Normatov matematikatarixi



Download 0,7 Mb.
bet25/37
Sana13.01.2022
Hajmi0,7 Mb.
#354571
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
mat tarixi kitob

Ehtimollar nazariyasi – Paskalь, Ferma, Ya.Bernulli ishlari natijasida tasodifiy hodisalar ichida ma’lum miqdoriy qonuniyatlarning ko’rinishini ochilishi, katta son- larqonuniningkashfetilishi bo’ldi.Kombinatorikaqonuniyatlariniochilishi. Konkret

67

masalalarning kamligi (qimor o’yinlari, ba’zi jadvallar va kuzatish natijalari) va me- todning elementarligi bu sohani rivoji uchun to’siq bo’lib turadi.

Bulardan shu narsa ko’rinadiki, XVIII asrga kelib matematika etarli faktlarni to’pladi. Shu boisdan bundan keyingi taraqqiyotni ta’minlash uchun FA lari, univer- sitetlar va bular qoshida davriy nashriyotlar zarurati kuchaydi. Shu bilan birga ma- tematik bilimlar sistemalashuvi dolzarb davrga kirdi. 1661 yil – Vyurtsburgda K. Shottning “Matematika kursi yoki barcha matematik fanlarning to’liq entsiklope- diyasi” ko’ptomligi, 1674 yili Lionda De Shalning “Matematika dunyosi yoki kursi” uchtomligi, 1693 yili Parijda Ozanamning “Matematika kursi” beshtomligi chiqdi. Matematikaning bundan keyingi rivojini ta’min etuvchi bu ishlar hozirda ham da- vom etib kelmoqda.

XVIII asrga kelib Rossiyada uyg’onish boshlandi. Bunga sabab Pyotr I ning re- formasidir. U davlat apparatini, armiya va flotni, ishlab chiqarishni tashkil etishni, zarur mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etishni va shu kabilarni ilgari suradi. Nati- jada 1701 yili yirik shaharlarda maktablar, 1715 yili dengiz akademiyasi tashkil etila- di. 1725 yili Peterburg akademiyasi va uning qoshida gimnaziya va universitet tash- kil etiladi. Ilmiy ishlarni yo’lga qo’yish va mahalliy kadrlarni tayyorlash uchun chet eldan ko’plab olimlarni taklif etadi. Bulardan, matematiklar: I.Bernullining o’g’illari Daniil va Nikolay Bernullilar, Ya.Bernullining shogirdi Ya.o’erman, keyinroq esa L.Eyler va boshqalar. 1726 yili “Piterburg FA sharxlari” (1728 yili chiqadi) jurnali tashkil etiladi. 1783 yili FA tugatiladi.

1755yilesaLomonosovtomonidanMoskvauniversitetitashkiletiladi. Rossiyada matematikaning rivoji bevosita L.Eyler bilan bog’liqdir.

Leonard Eyler 1707 yilda Bazelь shahrida tug’iladi. Ya.Bernulli boshchiligida matematikani o’rganib I.Bernulli boshchiligida matematika bilan shug’ullana bosh- laydi. Universitetni magistr darajasida tugatgan Eyler ishsiz qoladi. D. va N.Bernullilar tavsiyasibilan 1727 yili Peterburgga kelib 14 yil (1741 gacha) ishlaydi. Bu davrda u 50 dan ortiqilmiy ishni e’lon qiladiva 80 tasini tayyorlaydi. Bular ma- tematik analiz, sonlar nazariyasi, differentsial tenglamalar va astronomiyaga oiddir. Bundan tashqari 1736 yili 2 tomlik “Mexanika” va 1738 yili Rossiyaning geografik xa- ritasini e’lon qiladi. Shu bilan birga Kotelьnikov, Rumovskiy, Fuss, o’olovin, Safro- nov kabi shogirdlarni tayyorlaydi.

1741 yildan to 1766 yilgacha Berlin akademiyasida ishlaydi. Bu davrda u 300 dan ortiq ilmiy asar, shu jumladan: 1744 yili variatsion hisobga doir, 1748 yilda “Cheksiz kichiklar analiziga kirish”, 1755 yilda “Differentsial hisobi”, 1765 yilda “Mexanika” (davomi) nomli kitoblarni nashr ettiradi.

1766 yili Piterburgga qaytib keladi va umrining oxirigacha (1783) shu erda ish- laydi. Bu davrga kelib butunlay ko’r bo’lib qolgan Eyler 416 ta kitob va maqola “yo- zadi”. Bulardan dioptrikaga oid uch tomlik “Oy orbitasini hisoblashning yangi naza- riyasi” (1772 y), kema qurilishi va dengizda suzish nazariyasi (1778 y) va boshqalar.

Umuman Eyler hayoti davomida 530 ta asar e’lon qiladi, o’limidan so’ng qol- ganlari e’lon qilinib, jami 886 ta bo’ladi. Bulardan 40 dan ortig’i kitoblar.
68


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish