HTML da GET va POST Sayt yaratish jarayonida(albatta tayyor shablondan foydalanishda emas) barcha dasturchilar formalar bilan to’qnashadi. Registrastiya, avtorizastiya, kommentariyalar qoldirish va boshqa hollarda. Formalar yaratishda html gippertekst tilining tegidan foydalaniladi. Bu maqolada
Bu misolda textbox ichiga yozilgan parol, POST metodi orqali index.php sahifasida qayta ishlash uchun jo’natilmoqda. Bu qiymatni index.php sahifasida $_POST[‘pas’] deb chaqirish mumkin.
METHOD atiributi 2 xil qiymat qabul qilishi mumkin: POST va GET. Web dasturlash tili bilan endi tanishayotgan foydalanuvchilar uchun qaysi birini tanlashning ahamiyati yo’q chunki natijada bir xilda olinaveradi (Chayniklar uchun bu maqolaning keragi ham yo’q, shuning uchun vaqtingizni bu maqolada o’tkazmang).
Agar dasturchi formadan olingan qiymatlarni ochiq holatda jo’natish istagida bo’lsa, bunday holatda METHOD ning GET qiymatidan foydalanadi. Shunda formadan olingan barcha qiymatlar adres (URL) qatorida aks ettiriladi(Barcha sayt foydalanuvchilari bu qiymatlarni ko’rish mumkin bo’ladiyu qanday yaxshi a?). Shuning uchun GET qiymatidan faqat barcha uchun bilishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar jo’natiladi(Boshlang’ich bilimga ega bo’lgan web dasturchilar sayt adresini uzaytirish uchun ishlatishadi). Undan tashqari katta xajmdagi qiymatlarni (ma’lumotlarni) GET orqali jo’natib bo’lmaydi (Ishonmasangiz jo’natib ko’ring nima bo’larkin).
OK tugmasi bosilgandan so’ng URL adresda bir necha o’zgaruvchilarga qiymat berilganligini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu URL adresdan qiymatlarni $_POST['log'] o’zgaruvchiga olib foydalanish mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki ma’lumotlarni yashirin tarzda jo’natish uchun METHOD atributining POST qiymatidan foydalanish zarur. Bunda istalgan hajmdagi ma’lumotlarni yashirin tarzda qayta ishlash sstenariy siga jo’natish mumkin bo’ladi (parollar, key kodlarni,... jo’natish uchun ishlatiladi). Adres qatori (URL) faqatgina sahifa adresini ko’rsatib turadi, ortiqcha hech qanday ma’lumot bo’lmaydi (Hudda hech nimadan xabari yo’qday).
POST orqali jo’natilgan qiymatlarni $_POST[‘pas’] o’zgaruvchiga olib foydalanish mumkin.
№1 HTML DARS - HTML STRUKTURASI VA DASTLABKI TEGLAR
Istalgan brauzerda biror sayt ochib, uning istalgan joyida sichqonchani o‘ng tugmasini bosib, "исходный код страницы" buyrug‘ini tanlasangiz, saytning HTML kodini ko‘rishingiz mumkin. Internetdagi barcha saytlar qaysi tilda tuzilganiga qaramasdan o‘z HTML kodiga ega.
Bu kodlar sizni vahimaga solishi mumkin, lekin ular juda sodda va tushunarlidir. Bu kodlar html teglaridan tashkil topgan, ularning soni cheklangandir. Shu darsdan boshlab, html teglari haqida gaplashamiz.
Teglarni o‘rganishda quyidagilar kerak bo‘ladi:
1. Matn muhaririri(Notepad++ yoki Sublime Text). 2. Yozilgan kodlarni tekshirish uchun brauzer(Chrome, Opera, Firefox).
Dastlabki sodda html hujjatni yaratamiz.
Buning uchun matn muharriri(Блокнот)ni ochamiz va uni "index.html" yoki "index.htm" ko‘rinishida saqlaymiz. Saqlashda "тип файлы" degan joyiga "все файлы"ni ko‘rsatamiz. Bu bilan siz dastlabki html hujjatni yaratdingiz, lekin uni ichi bo‘sh. Keling ichiga quyidagi kodlarni kiritamiz.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
HTML hujjat
Dastlabki sahifa
Bu yozuvlar ko'rinmaydi
-->
Bu teg ham kommentariya ... ... ... ... ... ... ... Assalom!