Yanchuvchi valslar (kreker vals), regeneratlar ishlab chiqarilishida, eskirgan rezinalar, rezina va rezinali mato chiqindilarini bo’laklab yanchish uchun ishlatiladi. Ularning ikkala vallari o’yiqli-riflangan, friktsiyasi katta, 2,42 – 2,55 (3 – rasm).
Kukunlovchi valslar eskirgan rezina, rezina chiqindilari, rezina qoplamali matolar va ebonitlarni maydalash, turli xil kattalikda, zarra holatdagi rezina kukunlarini ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Shu sababli ularning vallari yuzasi silliq yoki o’yiqli (riflangan) bo’ladi. Friktsiyasi 2,55 – 4,0 ni tashkil etadi.
Tozalovchi-rafinadlovchi valslar (4-rasm), regenerat va kauchuklarni tarkibidagi qattiq va yod jismlardan tozalash uchun foydalaniladi. Valsning ishlash jarayonida qattiq jism bo’laklari, valning markazidan uning chekkasiga surilib, hosil bo’lgan varoq qanotlariga yig’iladi u yerdan esa yig’ilgan yod jismlar olib tashlanadi.
Rafinadlovchi valslar ikki turga bo’linib, materialni dastlab breker valsda, so’ngra yakuniy refayner valsda qayta ishlov beriladi. Bu valslarda tozalangan mahsulot, valsga o’rnatilgan mahsus pichoqlar yordamida kesilib olinadi/
Ishlab chiqarishda rafinadlovchi valslarning uch valliklari ham ishlatiladi. Rafinadli valslar 2.5 friktsiyaga ega (6-rasm).
Laboratoriya valsi, laboratoriya ishlarini bajarish uchun qo’llaniladi. Ular ishlab chiqarish valslaridan o’lchami va ba’zi konstruktsiyasi bilan farq qiladi.
Silindrik shaklga ega vallar, maxsus cho’yandan tayyorlangan. Silindrik valning bo’yinchalariga podshibniklar o’rnatilgan va ular staninalar darchalariga mustahkamlangan. Valning ishchi yuzasini turli ta’sirlardan himoyalash maqsadida chidamliligi oshirilgan.
T exnologik jarayonda asosiy jihozni tanlash, jihozning issiqlik balansini, biron-bir qismini mexanik hisobi
Induvidiual uzatmali 800 mm valslarning texnik ko’rsatgichlar jadvali.
Kattaliklar
|
Valslar turlari
|
Varoqlovchi
|
Qizdiruvchi
|
Maydalovchi
|
Rafinadlovchi
|
Valsning o’lchamlari,mm
old vals diametri
orqa vals diametri
ishchi qismi uzunligi
|
550
550
800
|
550
550
800
|
490
610
800
|
490
610
800
|
Vallar yuzasi
|
Silliq
|
Silliq
|
O’yiqli
|
Silliq
|
Ishchi tezlik m.min
old val
orqa val
|
31,3
33,8
|
27
34,4
|
14,8
37,8
|
25,2
64,6
|
Friksiya
Valslarning o’lchamlari,mm
uzunligi,
eni,
balandligi,
og’irligi,kg
|
1,08
3 935
2 850
2 085
18 300
|
1,27
3 935
2 850
2 085
17 885
|
2,55
3 935
2 850
2 085
18 542
|
2,55
3 935
2 850
2 085
18180
|
7- rasm. Vals oraliq tirqishini boshqaruv mexanizmi.
1 – ezuvchi vint;
2 – reduktor;
3 – elastik mufta;
4 – elektr yurgazgich;
5 – oraliq kattaligini ko’rsatgichi;
6–podshibnik korpusi;
7 – muhofazalovchi qurilma korpusi;
8– matritsa;
9 – muhofazalovchi shayba;
10 – puanson;
11 – qopqoq;
12 – ezuvchi vint gaykasi;
13 – vals staninasi;
14 – qo’l yordamida boshqarish qurilmasi
Chegaralovchi qurilma orasidagi tirqishni berkitish uchun planka 4 harakatlanuvchan old 1 chegaralovchi qurilmaga boltlar yordamida qotirilgan.
Individiual elektr yurgazgichli valslar maxsus shkaf yordamida, guruhli valslar boshqaruv shit orqali avtomatik qurilmalar yordamida boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |