Texnik xarakteristikasi. Hozirgi kunda valslarning ishchi qismi uzunligi turlicha 630, 800. 1000, 1500, 2130 mm bo’lgan va vallarning diametri 160, ishchi qismi uzunligi 320 mm bo’lgan laboratoriya mashinalar mavjud.
Valslarning uzatmasi, chap yoki o’ng tarafda joylashgan bo’lishi mumkin. Kreker va refaynir valslar juft uzatmali bo’lib, vallar alohida uzatma bilan va ular bitta assinxron elektr yurgazgich bilan jihozlangan. Individual uzatmali valslarda - sinxron elektr yurgazgich (1-rasm) reduktor va shesternalarni yurgazib, valsni harakatga keltiradi. Guruhli uzatmali valslar - shesternalarga bog’langan transmission val yordamida sinxron elektr yurgazgich yordamida harakatlantiriladi.
Yuqorida 800 mm li individual uzatmali valsning texnik xarakteristikasi ko’rsatilgan. Bu valsning elektr yurgazgich quvvati 75 kvt (985 ob/min, 220/380 v) juft uzatmali valslarda 125 kvt (985 ob/min, 220/380), va guruhli uzatmali valslarda 276 kvt (94 ob/min, 6000 v) bo’ladi.
Vals uzatmasi. 9-rasmda valslarning uzatmasini kinematik sxemasi keltirilgan. Rezina aralashma tayyorlashda, valslarning uzatmalari quyidagi kinematik sxemada amalga oshiriladi:
1. individual uzatmali.
2. guruhli uzatmali.
3. bitta elektr yurgazgichli reduktor yordamida ikkita valsni harakatga keltiruvchi uzatma.
Individual (10-rasm) va ikkita valsni harakatga keltiruvchi uzatmali valslarda ( 11-rasm ) ikki turdagi kinematik sxema:
1) reduktor bloki orqali vallarni uzatmasi sinxron elektr yurgazgich bilan;
2) silindrik reduktor yordamida, orqa val uzatmasi orqali assinxron elektr yurgazgich bilan.
10 – rasm. 800 mm li vals uzatmasining kinematik sxemasi.
1 – old val; 2 – orqa val; 3 – friksion shesternalar; 4 – kesuvchi pichoq; 5 – o’rovchi baraban; 6 – uzatma shesternalari; 7 – reduktor; 8 – tormozlash qurilmasi; 9 – elektr yurgazgich; 10 – oraliq tirqishni boshqarish mexanizmi; 11 – podshibniklar.
1.11 – rasm. Bitta elektr yurgazgich va reduktor yordamida ikkita valsni yurgazish uzatmasi.
12-rasmda, guruhli uzatmali valslarning kinematik sxemasi ko’rsatilgan. Vals ostiga joylashtirilgan transmission valni elektr yurgazgich harakatga keltirganda, valga o’rnatilgan kichik uzatma shesternasi orqa valning bo’yinchasiga o’rnatilgan katta uzatma shesternasiga bog’langan.
Valslardan birini to’xtatib qo’yish kerak bo’lganda, unga o’rnatilgan kichik shesterna uzatmasi 6, katta shesternasidan 7 ajratib qo’yiladi. Old val 9 orqa val 8 bilan bog’langan uzatma, friktsion shesternalar orqali harakatlanadi. Barcha valslarning shesternalari, uzatmalari yuqora sifatli, uglerodli po’latdan tayyorlangan.
Valslarning uzatma qismining tuzilmasi - shesterna, val, mufta, reduktor, elektr yurgazgichlardan iborat. Shunday tarkibdagi uzatma yordamida vals vallari harakatga keltiriladi. Elektr yurgazgichni quvvati - materiallarni qayta ishlash jarayonidagi boshlang’ich daqiqada elektr yurgazgichning sarflagan quvvat miqdori bilan aniqlanadi va so’ngra boshlang’ich daqiqada sarflangan quvvat miqdori, o’rtacha kattalikgacha davriy ravishda kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |