Ota-ona va farzandlariga bo`lgan munosabatlarini o`rganish haqida
Ota-onalar uchun itimoiy-pedogogik karta so`rovnoma tuzish
Farzand tarbiyalash juda muhim, murakkab narsa, bolalar bir xil emas, har bir bolaning o`z xarakteri, feli, injiqliklari bor. Bolalar xarakteri har xil bo`lganligi sababli ularni tarbiyalash usullari ham boshqacha bo`ladi. Hamma ota-onalar o`z farzandlarini sevadi va ular haqda qayg`urishadi. Lekin bola o`stirish bilan bog`liq har xil muammolar bor. Tarbiyalsh kerak, tarbiyalamasak bolalar odobsiz va oshiqcha to`polonchi bo`lib qoladi.
Xoldorovlar oilasi: Ota katta savdogar, ona hisobchi bo`lib bir tashkilotda ishlaydi. Oilada 3 ta farzand. Ota-ona ko`pincha ish bilan band, farzandlar ko`proq do`stlari orasida vaqt o`tkazadilar, televizor tomosh qiladi. Ona ishdan kelib ular uchun ovqat tayyorlaydi, farzandlar uchun kiyim-kechak, oziq-ovqat yetarli, yaxshi o`quv muassasalarifa o`qiydi. Ota-ona fikricha ular farzandlarini hamma ehtiyojlarini qondirishmoqda. Siz bu haqda nima deb o`ylysiz va bu oila ota-onalari uchun qanday savolnoma tuzish mumkin
Ibragimovlar oilasi: Oilada 4 farzand bor. Ota-ona farzandlarini eru-ko`kka ishonmaydi. Doim ular haqida qayg`uradi, farzandlarining har talabi qachon va qayerda bo`lishidan qatiy nazar bajarishadi. Lekin ba’zida farzandlar ota-ona gapini yoki buyirgan ishini qilmaydi. Shunda ular nima uchun bunday bo`layotganini tushunmaydi.
Sizningcha ular nima qilishi kerak va bu oila ota-onalari uchun qanday savolnoma tuzish mumkin
Raxmonovlar oilasi: Oilada ikki farzand. Ota-ona farzandlarini chin dildan sevadi, lekin o`z sevgisini ko`rsatish farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladi deb o`ylaydi va ularga nisbatan juda qattiqqo`l va talabchandir. Ikkala farzand ham faqat ota-onani talabini bajaradi va ularga yoqqan ishni qiladi. Sizningcha bu oila bilan qanday so`rovnoma o`tkazish mumkin, ular kelajakda qandy yo`l tutishi kerak
“FSMU” METODINING O‘TKAZISH BOSQICHLARI.
Metodning maqsadi: Mazkur metod o‘quvchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
Talabalarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi;
Har bir talabaga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi:
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating.
M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring.
Har bir talaba yakka tartibda tarqatilgan qog‘ozlargadagi FSMU ning to‘rt
bosqichini taklif etilgan xulosa yoki g‘oyaga nisbatan o‘z mustaqil mulohazalarini
bo‘yicha yozma bayon etgan holda to‘ldiradi;
Navbatdagi bosqichlarda talabalar kichik guruhlarga bo‘linadilar va har bir tinglovchi
o‘zi yozgan FSMU bilan guruh a’zolarini tanishtiradi;
Guruh a’zolari barcha fikrlarni o‘rganib, ularni umumlashtiradilar va o‘z
taqdimotlarini o‘tkazadilar;
O‘qituvchi tomonidan barcha taqdimotlar umumlashtiriladi, kerakli xulosalar shakllantiriladi va trening yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |