AMALIY MASHG’ULOT №4
MAVZU: QURITISH SIKLINING MODDIY VA ISSIQLIK BALANSI HISOBLARI
Yuz foizli sulfat angidrid xona haroratidayoq (16,8°C) kristallanadi, shuning uchun uning olinishi va tashilishi ko'pgina qiyinchiliklar bilan bog'liqdir va ko'pgina hollarda uning o'rniga 65% SO3 (erkin) bo'lgan yuqori konsentratsiyali oleum qo'llaniladi. Bunday oleumning kristallanish harorati birmuncha past 1110C. Yuqori konsentratsiyali oleum texnik oleumni yuqoridagi ko'rsatilgan usullardan biri bo'yicha olingan gaz holatdagi 100% li S 0 3 bilan to'yintirish orqali tayyorlanadi. Odatdagi sharoida texnik sulfat angidrid qotish jarayonida o‘z- o‘zidan polimerlanadi. Shundan so'ng uni atmosfera bosimida qizdirish orqali suyuq holatga o‘tkazib bo‘lmaydi, vaholanki u to‘g‘ridan to‘g‘ri bug'lanadi. Shuning uchun sulfat angidrid polimerlanishining oldini olish maqsadida suyuq sulfat angidridga stabilizatorlar (B2O3, Na2SO4, KCrO3 va b.) qo'shiladi. Ammo stabilizatorlar polimerlanishni sekinlashtiradi xolos va, ayniqsa, manfiy haroratda SO3 kristallanishining oldini olishga qodir emas. Stabilizator sifatida borat angidrid B2O3 keng ko‘lamda ishlatiladi. Tarkibida 99,6% SO3 (qolgani namlik) bo‘lgan suyuq sulfat angidridga berk idishda S 0 3 hisobidan quruq 0,7-1,0% borat angidrid qo'shiladi (B2O3 ning namligi 0,3% dan ko‘p boimasligi kerak). Qo'shimcha qo'shilgandan so‘ng aralashma 60-70°C gacha qizdiriladi va shu haroratda 3 soat ushlab turiladi. Borat angidrid stabilizatori bo'lgan suyuq sulfat angidrid uglerodli poMatdan tayyorlangan idishda saqlanadi va hattoki qishda 30°C da ham bir necha oygacha polimerlanmaydi. Chiqindi gazlarini zararsiziantirish. Kontaktlanish darajasi 0,97 va absorbsiya toialigi 99,9% bo'Iganda, sulfat kislotali tizimlar chiqindi gazlarining tarkibida 0,2% atrofida SO2 (5 g/m3) va 0,007% atrofida SO3 (0,3 g/m3), shuningdek, ma’lum miqdordagi absorberdan chiqib ketadigan sulfat kislota tomchilari bo‘ladi. Yuqoridagi tarkibga ega bo‘lgan gazlardan sulfat kislota tomchilari tutib qolingandan so‘ng, gazlami atmosferaga chiqaruvchi mo'rili quvurning balandligi quyidagi empirik formula bilan ifodalanadi:
bu yerda: H - quvur balandligi, m; q- chiqindi gazdagi SO2 miqdori, g/sek; v - SO2 konsentratsiyasi aniqlanadigan balandlikdagi shamol tezligi, m/sek; cmax - yer sirti atmosfera havosidagi SO2 ning cheklangan konsentratsiyasi, mg/m3.
Agar bu formula bo‘yicha hisoblangan quvurning balandligi juda ham uzun bo isa, u holda chiqindi gazlari qayta tozalanadi va shundan so‘ng quvur orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Absorberlardan keyin gazdan kislota tomchilarini ajratib olish uchun turli tomchi ushlagich qurilmalar o‘matiladi. To‘ldirgichli, ammo kislota suyuqligi taqsimlanmaydigan monogidratli absorber o‘lchamidagi minora shaklidagi tomchi ushlagichlar keng tarqalgandir. Kislota tomchilari to‘ldirgichlarda ushlanib qoladi va minoraning pastki qismiga oqib tushadi, kislota u yerdan monogidratli absorberdagi yig‘gichga chiqarib olinadi. Ayrim korxonalarda monogidratli absorberlaming yuqori qismidagi suyuqlik taqsimlanmaydigan to‘ldirgichli qatlami tomchi ushlagich vazifasini bajaradi. Chiqindi gazlarini SO2 dan tozalash to‘ldirgichli minoralarda amalga oshiriladi, u yerda sulfit angidrid soda eritmasiga yuttiriladi. Bunda hosil bo‘ladigan natriy bisulfit ishlab chiqarish korxonasining mahsuloti hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |