Norboev Farxod Chorshanbiyevich-Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi



Download 29,43 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi29,43 Kb.
#332315
Bog'liq
Norboev Farxod Chorshanbiyevich


Norboev Farxod Chorshanbiyevich-Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi

Bosh sahifa

 

Magistrlik dissertatsiyalari



 

Pedagogika nazariyasi va tarixi



 

Norboev Farxod Chorshanbiyevich-Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi



REJA KIRISH 1-BOB. INTERNET VOSITASIDA TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY – METODOLOGIK ASOSLARI 1.1. Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish muammosi: mavjud holat, tadqiqot va yondashuvlar 1.2. Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirishda Internet, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari 1.3. Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning psixologik – pedagogik o`ziga xosliklari 1.4. Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishga ta`sir etuvchi omillar 1.5. Bob bo`yicha xulosalar. 2-BOB. INTERNET VOSITASIDA TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISHNING AMALIY – TEXNOLOGIK JIHATLARI 2.1. Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi. 2.2. Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasining didaktik ta`minoti. 2.3. Bob bo`yicha xulosalar. 3-BOB. INTERNET VOSITASIDA TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH SAMARADORLIGI 3.1. Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish bo`yicha tajriba sinov ishlarini tashkil etish. 3.2. Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish bo`yicha tajriba sinov ishlari natijalari. XULOSA VA TAVSIYALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ILOVALAR MAVZU: Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishining ASOSNOMASI KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda istiqlol yo`lidagi ilk qadamlardanoq milliy ta`lim - tarbiya tizimini takomillashtirish, unda milliy zaminini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg`unlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Prezidentimiz I. A. Karimov Oliy Majlisning XVI sessiyasida quyidagi fikrni keltirib o`tadi. “Biz o`z oldimizga qanday vazifani qo`maylik, qanday muammoni yechish zarurati tug`ilmasin gap yana kadrlarga borib taqaladi. Mubolag`asiz aytish mumkinki bizning kelajagimiz mamlakatimizning kelajagi o`rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda qanday kadirlar tarbiyalashimizga bog`liq”. Zamonaviy jamiyat oliy o`quv yurtlari oldiga nafaqat “biladigan” balki “fikrlaydigan” va amaliy faoliyat uchun zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarni “mustaqil egallay oladigan, o`zida o`z sohasi uchun zaruriy sifatlarni faol tarzda shakllantiruvchi mutaxassislarni tayyorlash vazifasini qo`ymoqda. Bugungi kunga kelib, mustaqil ishlarga umumiy o`quv yuklamasidan borgan sari ko`p o`quv soati ajratilmoqda. Bundan tashqari, ta`lim tizimida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining keng qo`llanila boshlaganligi, yoshlar va talabalar hayoti hamda faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari, Internetning shiddat bilan kirib kelishi mustaqil ishlarni tashkil etish masalasiga nisbatan yondashuvlarni tubdan o`zgartirib yubormoqda. Bugungi kunda mustaqil ish – bu shunchaki talabalarga berilgan topshiriqlarni tekshirib turish emas, balki bu o`qituvchi va talabaning interaktiv o`zaro munosabatini ta`minlovchi, muloqot va ma`lumot almashish uchun vaqt – makon chegaralarini kengaytiruvchi doimiy (onlayn) monitoring hisoblanadi. Muammoning o`rganilganlik darajasi- Xorij va Rossiya pedagogikasida mustaqil ishlar borasida ko`plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Rossiyalik olimlar L. G. Vyatkin, M. G. Garunov, N. G. Dayri, B. P. Esipov, I. I. Ilyasov, I. L. Naumchenko, N. D. Nikandrov, P. I. Pidkasistiy, V. L. SHatunovskiy va boshqalar turli xil yillarda (ayniqsa, o`tgan asrning 60 – 80 – yillarida) “mustaqil ish” mohiyatini, ushbu atamaning ham keng, ham tor ma`nolarini, uning ta`limdagi, shu jumladan, oliy ta`limdagi o`rnini belgilash, o`quvchilar mustaqil ishlarini faollashtirishga ko`maklashuvchi omillarni aniqlash borasida faol va samarali urinishlarni amalga oshirishgan. Mustaqil ishlarni tashkil etish, talabalar mustaqil ishlarini mukammallashtirish yo`llarini izlab topishga rus olimlari V. P. Bespalko, M.I. Eretskiy, G. E. Kovaleva, N. A. Moreva, V. A. Poxmelkin, N. F. Talыzina va boshqalar tadqiqotlari bag`ishlangan. Ushbu tadqiqotlarda o`qituvchining mustaqil ishlarni tashkil etishdagi roli va faoliyati mazmuni, mustaqil ishlarni faollashtirishga to`sqinlik qiluvchi sabablar, ularni bartaraf etish vositalari belgilab berilgan. Mustaqil ishlar mustaqil bilish faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida A. I. Vlaznev, V.I. Zagvyazinskiy, I. Ya. Lerner, V. Ya. Lyaudis, G. I. Saransev, A. N. Riblova, P. I. Pidkasistiy, Z. M. Xautieva tadqiqotlarida tekshirilgan va ushbu tadqiqotlarda talabalar mustaqil ishlarini faollashtirish hisobiga ta`lim sifatini oshirish imkoniyati ta`kidlanadi. Shu bilan birgalikda ta`kidlab o`tishimiz joizki, tadqiqotchilik yondashuvlarining xilma – xilligi hamda ko`p rejalarni o`z ichiga olganligiga qaramasdan, oliy ta`lim muassasalari talabalari mustaqil ishlarini tashkil etish muammosi to`liq hal etilmagan. Pedagogik adabiyotlarda mustaqil ish mohiyati bo`yicha bir xil qarashlar mavjud emas, ularda o`qituvchining mustaqil ishlarni tashkil etishdagi roli va uning bu boradagi faoliyati mazmuni turlicha belgilangan, talabalarning mustaqil ishlarni bajarish ketma – ketligi ustidan mavjud nazoratni amalga oshirish metodikalari, uni (mustaqil ishni) to`g`irlab turish, o`quv va kasbiy (kvaziprofessionalnыx) topshiriqlarini bajarishga yordamlashish usullari yaxshi ishlab chiqilmagan, mustaqil ishlar samaradorligini jiddiy tarzda oshiruvchi tashkiliy vositalarni topish masalalari bo`yicha tadqiqotlarga kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Shu bilan birgalikda oliy o`quv yurtlarida mutaxassislar kasbga tayyorlashning bugungi kungi ahvoli yuqorida qayd etib o`tgan ishlarimizda ko`rib o`tilgan oldingi sharoitlardan jiddiy tarzda farq qiladi. Bu birinchi navbatda o`quv jarayonida kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanila boshlanganligi bilan bog`liq. Rossiyalik bir qator tadqiqotchilar A. A. Andreev, V.P. Bespalko, A.V. Belyaev, Yu.S. Branovskiy, M.YU. Buxarkina, YA.A. Vagramenko, B.S. Gershunskiy, I.G. Zaxarova, V. P. Kosirev, I. I. Marxel, E. I. Mashbits, I. V. Moiseeva, A. E. Petrov, E.S. Polat, I. V. Robert, O. A. Kozlov, O. A. Mixaylenko, E. V. Shedrina O. K. Filatov, M. S. Ivanov va boshqalar tomonidan o`tkazilgan tadqiqotlarda kompyuter texnologiyalarini o`quv faoliyatida qo`llashning nazariy va metodik asoslari, imkoniyatlari va usullari o`rganilgan. Tadqiqotning maqsadi- Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. Tadqiqotning vazifalari: 1. Mustaqil ishlar va ularni tashkil etishning nazariy asoslari, mustaqil ishlarni tashkil etishda Internet va kompyuter texnologiyalarini qo`llash usullari, imkoniyatlariga doir ilmiy ishlar, adabiyotlarni o`rganish va tahlil etish. 2. Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning psixologik – pedagogik o`ziga xosliklarini ochib berish. 3. Mustaqil ishlarni tashkil etishga ta`sir etuvchi omillarni aniqlashtirish. 4. Internet va kompyuter texnologiyalarining talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini yoritib berish. 5. Internet vositasida o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasini ishlab chiqish. 6. Internet vositasida o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasining didaktik ta`minotini yaratish. Tadqiqot ob`yekti –talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish jarayoni. Tadqiqotning predmeti – Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish mazmuni, omillari, imkoniyatlari va texnologiyasi. Tadqiqot metodlari: umumnazariy (analiz, sintez, analogiya, qiyoslash, solishtirish, umumlashtirish, tasniflash, tizimlashtirish, modellashtirish va boshq.); umumpedagogik (me`yoriy hujjatlar va manbalarni o`rganish tahlil etish, suhbat, so`rovnoma, faoliyat natijalarini o`rganish, pedagogik eksperiment); diagnostik (ekspert baholash); matematik-statistik. Tadqiqotning metodologik asoslari: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining ``Ta`lim to`g`risida``gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Prezident I.A.Karimovning asarlari va ma`ruzalaridagi yoshlarda mustaqillikni, erkin fikrlar olishni shakllantirishga doir kontseptual g`oyalar, shaxs rivojlanishiga doir nazariyalar, bilish faoliyati qonuniyatlar va ilmiy tafakkur uslublari. Tadqiqotni amalga oshirish bosqichlari: tadqiqot ishi quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: Birinchi bosqich (2014-2015 yillar)da dissertatsiya mavzusi yo`nalishidagi ilmiy-metodik adabiyotlar, mamlakatimizda va xorijda olib borilgan tadqiqot ishlari o`rganiladi, tahlil qilinadi; mustaqil ishlarni tashkil etish shakllari va Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish mazmuni, omillari, imkoniyatlari o`rganiladi, tahlil qilinadi hamda Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqich (2015-2016 yillar)da Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasining didaktik ta`minoti yaratiladi; mustaqil ishlarni tashkil etishga doir tajriba-sinov ishlari dasturi ishlab chiqiladi; tadqiqot ishining natijalari tahlil qilinadi, umumlashtiriladi va dissertatsiyani rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi. Tadqiqotning farazi: Agar: 1) Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish mazmuni, omillari, imkoniyatlari mazmuni yoritib berilsa; 2) ijtimoiy, psixologik-pedagogik omillarning talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishdagi ta`siri aniqlashtirilsa; 3) ta`lim muassasasida talabalarning mustaqil ishlari metodik ta`minoti va ularning bajarilishini nazorat qilish onlayn tarzda yo`lga qo`yilsa; 4) Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi ishlab chiqilsa; 5) Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasini amaliyotga tatbiq etishning didaktik ta`minoti yaratilsa, talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish jarayoni samarali amalga oshadi. Tadqiqotdan kutilayotgan natija: 1. Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishga ta`sir etuvchi omillar aniqlashtiriladi. 2. Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning psixologik – pedagogik o`ziga xosliklarini ochib beriladi. 3. Ta`lim muassasasida talabalarning mustaqil ishlari metodik ta`minoti va ularning bajarilishini nazorat qilish onlayn tarzda yo`lga qo`yiladi. 4. Internet va kompyuter texnologiyalarining talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini yoritib beriladi. 5. Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi ishlab chiqiladi. 6. Internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasining didaktik ta`minoti yaratiladi. Ilmiy rahbar: P.f.n.d.prof. A.S.Kaldibekova Magistrant: F.Ch.Norboyev
Download 29,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish