga boshlash, vatanparvarlik hissini uyg‘otish va insondagi ayrim illatlarni yo‘qotishda notiqlikning samarasi bebahodir.

Notiqning nutqi ta’sirchan bo‘lishi, auditoriyani o‘z ortidan ergashtirib keta olishi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim, deb o‘ylaysiz?

– Nutqning ta’siri ikki xil omilga bog‘liq. Nutq jarayonida ana shunga rioya etilmasa, maqsad oqibatsiz tugaydi. Bu nutq sifatlari va texnikasidir. Nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi, ta’sirliligi, jo‘yaliligi, boyligi, ifodaviyligi, soddaligi, qisqaligini talab etuvchi omillar uning sifatini tashkil etadi. Har ikkalasini amalda to‘la va shirin qo‘llay bilmagan notiq “yutqizadi”.

Nutq paytida notiq bilan tinglovchilar o‘rtasida bir-birini tushunishi va yaqinlik ancha jonli bo‘lishi lozim. O‘zini tutishi, xarakteri, so‘zlash manerasi, fikr yuritish usulimi, qaysi biri bo‘lishidan qat’i nazar, tinglovchi uni yoqtirib qolishi kerak. Hech bo‘lmaganda, tinglovchilar bir hafta mobaynida sizning ma’ruzangiz ta’sirida to‘lqinlanib, o‘zaro muhokama qilib yurishi kerak. O‘zining so‘zi bilan suydira olish, tinglovchida qayta uchrashish ishtiyoqini uyg‘otish bilan xayrlashish notiq muvaffaqiyatining garovidir. Nutq davomida tinglovchilardan ayrimlari tez-tez soatiga qarab qo‘ysa, esnab o‘tirsa, bilingki, notiq aybdor. Demak, notiqda fikrlash san’ati bor, lekin omma e’tiborini tortish iqtidori yo‘q. Zero, mashhurlar ko‘p, lekin ularning manzur va maqbullari kam. Buyuklar ko‘p bo‘lgan, lekin ularning suyuklilari kam. Ko‘rinib turibdiki, insonning suyuk bo‘lishi ba’zan nutqqa ham chambarchas bog‘liq, deb o‘ylayman. Yaxshi nutq yutuq manbai.

O‘ziga qarab kutishlarini, so‘ziga qarab kuzatishlarini bilgan kishi o‘zidan ko‘ra so‘ziga e’tiborli bo‘ladi.

Notiqlik san’atiga qiziqish kuchayishi bilan rivojlana boshlagan mantiq dastlab gapiruvchi uchun muhim bo‘lgan masalani hal etishga harakat qilgan. Ya’ni, odamlarni ishontirish uchun, ularni notiq fikrlarini qabul qilishi uchun nutq qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak.

Qadimgi notiqlarning fikricha, yaxshi nutqning kuchi fikrlarning o‘zaro bog‘lanishi bilan belgilanadi – agar tinglovchilar bir fikrni qabul qilsa, u bilan bog‘liq qolgan fikrlarini ham tan olishi kerak.

Tinglovchilarga haqiqatni yetkazish va ularni u yoki bu fikrning to‘g‘riligiga ishontirish bilan bog‘liq har qanday axborot uzatish jarayoni o‘zaro bog‘liq 3 unsurdan tashkil topadi.

Birinchi unsur – isbotlanishi kerak bo‘lgan fikr. Ikkinchisi – fikrning to‘g‘riligini isbotlovchi asos va dalillar. Uchinchisi –namoyishi, ya’ni fikr va asos, dalillar o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatuvchi mantiqiy bog‘lanish.

Fikrlashning mantiqiyligini ta’minlashda bu unsurlar borasida shakllangan qoidalarga rioya etish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, aytish joizki fiklash jarayonida mantiqiy xatolar yoki mantiqiy fikrlash madaniyatining zaifligi va fikriy pala-partishlik oqibatida vujudga keladi yoki tinglovchilarni ongli ravishda adashtirish, bahs-munozarada qanday bo‘lmasin, yutib chiqishga intilish istagidan kelib chiqadi.

Jamiyatimizda notiqlik san’ati samaralarini nimalarda ko‘rasiz?

– Darhaqiqat, bugungi kunda xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizning dunyoqarashini o‘zgartirish deysizmi, dabdadali to‘y-hashamlaru adashgan guruhlarga kirib qolganlarni to‘g‘ri yo‘lga solishdan tortib korrupsion jinoyatlarning oldini olishda notiqlik san’atining roli juda ahamiyatli bo‘lmoqda. Shuningdek, notiqlik san’atining ahamiyati boshqaruv tizimi, ijro, nazorat organlari xodimlari, qo‘yingki, xalq bilan bevosita ishlaydigan barcha tizim vakillari, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganlar, jamoatchilik uchun ham nihoyatda ahamiyatli bo‘lib qolmoqda.

Biz bu borada ko‘pgina amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqdamiz. Jumladan, “Notiqlik san’ati akademiyasi” nodavlat ta’lim muassasasini tashkil qilib, ko‘plab vazirlik va tashkilotlar xodimlarini bu boradagi malakalarini oshirib, ularga barcha jabhada birdek nutq iroda qilishlariga zamin yaratmoqdamiz. O‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlaganlarga sertifikat va diplomlar berilmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, so‘z tuzadi, so‘z buzadi, olqish ham, qarg‘ish ham so‘zdan, obod qilguvchi ham, barbod etguvchi ham so‘z. So‘z kuldiradi, o‘ldiradi. Omonlik ham, yomonlik ham, olamning yaratilishi ham so‘zdan, yo‘q bo‘lishi ham. Bunyodkor g‘oyalar ham so‘z bilan, buzg‘unchi vayronkor g‘oyalar ham so‘z ta’sirida. So‘z qudrati, mohiyati, xosiyati va saxovatini anglamaydigan inson bo‘lmaydi, balki uni anglata olmaydiganlar bo‘ladi.

Bu mulohazalar targ‘ibot va tashviqot ishlari bilan faoliyat yurituvchilarga mas’uliyat va sergaklik yuklaydi. Notiqlik, avvalambor, ishontirish san’ati. Uning uchun dalillarga boy, asoslangan ta’sirli nutq zarur.

Bugun deyarli barcha oliy o‘quv yurtlarida nutq madaniyati va notiqlik san’ati fan sifatida o‘qitiladi, biroq davlat va nodavlat radio, televideniye boshlovchilari, ayrim muxbir va sharhlovchilar, “didjey”larning faoliyatida nutqiy nuqsonlar mavjud. Bu muammoning yechimi borasidagi fikr va takliflaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

– To‘g‘ri aytdingiz, bu boradagi kamchiliklardan, nutqiy nuqsonlardan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bu jarayon keyingi paytlarda xiyol ko‘paygandek. O‘rinli aytganingizdek, ta’lim muassasalarida bu san’at fan sifatida o‘qitiladi. Gap uning o‘qitilishida emas, balki qanday o‘qitilishida. Shu fan bo‘yicha dars berayotgan o‘qituvchilarning ayrimlari o‘zlari talab darajasida emas. Nutq madaniyatining ikki xil ko‘rinishi bor. Og‘zaki va yozma nutq madaniyati. Savodxonlik esa ma’naviyatning eng muhim mezonidir.

Ko‘cha-ko‘ydagi yozuvlarda, peshtaxtalardagi lavhalarda ham, televideniye titrlarida, og‘zaki va yozma nutqda ona tilimiz, adabiy tilimiz me’yorlariga rioya qilavermasligimiz achinarli hol. Bugun yozuv va nutq masalasiga e’tiborni susaytirsak, erta-indin muammolarimiz yanada kattalashishi mumkin. Chunki, kichkina teshik katta kemani ham cho‘ktirishi mumkinligini e’tibordan soqit qilmaslik zarur.

Shuning uchun ham notiqlar jamiyati yoki notiqlik assotsiatsiyalarining tuzilishi maqsadga muvofiq. Bu esa ana shu muammolarning oldini olishga xizmat qilishi aniq. Toki ona tilimizning yozuv va nutq qoidalariga to‘g‘ri amal qilinishiga mas’ullik bevosita ularning zimmasiga yuklangan bo‘larmidi. Aytish mumkinki, biz bu borada ilk qadamlarni qo‘ydik. “Notiqlik san’ati akademiyasi” nodavlat ta’lim muassasasimiz hozir biz qayg‘urgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Ta’lim va muloqotning kaliti – nutq bilan, tarbiya va muomalaning kaliti – xulq bilan ekanligini yodda tutish zarur.

Download 183,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish