Noqulay omillar ta’sirida o’simliklarda paydo bo’ladigan nospesifik o’zgarishlar (stresslar)



Download 146,5 Kb.
bet5/6
Sana18.03.2022
Hajmi146,5 Kb.
#500275
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’simliklarning noqulay omillar ta’siriga chidamliligi

1.Haqiqiy galofitlar.Ularga Qora sho'ra va Sho'ra o'simliklari misol bo'ladi. Ular sho'rlangan nam sharoitda o'sishga moslashgandir.Ular hujayralari yuqori osmotik bosimga ega bo'lganligi tufayli sho'rlangan erlardan ham suv tortib olish qobiliyatiga ega.
2. Tuz ajratuchi galofitlar. Ularga Mushuk quyruq, Yulg’un o'simliklari misol bo'ladi. Bu o'simliklar o'z to'qimalarida tuz yig’maydilar. Ildizlar tomonidan so'rilgan tuz barglardagi ajratuvchi bezchalar yordamida hujayralardan chiqarishadi.
Tuzlarning hujayralardan chiqarishi ulardagi ionlar nasosi tufayli bo'lib ko'p miqdorda suv tashiluvi bilan boradi.Tuzlarning bir qismi to'kiladigan barglar orqali ham ajraladi.
3.Glikogalofitlar. Bu o'simliklar kam sho'rlangan erlarda o'sadi. Ular hujayralaridagi yuqori osmotik bosim fotosintez mahsulotlari tufayli ushlab turiladi. Hujayralari tuzlarni kam yutadi. Masalan polo'n o'simligi.
Sho'rlanish tiplari o'simlik organlari tuzilishiga ham katta ta'sir qiladi. Masalan xlorli sho'rlanishda o'simliklarda sukkulentlik xossalari, ya'ni barglari go'shtdor bo'lib suv so'ruvchi to'qimalari rivojlangandir.
Sulfatli sho'rlanishda esa o'simliklardi kseromorflik xususiyatlari vujudga keladi. Nafas olish intensivligi va fotosintez xlorli sho'rlanishda sulfatli sho'rlanishga qaraganda kam bo'ladi. Shuningdek suvning ajralishi ham anchagina kam bo'ladi.
Glikofit o'simliklarda ham sho'rlanish sharoitida bir qancha moslanishlar vujudga keladi.

  1. O’simliklarning qurg’oqchilikka chidamliligini oshirish usullari.

Qishloq ho'jalik o'simliklaridan arpa, qand lavlagi, yumshoq bug’doy, g’o'za boshqa o'simliklarga nisbatan chidamliroqdir. Arpa va pomidori o'simliklarini uzoq vaqt sho'rlangan sharoitda o'stirib ularda sho'rlanishga chidamlilik vujudga kelishi natijasida hosildorligi pasaymaydi.


Ammo tuzning tuproqda ortiqcha bo'lishi glikofit o'simliklarni halokatiga olib keladi. Sho'rlanish o'simliklarda quyidagi o'zgarishlarga olib kelishi mumkin.
1.Hujayralarning bo'linishga kam ta'sir qilgan holda ularning chuzilishini qiyinlashtiradi.
2.Azot almashinuvini buzadi ya'ni azot almashinuvi oraliq moddalari bo'lgan aminlar, diaminlar va ammiak miqdorini oshishiga olib keladi. Ular o'simliklarni zaharlfshi mumkin. Ammo di va poliaminlar professor N.M.Shivyakovaning (1983) fikricha o'simliklarning stresslarga moslanishida quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin.
1.Biopolimerlarning tabiiy tuzilishini, membranalarni, fermentlarni aktiflik markazini turg’unlashtiradi.
2.Hujayra tuzilishini gidrolitik fermentlar tomonidan parchalanishini to'xtatadi.
3.Oqsil xlorofil kompleksini turg’unlashtiradi.
4.Aktomiozin singari oqsillarning polimerlanishida yordam beradi .
5.Oqsillar modifikatsiyasini tanlab aktivlashtiradi.
6.RNK- polimeraza fermentini aktivlashtiradi.
7.Embriogenez, mitoz prosesslarini aktivlashtiradi, qarish xodisasini sekinlashtiradi.
O'simliklarda sitress sharoitida paydo buladigan prolin aminokislotasi quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin.
1.Oqsillar suv muhitini va biopolimerlar tuzilishini himoyalaydi.
2.Osmoregulyatorlar mexanzmi tarkibiga kirib suv faolligini boshqaradi.
3.Prolin va oksiprolin saqlovchi glikoproteidlar tarkibiga kirib protoplazmaga elastiklik beradi.
4.Stress tugagan davrdan so'ng energiya va azot manbai bo'lib hizmat qiladi.
Sho'rlanishning hamma xillarida o'simlik tuzlarning yuqori konsentratsiyasiga duch keladi. Kationlardan ko'proq Na+, K+, Mg2+ va Ca2+ ta'siriga duch keladi. O'simlik tomonidan Na+ ionlarini ko'plab o'zlashtirishi K+ va Mg2+ ionlarining hujayradagi miqdorini kamaytiradi.
Suvda tez eruvchan bo'lgan Na+ va K+ tuzlari o’simlik rivojlanishi boshlang’ich fazalarida ayniqsa yomon ta'sir qiladi, ya'ni ular ildizga passiv yoki aktiv yutilishi natjasida sitoplazmadagi va organellalardagi ionlar nisbatini buzadi. Bu esa barcha biokimyoviy protsesslarning buzilishiga olib keladi.
Galofit o'simliklar ayrim ionlarni tanlab yutish yoki chiqarish xususiyatiga egadir.
Evolyutsiya protsessi jarayonida hujayralar organellalarida va membranalarida Na, K-ATFazalar yoki Ca, Mg-nasoslari vujudga kelganki, ular shu kationlarni so'rib kirishish, yoki haydashga moslashgan bo'lib ionlarning xujayradagi miqdorini moslashtirib turadi.
Membrana nasoslariga ATF makroergik bog’ini gidrolizlab uning energiyasidan nasosning mexanik ishida foydalana olishni ta'minlaydigan fetment ulangandir.
Ionlar nasosi ishi ATFaza aktivligi ajralib chiqqan fosforning miqdori bilan o'lchanadi.
ATFazaning ikki formasi ya'ni pH 6,25 da ishlaydigan kislotalik va pH 8.0-9,0 da ishlaydigan ishqoriy formalari mavjud. Sho'rlangan sharoitda pH 8-9 gacha ko'tariladi hamda Na, K-ATFazaning aktivligi bir necha barobar oshadi. Masalan no'xot o'simligi NaCl muhitida o'stirilganda o'simlikning 6 kunlik davrida ular ildizida Na, K –ATFaza aktivligi 32 marta oshgan , er ustki qismlarida esa 4 marta oshgan.
Sulfatli sho'rlanishda esa ushbu ko'rsatkichlar mos ravishda 13 va 5 martani tashkil qilgan. ATFaza aktivligi 18 kunlik o'simliklarda juda yuqori bo'lib, ayniqsa sitoplozmotik fraktsiyada sulfatli sho'rlanishda ko'p bo'ladi.
Xlorli sho'rlanishda esa sitoplazmada ham mitoxondriyalarda ham ATFaza faolligi yuqori bo'ladi. Shuningdek, juda ko'p ATF sulfat ionlarini qaytarish uchun sarf bo'ladi ya'ni 1M SO42- ni qaytarish uchun 2 m ATF sarf bo`ladi. Sulfatli sho'rlanishda ATF sarfi juda ko'p bo'ladi.
Sho'rlangan sharoitda ATFaza reaksiyasi tufayli ajraladigan energiya boshqa energiyaga uzaytirilmasdan majburiy ish uchun sarf bo'ladi. Ammo energiya sarflanishi natijasida vujudga keladigan ionlarning faollashuvi sho'rlanish kuchsiz ya'ni 0,1 M bo'lgandagina o'simlikni saqlab qolish mumkin .
ATF miqdorining yangidan to'lib turish esa yorug’lik phosphorlanish sinteziga bog’lig’dir. Ammo xloroplastlardagi ATFazaning aktivligining oshishi va boshqa sabablar tufayli ATF regenerasiyasi pasayib ketadi.
Sho'rlanishda O2- radikallarining ko'payishi o'simlikka salbiy ta'sir qiladi, ya'ni kislorod, piridin-, flavin-nukleotidlarni, glyotation va askorbin kislotalarini oksidlab organizmning qaytarish potentsialini kamaytiradi, hamda ularning oksidlangan formalarini ildiz ajratmalari shaklida yo'qolishiga olib keladi.
Sho'rlangan erlarga Zn2+ va Mn2+ o'g’itlarini solish bu elementlarning kislorod radikallariga nisbatan himoya fermentlarini tuzilishini saqlab qolish hisobiga o'simliklar chidamliligini oshiradi.
Tuproq eritmasi osmotik bosimi, faqatgina sho'rlanish juda yuqori bo'lgandagina o'simliklarni zararlashi mumkin. Qishloq ho'jaligida sho'rlanishga nisbatan kurash bu erlarning meliorativ holatini yaxshilashdir. Bu erlarda shurni kamaytirish drenajlar qurish va hosil yig’ib olingandan so'ng erlarni yuvish tufayli amalga oshiriladi.
Agar tuproqda juda ko'p natriy bo'lsa, u gipslanadi ya'ni tuproq yutuvchi komleksidagi natriy, kalsiy bilan almashashtiriladi.
Shuningdek, tuproqqa mikroelementlar solish ham undagi ionlar almashinuvini yaxshilaydi.
Sho'rlanishga chidamlilikni oshirish uchun o'simlik urug’larini ekishdan oldin 1 soat davomida 3% li NaCl bilan namlash so'ngra 1,5 soat yuvish tavsiya etiladi (g’o'za, bug’doy, qand lavlagi). Sulfatli sho'rlanishga nisbatan esa 1 sutka davomida 0,2 M sulfat tuzi eritmasida yuviladi. Hozir gen injinerlik rivojlanmoqda ya'ni tuzga chidamli o'simliklarning shu xususiyatni beruvchi komleks genlarini olib chidamsiz o'simliklarga o'tkazish.
XULOSA.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, O’zbekistonda tabiiy sharoitni asl holicha saqlab qolish va uni muhofaza qilish ishlari O’zbekistonning mustaqillik yillaridan boshlab jadal olib borilmoqda. Bu birinchi navbatda O’zbekistonning davlat siyosatini to’g’ri yuritilishi bilan izohlansa, ikkinchi navbatda mamlakatimizda yashovchi O’zbek xalqining ona tabiatni qadimdan ardoqlab kelishidadir.
Bu holat hatto xalqimizning urf-odat va an’analarida ham yaqqol aks etib turadi. Ayniqsa, O’zbekiston mustaqillikka erishgach tabiatni asrash va uni muhofaza qilish ishlarini davlat siyosati darajasiga ko’tardi. Bu borada keng ko’lamli islohotlar olib bormoqda. Tabiatni muhofaza qilishga doir juda ko’plab qonun va qarorlar, huquqiy me’yoriy xujjatlar qabul qilingan.
Mamlakatimizda qo’riqxonalarning tashkil etilishi va ularga asoslangan holda alohida muhofaza qilinadigan hududlarning tashkil etilib, kengatirilishi Respublikamiz hududi tabiatini muhofaza qilishda beqiyos o’ringa ega. Qo’riqxonalardan tashqari milliy bog’lar, buyurtmaxonalar va shu kabi hududlar asosan qo’riqxonalarga asoslangan holda olib borilmoqda. Shu sababli mamlakatimizda qo’riqxonalarni rivojlantirish va kengaytirish tabiatni muhofaza qilishdagi bajarilishi shart bo’lgan asosiy faoliyatdir.


Download 146,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish