Norimbetova Charosxon Qoraqalpoq Davlat Universiteti magistranti Nukus, O`zbekiston



Download 62 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi62 Kb.
#470495
  1   2
Bog'liq
Erkalash terminiga turli manbalarda o


ERKALASH” SO`ZI MA`NOSINING O`ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI
USLUBIY XUSUSIYATLARI
Norimbetova Charosxon
Qoraqalpoq Davlat Universiteti magistranti
Nukus, O`zbekiston
Annotatsiya:
Mazkur maqolada erkalash so’zi ma`nosining o’zbek va ingliz tillaridagi uslubiy xususiyatlari, ularning fonetik, grammatik va morfologik tahlili xususida fikr yuritiladi.
THE MEANING OF THE WORD “MELODY” IN UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES METHODOLOGICAL PROPERTIES
Norimbetova Charosxon
Master of Karakalpak State University
Nukus, Uzbekistan
Annotation:
This article discusses the methodological features of the word “melody” in the Uzbek and English languages, their phonetic, grammatical and morphological analysis.
Erkalash terminiga turli manbalarda o`ziga xos izohlarni kuzatish mumkin. Masalan, Vebster izohli lug`atida qayd qilishicha, erkalash (affection) – his-tuyg`u yoki hayajon, noziklik bilan tegish, suyish demakdir. (1.) Roget`s Thesaurus lug`atida erkalash termini – endearment, loving words, affections speeches, pet name kabi sinonimik nomlarga ega. (2.)
O`zbek tilining izohli lug`atida erkalash nafaqat, mehr bilan suyish ekanligi, balki u paralingvistik vositalar, ya`ni tana harakati orqali ham ifoda etilishi mumkinligi ta`kidlab o`tiladi.
Turli tillarda erkalash fonetik sathda o`rganish jarayonida aniqlanishicha, ushbu terminning ifoda etilishi tovushning yumshoq ohangda, mehr bilan talaffuz etilishiga bog`liq bo`ladi. Erkalash jarayonida ayrim tovushlar chalaroq, tilni chuchuklashtirib talaffuz qilinadi. Ingliz tilida bolalarni erkalaganda so`zlardagi ayrim tovushlar tushib qolish holatlari aniqlansa (sugar-suga, darling-darlin), o`zbek tilida esa undosh tovushlarning o`zgartirib talaffuz qilinishi kuzatiladi (shaker-sakar, shirin-sirin). Bu hodisa o`zbek tilining ko`p shevali til ekanligi bilan ham bog`liq. Ingliz tilidan farqli o`laroq, o`zbek tilidagi erkalovchi qo`shiqlarda (alla, ovutmachoqlar) o, a, yo tovushlari so`zlarga qo`shilib, cho`ziq talaffuz etilishi erkalash ma`nosini ifoda etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz tilida bu hodisa esa, so`zning o`rtasidagi unlininig cho`zlishi bilan ifodalanadi (sweet). Mazkur tilda hush, o`zbek tilida esa, tshsh, obov kabi tovushlar yig`indisi ham erkalashning fonetik usulda ifoda etilishining o`xshash taraflaridir.
Erkalashning morfologik vositalar yordamida ifodalanishi ham tadqiq etilgan. Ingliz tilida erkalash suffikslari 9 tadan iborat (-kin, -les, -ling, -sy, -cy, -ie, -y, -ey, -o). Ular kichraytirishni ifodalash bilan birga erkalshni ham alohida ifoda etadi. O`zbek tilida esa 24 tadan iborat (-loq, -jon, -xon, -oy, -niso, -gina (kina, -qina), -cha, -choq, -chak, -chiq, -bibi, -boy, -bek, -toy, -poshsha, -sho, -mirza, -qul, -gul, -bonu, -beka, -bekach, -im I shaxs birlikdagi egalik hamda –si suffikslari). So`z kichraytirish suffiksini olsa ham, ohang ta`sirida erkalsh ma`nosini ham ifoda etishi mumkin.
Ingliz tilida erkalsh suffikslari ot (son+y) va sifat (sweet+ie) so`z turkumiga qo`shilsa, o`zbek tilida ot, sifat, son, ravish, olmosh va fe`l so`z turkumlariga qo`shilib keladi.
O`zbek tilida bir so`zga bir necha erkalash suffiksi alohida-alohida qo`shiladi (bola+m, bola+jon, bola+ginam, bola+xon, bola+kay). Ingliz tilida bir so`zga faqat ikkita erkalash suffiksini alohida qo`shish mumkin (aunt+y, aunt+ie).
Ingliz tilida bir so`zga ketma-ket bir necha erkalash suffikslarini qo`shib bo`lmaydi (girl+ie). O`zbek tilida esa bir so`zga ikki yoki undan ortiq erkalash suffikslari qo`shilishi mumkin (qiz+aloq+qina+m).
O`zbek tilida I shaxs birlikdagi –m, -im egalik suffiksi ham erkalashni ifodalashda so`zga qo`shiladi (bo`taloq+im). Ingliz tilida esa mazkur hol so`zning oldiga I shaxs birlikdagi my olmoshini qo`shish orqali ifodalanadi (my sweet, my darling, my baby va h.).
Erkalashning leksik sathdagi tahlili ingliz va o`zbek tillarida erkalashning soda so`zlar (sugar / toy ), qo`shma hamda juft so`zlar orqali ifoda etilishini ko`rsatadi ( cupcake / shirin-shakar).
Erkalash ma`nosini ifoda etuvchi bir o`zakli juft so`zlar uyasi ingliz tilida kengroq bo`lishini kuzatish mumkin (sweet-pie, sweet-cheeks, sweet-heart, sweet-thing, sweet-pea, sweet-kins / asal-qandim, shakar-qandim).
Ingliz tilida juft so`zning har ikki qismiga, o`zbek tilida esa so`zning oxiriga erkalash suffiksi qo`shiladi ( toots+ie-woots+y, jon-jahon+gina+m).
Qiyoslanayotgan tillarda erkalash natijasida atoqli otlarning qisqarish hollari uchraydi ( Barbara ismi Bab, Rebecca ismi Beck / Qahramon ismi Qaqish, Baxtiyor ismi Baxti).
Ingliz tilida an apple one`s eyes, my cabbage, sweetie pie kabi, o`zbek tilida esa, ko`zimning oq-u qorasi, aylanay, jonimni qoqay kabi iboralarda erkalashning ifoda etilishi kuzatiladi.
Erkalash hissi ortganda inson ma`nosi to`liq bo`lmagan yoki umuman ma`noga ega bo`lmagan fonetik tovushlar bilan jumlalar tuza boshlaydi. Ingliz tilida erkalashning kuchli ifoda etilishida I shaxs birlikdagi my egalik olmoshi, so, very, oh kabi fikrni kuchaytiruvchi vositalar, sifatning orttirma darajasi qo`shimchasi, erkalash suffikslari katta ahamaiyat kasb etadi. Pretty yoki dear kabi so`zlarni erkalash ma`nosini ifoda etuvchi leksik birliklar oldidan ketma-ket qo`llash, qolaversa, takrorlash, metafora kabi uslubiy vositalar ham mazkur ma`noning kuchayishida muhim o`rin egallaydi.
O`zbek tilida esa I shaxs birlikdagi mening egalik hamda o`zimning o`zlik olmoshi, -im egalik suffiksi erkalash ma`nosining kuchayishida muhimdir. O`zlik olmoshi ishtirokidagi erkalash ma`nosini ifodalovchi ayrim leksik birliklar –lik ot yasovchi suffiksi bilan kelsa (o`zimning asalligim, o`zimning shakarligim), fikrning ta`sirchanligi bir qancha yuqori darajada ekanligi seziladi. –e, ey yuklamalari, voy his-hayajonni ifoda etuvchi til birliklari, takrorlash, metofora kabi uslubiy vositalari orqali erkalsh ma`nosi kuchaytirishi kuzatiladi.
Erkalash ma`nosi kuchayishida eng katta ahmamiyat kasb etuvchi vosita ohang, intonatsiya va urg`udir. Suyish va sevish qanchalik kuchli bo`lsa, erkalsh ma`nosiga ega jumlalar zanjiri ham shunchalik uzun bo`ladi.
Erkalash ma`nosi paralingvistik vositalar, ya`ni tana harakatlarida, yuz mimikalarida ham namoyon bo`ladi. Masalan, erkalash qaratilgan adresatning yuzini qattiq chimchilash yoki o`pish, boshidan silash, bag`riga mahkam bosib quchoqlash kabi harakatlar shular jumlasidandir. Erkalashni ifoda etish jarayonida, asosan, inson yuzida tabassum bo`ladi.
Mazkur tillarda erkalash ma`nosini ifoda etuvchi so`zlar, so`z birikmalari va iboralar umumiy, ya`ni xalqning barcha vakillariga aynan erkalash ma`nosida ayon bo`ladi (angel, darling, dearest, sweetheart / toychog`im, novvotim, o`rgilay kabi) hamda ayrim guruhlar ( oila ichida, do`stlar nutqida va h.) tomonidan ifoda etilishi ( carrot, honey bee, patootie / puchuq, Irush, Mo`tiy, Chanti, do`dash kabi) kuzatiladi. Guruh ichida erkalash natijasida atoqli ismlar qisqartirish, laqablar kelib chiqishi hollari uchrab turadi hamda o`zbek tilidan farqli o`laroq, ingliz tilida kichik guruhlar ichida erkalash kamsitish ma`nosidagi so`z va so`z birikmalari orqali ifodalanishi bilan xarakterlanadi.
Erkalash ma`nosi ingliz tilida va o`zbek tillarida, asosan, adabiy va so`zlashuv uslubida kuzatiladi. Adabiy tilda erkalash so`zlashuv uslubiga nisbatan uslubiy vositalarga boy va bo`rtirrish kabi xususiyatga egaligi bilan xarakterlanadi.
Ingliz tilidagi snookhum, tootsie, wootsie, muggle, fancy man, crumpet kabi jargon so`zlar erkalash ma`nosini ifodalaydi (1.). O`zbek tilida esa erkalash ma`nosini ifoda etuvchi jargon so`zlar uchramaydi.
Erkalash ma`nosi shevada o`ziga xos ko`rinishga ega. Vebster lug`atidagi ma`lumotga ko`ra, Britaniya variantida bird, chap, dolly bird, duck, sweetie, poppet so`zlari erkalash ma`nosida qo`llaniladi. Toad (qurbaqa) so`zi ham shevada tad deb ifodalansa, Britaniyaning sharqidagi shevada bunny so`zi bun kabi ko`rinishga ega. AQSHning janubiy-g`arbida ispan tilidan kelib chqqan cabalerro (yor) so`zi ham shular jumlasidandir. Britaniyada bonny so`zi orqali erkalashning ifoda etilishi ushbu tildagi erkalashda hududiy shevaga xoslik mavjudligini ko`rsatdi.
O`zbek tilida ham erkalash shevada o`ziga xos xususiyatga egadir. Masalan, o`zbek tilining izohli lug`atidan olingan ma`lumotga ko`ra, erkalashni ifoda etuvchi onajon so`zi shevada ayajon, apajon (Qo`qon, marg`ilon, Samarqand, Surxondaryo, Qoraqalpog`iston), opajon (Toshkent) deb aytilishi, bolam so`zi bacham, bachcham bo`lishi, oyi so`zining moma bo`lishi, qaqildoq so`zi shevada qaqajon bo`lishi kabi ko`rsatgichlar mavjud.
Ushbu tillarda bir o`zakli so`zlar shevada turlicha talaffuz etilishi kuzatiladi (love-luv, toad-tad, lover-luvver/ aylanay-aynanayin-aylanin, o`rgilay-o`rgiliy-o`rgiloyin). Ingliz tilida o`zbek tilidan farqli shevada erkalash ma`nosi turli hududlarda har xil ma`nodagi so`zlarning ishlatilishi hollari uchrasa (ayollarga nisbatan Yorkshirda luv, Lankashirda chuck, Birmingemda bab, Taynsaydda hinny, hin), o`zbek tilida aynan bir so`zning turlicha ko`rinishida uchrashi ma`lum bo`ladi (ayollarga nisbatan ayajon, oyijon, opajon, momojon ).
Erkalash, asosan, qarindosh-urug`chilik doirasida, do`stlar munosabatida namoyon bo`ladi. Ingliz tilida my baby, my child, my sonny, my sweet sister va shu kabi so`zlar va so`z birikmalarini yosh jihatdan kichiklarga, my dear father, granny, my dear mammy, granny kabi til birliklarini yosh jihatdan katta insonlarga nisbatan erkalash ma`nosida ifoda etilishi kuzatiladi. Sweet, dear, darling, sweetheart, honey kabi leksik birliklar adresatning Yoshi inobatga olinmasdan ham ifoda etilishi mumkin.
Erkalash ma`nosi nafaqat insonlarga, balki, hayvonot va o`simliklar dunyosi, osmon jismlari, joy nomlari, tabiat hodisalari, vaqt ma`nosini anglatuvchi so`zlar hamda jonsiz predmetlarga ham qaratilishi mumkinligi aniqlandi. Masalan:

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish