Dars turi: Yangi bilim berish
Dars metodi: Aralash
Dars jihozi: Kompyuter, ekran, doska, bo’r, kitob, daftar
Yangi mavzu bayoni
Paskal tilida, asosan, uch xil: o'zgarmas, o'zgaruvchi va jadval ko'rinishidagi miqdorlar ishlatiladi. Ular belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
O'zgarmas miqdorlar
Belgili o'zgarmaslar apostrof ichiga olingan bitta belgi - harf, raqam yoki maxsus belgidan iborat. Masalan: 'a'; 'B'; '9'; '-', ' ' va hokazo.
Satrli o'zgarmaslar(belgilardan iborat satr) soni 0 tadan 122 ta belgigacha bo'lgan va apostrof ichiga olingan harf, raqam va maxsus belgilar ketma-ketligidan iborat. Masalan:
Toshkenf; 'A 549'; 'B***M.'; '47%'; 'BMA = '; '..-...-' va hokazo.
Apostrof ichida hech narsa yozilmasa u bo'sh satr deyiladi.
Mantiqiy o'zgarmaslar True (rost) yoki False (yolg'on) mantiqiy qiymatlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |