Normatova feruza shavkatovnaning adabiyotshunosli k



Download 2,01 Mb.
bet1/6
Sana21.05.2022
Hajmi2,01 Mb.
#605611
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Normatova Feruza mustaqil ish adabiyot


Termiz davlat universitetining pedagogika institute tillar fakulteti


Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda horijiy til, ingliz tili 102-guruh talabasi


NORMATOVA FERUZA SHAVKATOVNANING
A D A B I Y O T S H U N O S L I K
Fanidan



Mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi.

Topshirdi: _____________F.Normatova


Qabul qildi: _____________S.Raimova

2021-2022 o’quv yili


Adabiy tur va janrlar. Epik va lirik tur misolida

Reja:
1. Adabiy tur tushunchasi.
2. Adabiy turlar orasida chegaraning shartliligi.
3. Epik janr. Epik janrlarning ta'rifi, turlari.
4. Aristotel eposning tabiati to'g'risida
5. Lirik turning spesifik xususiyatlari.
6. Lirik qahramon tushunchasi.

Tayanch tushunchalar: lirik qahramon, avtopsixologik lirika, ijroviy lirika, «she’riy asar» va «lirik asar», turg‘un she’riy shakllar, meditativ lirika, tavsifiy lirika, voqeaband lirika, adabiy tur, turlarga ajratish prinsiplari, tasvir predmeti, ob’ektivlik va sub’ektivlik, turlararo sintezlashuv, voqeabandlik, plastik va noplastik elementlar, ob’ektiv va sub’ektiv ibtido, «nasriy asar» va «epik asar», rivoya, rivoya motivatsiyasi, qahramon, ikkinchi darajali personaj, yordamchi personaj, epik janrlar.


An’anaviy ravishda badiiy asarlarni uchta katta guruhga — epik, lirik va dramatik turlarga ajratib kelinadi. Adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni turlarga ajratish masalasi qadimdan ishlanib keladiki, bu uning adabiyotshunoslikning muhim nazariy masalalaridan ekanligini ko‘rsatadi. Miloddan avvalgi 384-322 yillarda yashagan qadim yunon qomusiy olimi Aristotel (Arastu) o‘zining «Poetika» nomli asarida badiiy asarlarni turlarga ajratish an’anasini boshlab bergan. Aristotel san’atni tabiatga «taqlid qilish» deb tushungan va, uning fikricha, tabiatga uch xil yo‘sinda: 1) o‘zidan tashqaridagi narsa to‘g‘risida hikoya qilayotgandek; 2) taqlidchi o‘z holicha qolgan, qiyofasini o‘zgartirmagan holda va 3) tasvirlanayotgan kishilarni faol harakatda taqdim etgan holda taqlid qilish mumkin, deb bilgan. Ko‘ramizki, bu o‘rinda badiiy adabiyotning uchta turi: epos, lirika va drama ajratilmoqda. Adabiy turlarni ajratishda taqlid usulini asosga qo‘yish an’anasi XYIII asrgacha davom qilib keldi. XYIII asrga kelib nemis faylasufi Gegel badiiy adabiyotni turlarga ajratishda tasvir perdmetini, ya’ni, konkret asarda nima tasvirlanayotganini asos qilib oldi: epos - voqeani, lirika - ruhiy kechinmani, drama harakatni tasvirlaydi. Keyinroq, XIX asrda yashagan rus tanqidchisi V.G.Belinskiy ham, asosan, Gegel an’anasini davom ettirdi. Ayni paytda, u asardagi ob’ekt (voqelik) va sub’ekt (ijodkor) munosabatini ham e’tiborga oldi, ya’ni: eposda ob’ektivlik, lirikada sub’ektivlik, dramada ikkisining qorishiqligi kuzatilishini ta’kidladi. Eposni «ob’ektiv poeziya» (poeziya bu o‘rinda umuman badiiy adabiyot ma’nosida) deb atarkan, Belinskiy epik asar muallifi o‘zining ixtiyoridan tashqari «o‘z-o‘zicha amalga oshgan narsaning oddiy hikoyachisi» maqomida turishini, lirikani «sub’ektiv poeziya» deganida esa «unda ijodkor 41 shaxsiyatining birinchi planda turishi va barcha narsa uning shaxsiyati orqali qabul qilinishi va anglanishi»ni nazarda tutadi. Shuni unutmaslik kerakki, ob’ektivlik va sub’ektivlik degan tushunchalarni mutlaqlashtirmaslik zarur. Zero, eposni «ob’ektiv poeziya» deganimizda uning faqat o‘quvchi nazdidagina «ob’ektivlik» illyuziyasini xosil qilishi nazarda tutiladi, aslida esa epik asarda ham sub’ektiv ibtido mavjuddir.


Albatta, har bir adabiy turning qator o‘ziga xos jihatlari, o‘ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, shulardan biri - lirik asarlarning asosan she’riy yo‘l bilan, epik asarlarning asosan nasriy yo‘l bilan yozilishi. Xo‘sh, ayni shu narsa adabiy turning belgilovchi xususiyati sanala oladimi? Yo‘q, chunki, she’riy yo‘l bilan yozilgan epik va dramatik asarlar bo‘lganidek, nasriy yo‘l bilan yozilgan lirik asarlar ham mavjud. Shuningdek, konkret adabiy turga mansub asarlarning hajmi, ulardagi yetakchi nutq shakli, konflikt turi, problematikasi kabilarda ham sezilarli farqlar kuzatiladi. Lekin bu xususiyatlardan qay birlari belgilovchi sanalishi mumkin?
Mavjud tasnif prinsiplari orasida, bizningcha, Gegel taklif etgan tasvir predmetidan kelib chiqqan holda turlarga ajratish tamoyili hozircha eng maqbuli ko‘rinadi. Ya’ni, biz badiiy asarlarni turlarga ajratishda konkret asarda nima tasvirlanganidan kelib chiqamiz: lirik asarda kechinmalar, epik asarda voqelik (voqealar) tasvirlanadi. Mazkur qarashni biroz rivojlantirib, turlarga ajratishda badiiy asarda nimaning obrazi yaratilganini qo‘shimcha asos sifatida qabul qilish mumkinki, bu tasvir predmeti asosidagi tasnifni to‘ldiradi: lirikada sub’ektning noplastik obrazi, buning ziddi o‘laroq dramada ob’ektning plastik obrazi, eposda esa ob’ekt va sub’ektning qorishiq obrazi yaratiladi. Nima uchun lirikada «sub’ektning noplastik obrazi» yaratiladi deb aytamiz? Ma’lumki, lirik asarning yetakchi obrazi — lirik qahramon. Biz lirik asarni o‘qiganimizda lirik qahramon holatini, kayfiyatini, kechinmalarning qanday holatda yuzaga kelganligini, uning hiskechinmalariga turtki bo‘lgan voqelik fragmentlarini his qilishimiz, tasavvur qilishimiz mumkin. Biroq lirik qahramonning o‘zini, aytaylik, romandagidek jonli inson (ya’ni, ob’ektivlashtirilgan tasvir) sifatida ko‘z oldimizga keltirolmaymiz. Dramada biz ob’ektning plastik obrazini ko‘ramiz - qahramonlar real xatti-harakatda bo‘ladilar, ularni jonli inson sifatida ko‘rsatiladi. Ayni paytda, dramada sub’ekt obrazi yo‘q. Eposda bu ikkisiga xos xususiyat qorishiq: biz so‘z bilan tasvirlangan badiiy voqelikni xayolimizda jonlantirishimiz mumkin, ayni paytda, unda muallif obrazi ham mavjud. Epik asardagi muallif obrazi ham, xuddi lirik asardagidek noplastik obraz, zero, biz uning voqea-hodisalarga munosabati, kayfiyati, o‘y-qarashlarini va h. har vaqt sezib turamiz, biroq, muallif obrazi boshqa personajlar obrazi singari ko‘z oldimizda jonli inson sifatida gavdalanmaydi (asarda uning ob’ektivlashtirilgan tasviri yo‘q).
Adabiy turlarga ajratishning belgilovchi prinsipini aniqlab olgach, endi har bir adabiy turga mansub adabiy asarlarga ko‘proq xos bo‘lgan (ya’ni, belgilovchi bo‘lmagan) xususiyatlar haqida ham to‘xtalish mumkin.
Adabiy turlarning muayyan davr adabiy jarayonida tutgan o‘rni, mavqei har vaqt ham bir xil bo‘lmaydi. Adabiyot taraqqiyotining ma’lum bosqichlarda ularning ayrimlari yetakchilik mavqeini egallaydiki, bu narsa turli omillar (ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sharoit, adabiy-madaniy an’analar va h.) bilan izohlanishi mumkin. Masalan, o‘zbek adabiyotida uzoq vaqt lirikaning yetakchilik qilgani adabiy-madaniy 42 an’ana bilan bog‘liq bo‘lsa, XX asr boshlariga kelib epik turning yetakchilik mavqeini egallashi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sharoit (epik turda badiiy konseptual funksiyani bajarish, dunyoni anglash va anglatish imkoniyatlarining kengligi va buning XX asr boshlarida dolzarblik kasb etgani) bilan izohlanadi. Asrimizning 60-70- yillaridagi ijtimoiy-siyosiy sharoitning o‘ziga xosligi she’riyatni yana oldingi mavqega olib chiqdi. Buning sababi endi ijod erkinligining bo‘g‘ilganligi, natijada badiiy proza o‘zining eng muhim funksiyasi — badiiy-konseptual funksiyasini bajara olmay qolganligi bilan izohlanishi mumkin bo‘ladi. 80-yillarga kelib esa badiiy prozaning yo‘qotgan mavqeini tiklay boshlagani kuzatiladi. Buning boisi shuki, yangi avlod nosirlari - M.M.Do‘st, E.A’zam, A.A’zam, X.Sulton kabi ijodkorlar asarlarida jamiyatni, zamona kishilari ruhiyatini va buning vositasida jamiyatning mavjud holatini chuqur badiiy idrok etishga intilish kuchaydi.
Epik turning spesifik xususiyatlari haqida gap ketganda avvalo voqeabandlikni tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarda makon va zamonda kechuvchi voqea-hodisalar tasvirlanadi, so‘z vositasida o‘quvchi tasavvurida reallik kartinalariga monand jonlana oladigan to‘laqonli badiiy voqelik yaratiladi. Tasavvurda reallikdagiga monand, o‘zining tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asardagi badiiy voqelikni «plastik» tasvirlangan deb aytiladi. Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda noplastik elementlar ham mavjud bo‘lib, bu elementlar muallif obrazini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik asarning noplastik elementlari deyilganda muallifning mushohadalari, fikrlari, tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar tushuniladi. Tabiiyki, noplastik unsurlar, plastik unsurlardan farqli o‘laroq, asarni o‘qish davomida o‘quvchi tasavvurda jonlanmaydi. Epik asarda ob’ektiv va sub’ektiv ibtidolarning uyg‘un birikishi kuzatiladi: asardagi badiiy voqelikni biz shartli ravihda ob’ektiv ibtido deb olsak, asar to‘qimasining har bir nuqtasiga singdirib yuborilgan muallif shaxsini biz sub’ektiv ibtido deb yuritamiz. Badiiy voqelikni shartli ravishdagina «ob’ektiv» ibtido deyishimizga sabab, u reallikdan olingan oddiygina nusxa emas, balki voqelikning ijodkor ko‘zi bilan ko‘rilgan, ideal asosida idrok etilgan, baholangan va ijodiy qayta ishlangan aksi ekanligidir. Shunday ekan, muallif obrazi hatto «ob’ektiv tasvir» yo‘lidan borilib, muallif imkon qadar o‘zini chetga olgan asarlarda ham mavjud bo‘lishi tabiiydir. Demak, epik asarlarda badiiy voqelik bilan bir qatorda noplastik muallif obrazi ham har vaqt mavjuddir.
Ba’zan epik asar muallifi rivoyani u yoki bu yo‘l bilan badiiy asoslashga harakat qiladi va bunda turli usullardan foydalanadi. Rivoyaning asoslanishi (motivatsiya) o‘quvchida «asar voqealari o‘ylab chiqilgan emas, haqiqatda yuz bergan» degan tasavvurni uyg‘otadi. Masalan, A.Qodiriy har ikki romanida ham rivoyani asoslash uchun ularni go‘yo bobosidan eshitgandek, endi esa ularni o‘quvchiga qayta so‘zlab berayotgandek bo‘ladi. Shunga o‘xshash, epik asarlarda voqealar ba’zan tasodifan yozuvchi qo‘liga tushib qolgan birovning xati, kundalik daftari yoki qo‘lyozmasi, tasodifan uchrashib qolgan kishi hikoyasi yoki o‘zi tasodifan shohidi bo‘lib qolgan voqea va h. tarzida berilishi mumkin. Biroq mazkur usullar epik asarda qo‘llanilishi zarur yoki rivoya albatta asoslanishi lozim degan fikrga bormaslik kerak. Aksincha, bu xil usullar zamonaviy nasrchilikda nisbatan qo‘llanadi, aksariyat epik asarlarda «ob’ektiv tasvir» yo‘lidan boriladi, ya’ni, yozuvchi xolis kuzatuvchi mavqeida turadi 43 va o‘zining bosh vazifasi deb o‘z-o‘zicha sodir bo‘layotgan voqealarni tasvirlab berishni tushunadi.
Epik janrlar bir-biridan badiiy shakl xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Masalan, syujet nuqtai nazaridan olinsa, roman ko‘p planli murakkab syujetga egaligi, qissa syujeti asosan bosh qahramon tevaragida uyushishi, hikoya syujeti odatda bitta yoki bir-biriga uzviy bog‘liq bir necha voqea asosiga qurilishi kuzatiladi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish