Investitsiya kreditlari - qonun hujjatlariga ko‘ra yoki ixtisoslangan sharoitlar sababi bilan [uzoqda joylashganligi, qo‘riqlanadigan hududda joylashishi, nolikvid bo‘lishi, boshqa (garovga qo‘yilmagan) mulkdan ajralmas bo‘lishi va h.k.] erkin xarid qilinishi va sotilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk;
- mulkdorlik huquqi shubhali bo‘lsa;
- mulk qarzdorning boshqa majburiyatlari bo‘yicha garovda bo‘lsa, agar bank tomonidan amaldagi garovga oluvchi garov predmetiga huquqni bank foydasiga yon berish haqida lozim tartibda (ko‘chmas mulk garovi bo‘lganda – notarial idorada tasdiqlangan) rasmiylashtirilgan kelishuv tuzilmagan bo‘lsa;
- xatlangan mulk yoki xatlash xavfi bo‘lgan mulk;
- qarz oluvchini boshqa majburiyatlari bo‘yicha garovda bo‘lgan mulk;
- nomoddiy aktivlar (savdo markalari, nou–xau, injiniring va h.k.).
Xorijiy banklarning kredit liniyalari C) konversion operatsiyalar bo‘limi – tijorat bankining O‘zbekiston Respublikasining
rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini naqd
pulsiz shaklda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish xizmatlarini ko‘rsatish
uchun tuzilgan tarkibiy tuzilma.
valyuta ayirboshlash shoxobchasi – jismoniy shaxslardan naqd va xalqaro to‘lov
kartalaridagi chet el valyutasini naqd milliy valyutaga ayirboshlash hamda qonun hujjatlariga
muvofiq jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga naqd chet el
valyutasini sotish operatsiyalarni amalga oshiruvchi turg‘un shoxobcha.
shaxsni tasdiqlovchi hujjat – pasport, O‘zbekiston Respublikasida yashash
guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun harbiy bilet.
yakka tartibdagi tadbirkor – yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan
yakka tartibdagi tadbirkor.
operatsion kun – jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun tijorat banki tomonidan
belgilangan vaqt;
xalqaro to‘lov kartasi – xalqaro to‘lov tizimlari bilan kelishuvga asosan O‘zbekiston
Respublikasining tijorat banklari tomonidan emissiya qilingan chet el valyutasidagi xalqaro
to‘lov kartasi;
qimmatliklar – milliy va chet el valyutalari.
Chet el valyutasini sotib olish va sotish kurslari tijorat banklari tomonidan chet el
valyutasiga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda mustaqil ravishda belgilanadi.
d) «Trastbank» xususiy ochiq aksiyadorlik birja banki zamonaviy bank xizmatlari hamda texnologiyalarining rivojlana borishi imkoniyatlariga tayangan holda, respublikamiz bo‘ylab o‘z filiallari tarmog‘ini kengaytirishga ustuvor vazifalaridan biri sifatida qaramoqda. Bunga eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – mamlakatimiz Mustaqilligining 21 yilligi ayyomi arafasida poytaxtimizda bankning Yakkasaroy filiali ish boshlashi yorqin misoldir.
c) Jismoniy shaxs yoki YaTT xalqaro to‘lov kartasidagi chet el valyutasini sotish uchun tijorat bankining istalgan konversion bo‘limiga murojaat etadi. Bunda konversion bo‘limning mutaxassisi tomonidan xalqaro to‘lov kartasining haqiqatda ushbu jismoniy shaxs yoki YaTTga tegishliligi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tekshiriladi. Tijorat banki jismoniy shaxs yoki YaTTning xalqaro to‘lov kartasidagi chet el valyutasini operatsiya amalga oshiriladigan kundagi chet el valyutasini sotib olish kursiga muvofiq bajaradi. Bunda jismoniy shaxs yoki YaTTning xalqaro to‘lov kartasidagi chet el valyutasi doirasida, mablag‘lar to‘liq yoki qisman milliy valyutaga ayirboshlanishi mumkin. Chet el valyutasi to‘langanligini tasdiqlovchi terminal chekining asl nusxasi yoki ularning hisobvarag‘idan to‘langan taqdirda, bankning ichki to‘lov hujjati beriladi. Chet el valyutasi konversion bo‘limning mutaxassisi tomonidan tegishli ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish orqali xarid qilinadi. Bunda 09020-shakldagi ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Ma’lumotnomalar bo‘lim mutaxassisi va jismoniy shaxs yoki YaTT tomonidan imzolanib, ularga mutaxassisning shaxsiy va bo‘lim shtamplari bosiladi.
Ma’lumotnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga yoki YaTTga beriladi. Jismoniy shaxslar xalqaro to‘lov kartalaridagi chet el valyutasini valyuta ayirboshlash
shoxobchalari orqali naqd milliy valyutaga ayirboshlashlari mumkin
e) Majburiyatlarni ta’minlashning qandayligiga qarab «Trastbank» XAB ikki yildan uzoq bo‘lmagan muddatga turli shakldagi bank kafolatlari va kafilliklari taklif etadi.
Bank kafolati – bank (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning buyurtmasiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga beradigan yozma majburiyat (keyingi o‘rinlarda kafolat deb yuritiladi).
Kafolat olish uchun prinsipal quyidagi talablarga javob berishi lozim:
zarar ko‘rib ishlamayotgan bo‘lishi hamda nolikvid balansga ega bo‘lmasligi;
muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud bo‘lmasligi;
oxirgi uch moliyaviy yil natijalari bo‘yicha ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lishi;
ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi.
Kafolat olish uchun prinsipal tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
kafolat buyurtmasi;
kafolatdan foydalanishning butun davrini o‘z ichiga olgan pul oqimi tahlili ko‘rsatilgan biznes-reja;
oxirgi hisobot sanasi bo‘yicha buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl), muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi ma’lumotnoma (2-1-shakl);
oxirgi uch moliyaviy yil natijalari bo‘yicha auditorlik xulosasi.
f) «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki jismoniy shaxslar uchun o‘zining yangi xizmati – «Universal» iste’mol kreditini joriy etdi. Bank tashkil etilganidan buyon nafaqat yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishga katta urg‘u qaratdi, balki jismoniy shaxslardan iborat mijozlariga ham ko‘plab imkoniyatlar taqdim etish yo‘lida izchil izlanishlar olib bordi. Bankning chakana xizmatlar bilan bog‘liq faoliyati katta o‘sish ko‘lamiga ega bo‘lib, yangi xizmat va mahsulotlarni ishlab chiqilayotgani resurs bazasini kengaytirishning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda. «Trastbank»ning iste’mol kreditlari aktiv operatsiyalar hajmini sezilarli ravishda oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda hamda bu pirovardida, bir tomondan aholining turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarni qo‘shimcha rag‘batlantirish imkonini bermoqda. Bank mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan yangi iste’mol krediti bank xizmatlari doirasini yanada kengaytirish yo‘lida olib borilayotgan chora-tadbirlarning yana bir amaldagi ifodasi deyish mumkin.
Prinsipal taqdim etilgan kafolat bo‘yicha majburiyatni o‘z vaqtida bajarishning ta’minoti sifatida bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etishi lozim:
bank talabiga javob beruvchi kafolatga qo‘yilgan likvidli mol-mulk yoki pul mablag‘lari garovi;
prinsipalning kafolat bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik xatarining sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.
3b) Nizomning Umumiy qoidalar bobidagi 3-xatboshida kapital zahiralarga berilgan ta’rif quyidagi shaklda o‘zgartirildi: kapital zahiralar – soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘langandan so‘ng sof foyda yoki avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan zahiralar.
To‘rtinchi xatboshining 2-jumlasi mana bunday ko‘rinish oldi: “Banklar soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan so‘ng qolgan foyda yoki avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan ushbu nizom kuchga kirgan sanadan e’tiboran ajratilib, hisobot sanasiga “standart” sifatida tasniflangan kreditlar (aktivlar) qoldig‘idan kelib chiqqan holda bunday zahiralarni tashkil qilishlari lozim”.
Ushbu o‘zgarishlar Nizomning 13-bandiga ham tuzatish kiritdi va uni quyidagicha o‘qish lozim: “Dividend stavkalari o‘zgarib turuvchi imtiyozli aksiyalar mazkur Nizomning 11 va 12-bandlaridagi shartlar bajarilishidan qat’i nazar, I darajali kapital hisob-kitobiga kiritilmaydi”.
3g) Biz bilan hamkorlikda Siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:
Depozit bo‘yicha manfaatli foiz stavkalar;
Mijozga alohida yondashuv;
Depozit muddati bo‘yicha qulay shartlar;
Bankning G‘aznachilik departamentidan quyidagi telefon raqamlari orqali yanada to‘liq ma’lumotlarni olishingiz mumkin.