Nazorat savollari:
Oltingugurtli rudalarning , vodorod sufidning, oltingugurtning yonish reaksiyalari?
SO2 ni SO3 ga oksidlashning sanoat usullari?
SO2 ni SO3 ga laboratoriya qurilmasida oksidlash?
SO2 ning yod bilan reaksiyasi?
Oltingugurt rudalarining yonish tezligi qanday aniqlanadi?
AMALIY MASHG’ULOT №9
MAVZU: KONTAKT APPARATI TEXNOLOGIK HISOBLARI
Namunaviy masala №1
Masalaning sharti: Diametri D=13m, balandligi N=5m bo‘lgan silindrik shaklidagi kislota saqlagichda konsentratsiyasi S=97% sulfat kislota saqlanmoqda. Kislota saqlagichda to‘ldirish koeffitsenti h=0,65 bo‘lsa, bu saqlagich ichidagi sulfat kislotaning hajmi va og‘irlik miqdori hisoblansin.
Berilgan:
D=13m
H=5m
h=0,65
C=97% H2SO4
97% H2SO4 zichligi =1,8364 t/m3 (ma’lumotnomadan olinadi)
V (H2SO4) -?
m (H2SO4) -?
Do'stlaringiz bilan baham: |