Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi



Download 4,95 Mb.
bet68/110
Sana02.03.2022
Hajmi4,95 Mb.
#477597
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   110
Bog'liq
Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi

Kerakli jihozlar: 400-500 sm3 hajmga ega bo‘lgan reaksion idish, shishadan tayyorlangan stakan,termostat, chashka, 50 g fosfat, o‘lchov silindri, sekundomer, Byuxner voronkasi
Kerakli reaktivlar: 50 g fosfat , fosfat kislota, nitrat kislota, distillangan suv

Ishni bajarish tartibi
Fosfatni nitrat kislota bilan parchalash 400-500 sm3 hajmga ega bo‘lgan reaksion idishda, qiyin suyuqlanadigan shishadan tayyorlangan stakanda yoki uch bo‘g‘inli shisha idishda olib boriladi. Reaksion idish aralashtirgich, teskari sovutgich va namuna oluvchi moslama bilan jihozlangan. Reaksion idishda doimiy harorat bo‘lishi uchun, u ma’lum haroratga keltiriluvchi termostatga o‘rnatilagn. Tajribani bajarish uchun chashkaga tarkibi ma’lum bo‘lgan 50 g fosfat va o‘lchov silindrida o‘lchangan etarli miqdordagi nitrat kislota olinadi. Kislotaning miqdor apatit uchun SaO miqdorga, fosforit uchun SaO dan tashqari MgO va elementlarning uch valentli oksidlarining miqdorga qarab hisoblanadi. O‘lchangan kislota reaksion idishga solinadi va 15-20 daqiqa davomida termostatda tegishli haroratga kelguncha ushlab turiladi. Bu vaqtda keyingi tajriba uchun apatit, kislota va reaksion idish tayyorlanadi yoki oldingi tajribadagi pulpani qayta ishlanadi. Reaksion idishdagi kislotaning harorati belgilangan haroratga etgandan so‘ng, idishga apatit solinadi va bir vaqtning o‘zida aylantirgich va soniya o‘lchovchi sekundomer ishga tushiriladi, hamda ko‘rsatilgan sharoitda apatitning parchalanishi olib boriladi. Tajribalar har xil konsentratsiyali kislotalar bilan, kislotaning har xil me’yorlarida, har xil haroratlarda, hamda jarayonning har xil davomiyligida olib boriladi va har bir tajribalarda tajriba sharoitlari o‘zlashtirilmasdan doimiy saqlanadi.
Masalan, apatitni parchalanish darajasiga kislotaning konsentratsiyasi ta’sirini o‘rganishda kamida 3-5 ta tajriba o‘tkaziladi va harorat 500S, reaksiyaning davomiyligi 15-20 daqiqa mobaynida 25,30,40,50 va 55% li kislotalar ishlatiladi. Parchalanish darajasiga vaqtning ta’sirini o‘rganishda esa 500S da 45-50% li nitrat kislota (kislotaning me’yori 105%) bilan 10, 30, 60, 90 va 120 daqiqalarda olib boriladi. Reaksiya tugagach, reaksion idish termostatdan olinadi va tezda 2-3 marta distillangan suv bilan suyultiriladi va katta diametrli (15-20 sm li) Byuxner voronkasiga quyiladi va vakuum ostida qisqa vaqt ichida filtrlanadi. Bunda suyuq faza qattiq fazadan tezda ajraladi va kislotaning fosfat bilan ta’siri to‘xtatiladi. Suyultirish vaqtida pulpaning harorati pasayadi va kislotaning konsentratsiyasi ham kamayadi, bu holat esa reaksiyaning sekinlashishiga olib keladi. Filtrlash davomida (15-20 soniya) reaksiyani ketishini hisobga olmasa ham bo‘ladi. Filtratsiya tugagach, cho‘kma metilsariq bo‘yicha neytral muhitgacha issiq distillangan suv bilan yuviladi. Bundan keyin suyultirilgan filtrat 500 yoki 1000 sm3 hajmli o‘lchov kolbasiga o‘tkaziladi, so‘ngra esa kolbani o‘lchov belgisigacha suv bilan to‘ldiriladi va ma’lum usullarda aniqlash uchun 25-30 sm3 dan 2-3 ta namuna olinadi.


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish