Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” fakul­teti t. R. Abdurashidov nomidagi “yuqorimolekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi” kafedrasi



Download 3,99 Mb.
bet12/36
Sana26.05.2023
Hajmi3,99 Mb.
#944329
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
Abdumalikova Muxlisa BMI

REZINA QORISHMALARINI TAYYORLASH
TEXNOLOGIYALARI
Rezina aralashmasini olish uchun kauchuk va ingrediyentlar yagona massaga kelgungacha aralashtiriladi. Qorishma aralashtirilganidan sо’ng quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-qorishma tarkibiga kiruvchi barcha ingrediyentlarni bir tekisda taqsimlanishi;
-qorishma texnologik maashinalarda yaxshi qayta ishlanishi;
-vulkanlangandan sо’ng talab asosidagi fizik-mexanik xossalarni ta‘minlanishi.
Aralashtirish jarayoni bir necha boskichdan iborat bо’lishi mumkin:
-qattiq komponetlarni maydalash;
-komponentlarni kauchuk tarkibiga kiritish;
-aglomeratlarni maydalash;
-kauchuk va ingrediyentlari aralashtirish.
Ingrediyentlarni aralashtirish mexanizmiga kо’p komponentli sistemaning deformasiyalanishi deb qarash mumkin. Bu deformasiya natijasida aralashayotgan kompozisiyaning qalinligi tobora kamayib borishi о’zaro yuza ta‘sirining oshib borishiga olib keladi. Natijada, shunday xolatga erishish mumkinki, qatlam qalinligi maydalanayotgan faza zarracha о’lchamiga yaqinlashadi. Rezina aralashmasining sifati ingrediyentlarni yagona hajmda bir tekisda taqsimlanishi bilan belgilanadi. Rezina aralashmasi 2 xil usulli tizimda (ochiq va yopiq) tayyorlanadi. 1- ochiq tizimli usulda rezina qorishmasi "Vals" uskunasida tayyorlanadi. 2-chi yopiqtizimli usulda qorishma "Avtomatlashtirilgan yopis rezina qorishmasini aralashtirish " uskunasida tayyorlanadi. Rezina qorishmalarini valsda tayyorlash. Zamonaviy texnologiyada rezina qorishmasini tayyorlash uchun valsdan chegaralangan tarzda foydalanish mumkin. Vals uskunasi. ishlab chiqarish hajmi kichik bо’lib, buyumlar assortimenti katta bо’lgan korxonalarda, ba‘zi maxsus kauchuklar asosida (ftor kauchuk, akrilat kauchuk va b.) rezina qorishmalarni tayyorlash uchun ham qо’llaniladi.
Valsda uskunasida rezina qorishmasini tayyorlab olish uchun kauchuk va ingrediyentlar vallarga yuklanadi, vallar о’zaro qarama-qarshi kesishuvchi oraliq tomonga aylanadi. Vallar sirtiga tegib turgan kauchuk qatlami adgeziya va ishqalanish kuchlari hisobiga о’zaro vallar oralig’iga vallarning aylanma tezligigamuvofiq tezlikda tortiladi. Oldingi qatlamga tegib turgan kauchuk yoki rezina qorishmasining har bir keyingi qatlami kogezion kuchlar hisobiga vallarning oraliq tirqishiga tushadi, ammo ushbu qatlam asta-sekin kamayib boruvchi tezlik bilan vallar yuzasidan chetlashgani sari ikkita valning har birining yuzasidagi oraliq ustidagi maydonda doimo kauchuk yoki rezina qorishmasining "aylanuvchi zaxirasi" yuza keladi, undagi qatlamlar harakatining ularning mos bо’lgan val yuzasidan chetlashgani sari asta-sekin kamayib boradi. Minimal oraliqdan (X0X0 kesishma) ma‘lum masofada (X1D2 kesishma) qorishma qatlamlari о’zaro uchrashadi, va qorishmaning oraliqdan о’tmaydigan qismi vallararo ponadan orqaga itarila boshlab, qarshi oqim, "aylanayotgan zaxira"ni hosil qiladi, vallar yuzasiga tegib turgan material qatlamlari esa oraliq tirqishga tortiladi. Bu faqatgina qorishmani oraliq tirqishga yо’naltiradigan ishqalanish kuchlari kogezion mustahkamlik va qorishmaning ichki ishqalanish kuchidan ortiq bо’lganida kuzatiladi. "Aylanayotgan zahira" qismida rezina qorishmasida yuzaga keladigan eng katta surilish deformasiyalari kuzatiladi, demak, surilishning eng katta kuchlanishlari ham kuzatilib, bu eng jadal aralashishga sabab bо’ladi. Surilishning kuchlanishi, asosan, aralashish haroratida va deformasiya tezligidagi rezina qorishmasining qovushqoqligiga bog’liq bо’ladi.
Rezina qorishmasini tayyorlanish vaqti va miqdori qorishma tarkibi va ingrediyentlarning fizik xossalariga bog’liq bо’ladi. Valoklarni xarorati esa qorishmani xossasiga qarab va ni tarkibidagi ingrediyentlar aolligiga qarab belgilanadi. Kо’p hollarda valslarning orqa valoki xarorati 70-750Sni tashkil qiladi, oldingi valoki xarorati esa 45-550S ni tashkil etadi. Rezina qorishmaisni valslarda sifatli tayyorlash uchun uning oldingi valoki yuzasiga suyuq va mayda ingrediyentlar tekis solinishi kerak. Hamma ingrediyentlar qо’shilgandan keyin rezina qorishmais valok yuzasi bо’yicha pichoq yordamida chap va о’ng tomonga kesib qayta valoklar orasiga kiritiladi.
Valslarda rezina qorishmalarini tayyorlashda kiritilayotgan ingrediyentlarni ketma-ketligiga katta e‘tibor berilishi va reglament asosida ish olib borilishi shart. Birinchi valsga berilgan tarkib asosida kauchuk kiritiladi, u valokga tekis yopishgungacha aylantiriladi.
Rezina qorishmalariga qurum, yumshatgich va plastifikatorlarni ketma-ketligda kiritish katta axamiyatga ega. Tо’ldirgichlarni yaxshi aralashtirish uchun bir-nechtaga bо’lib kiritiladi. Plastifikatorlar tо’ldirgichdan keyin kiritish maqsadga muvofiq.
Vulkanlash agentini rezina qorishmasini tayyorlash jarayonida vulkanlanishboshlanmaslik uchun jarayoni eng oxirida qо’shiladi. Agarda vulkanlash agenti qiyin aralashidigan bо’lsa u holatda uni boshida qо’shilib tezlatgichni oxirida qо’shiladi. Ingrediyentlarni kiritib bо’lgandan keyin rezina qorishmasini valsda chap va tomonga kesib yaxshilab aralashtirib olinadi. Tayyor rezina qorishmasini +50S atrofidagi suvda sovutiladi va tindirishga jо’natiladi.
Rezina qorishmalarini tayyorlash vaqtini nazorat qilish. Rezina qorishmalarini tayyorlash avtomatik boshqaruv sistemasi bilan ta‘minlangan. Jarayon boshkarish reglament asosida tuzuladi va EVM ga kiritiladi. Shu asosda barcha kauchuk va ingrediyentlar vaqt birligi asosida kamera ichiga ketma-ketlikda kiritiladi. Ba‘zi mashinalarda umumiy rezina qorishmalarini tayyorlash davomiyligi vaqt birligida, ba‘zilarida esa harorat birligida boshqariladi.
Bir bosqichli usul bilan qovushqoqligi kam bo‘lgan kau- chuklar asosidagi kam faol to‘ldirgichlar bilan to‘ldirilgan re- zina qorishmalari tayyorlanadi, bunda mashinaning kamerasi hajmi 250 1itr va rotorlarning aylanish chastotasi 30 ayl./daq. dan oshmasligi kerak. Bu usul bilan mashinada rezina qorish- masini tayyorlash uchun kauchuk plastifikatsiya qilingandan so‘ng ingrediyentlar ketma-ketlikda kiritiladi va eng oxirida listlash valesida oltingugurt qo‘shiladi yoki rezina qorishmasini tayyorlash vaqti tugashiga 30 soniya qolganda qo‘shiladi. Kam miqdordagi va qiyin aralashadigan ingrediyentlar (ikki va undan ortig‘i) bir-biri bilan aralashtirilib keyin qo‘shiladi.
Bir bosqichli rezina qorishmalarni tayyorlash usulida in- grediyentlar ketma-ket qorishma tarkibiga kiritilishini, harorat birxilligini ta’minlash va kamera yuqori qismi siqilishini nazorat qilish kerak. Rezina qorishmalarini tayyor- lash va ingrediyentlarni kiritish tartibi laboratoriyada amaliy tekshiruv natijasida aniqlanadi va texnologik xaritasi tuziladi. Наr bir rezina qorishmasi tarkibi uchun alohida texnologik xarita tuziladi, ammo hamma tarkiblar uchun bitta qoida umu- miy saqlanishi kerak, ya’ni qorishmaga regenerat va eskirishga qarshi qo‘shiladigan ingrediyentlar qo‘shilsa u holda ularni birinchi navbatda kauchuk bilan aralashtirish va undan keyin dispergatorlar va boshqa ingrediyentlar qo‘shish kerak. Undan keyin qorishma tarkibiga faol to‘ldirgichlar qo‘shiladi. Qorishma tarkibi bir xii bo‘lishi uchun qovushqoqlik yuqori bo‘lishi kerak, shuning uchun ham yumshatkich va plastifikatorlar oxirgi bosqichda qorishma tarkibiga to‘ldirgichlar bilan birga qo‘shiladi.



Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish