Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Model nima?
2. Modellarni necha turi bor va qanday?
3. Fizik modellarga nimalar misol bo’ladi?
4. Iqtisodiy modellar qachon va kim tomonidan birinchi marta ishlatilgan?
5. Matematik va biologik modellarga misollar keltiring.
Uyga vazifa : Mavzuni o’qib, konspekt yozish.
9- sinf 3-dars
9- sinf 4-dars
MAVZU : Algoritm tushunchasi
Dars maqsadi: a) Ta’limiy
b) Tarbiyaviy
c) Rivojlantiruvchi
Dars jihozi: Kompyuter, ekran, doska, bo’r, kitob, daftar
Dars uslubi: Aralash
Darsning borishi: a) O’tilganlarni takrorlash
b) Yangi mavzu bayoni
Inson hayoti davomida katta-yu kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Odatda, u o'z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim boigan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o'zlashtirgan bilimiga asoslanib ma'lum bir tartibga keltiradi. Bunga xilma-xil misollar keltirish mumkin.
1- misol. Choy damlash maqsad qilib qo'yilgan bo'lsin. U holda choy damlayotgan kishi hammamizga odatiy hoi bo'lib qolgan quyidagi ishlarni bajarishi lozim bo'ladi:
1) choynak qopqog'i ochilsin;
2) choynakni qaynoq suv bilan chayilsin;
3) choynakka bir choy qoshiq quruq choy solinsin;
4) choynakka toiguncha qaynagan suv quyilsin;
5) choynak qopqog'i yopilsin;
6) choynakni sochiq bilan o'rab, besh daqiqa dam yedirilsin.
2- misol. Eni N metr va bo'yi M metr boigan joyni toidirishga 12x25 santimetrli (eni 12 sm va bo'yi 25 sm) g'ishtdan necha dona sotib olinishini toping. Hisoblayotgan kishi geometriya fanidan olgan bilimiga asoslanib, quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni bajaradi:
1) joyning yuzasi S.osm oichov birligida topilsin; •
2) bir dona g'ishtning yuzasini SgVasm oichov birligida topilsin;
3) g'ishtlar soni Ssonjoyning yuzasini g'ishtning yuzasiga nisbati deb olinsin. Bu amallar ketma-ketligini quyidagi matematik formula yordamida ifodalash mumkin:
Sjoy N *100 *M * 100
Sson = _________ = ________________________
Sg’isht 12 * 25
Yuqoridagi misollarda amallar ketfaa-ketligi, qisqacha aytganda, ko'rsatmalar yoki buyruqlar ketma-ketligi biror kishi tomonidan bajarilgach, ko'zlangan maqsadga erishiladi. Bunday amallar ketma-ketligi informatikaning asosiy tushunchalaridan birialgoritm so'zi bilan ifodalanadi.
Algoritm so'zi IX asrda yashab (783- yilda tug'ilgan) o’z ilmiy ishlari xazinasi bilan dunyoga tanilgan vata idoshimiz, buyuk astronom, matematik va geograf Abu Abdulla Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. Al-Xorazmiyning arifmetikaga bag'ishlangan risolasi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Bu tarjimaning XIV asrda ko'chirilgan yagona qo'lyozma nusxasi Kembrij unive rsitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Risola «Dixit Algoritm, ya'ni «Dediki Alxorazmiy» iborasi bilan boshlanadi.
Algoritm deganda, biror maqs adga erishihsga qaratilgan ijrochi
bajarishi uchun mo'ljallangan ko'rsatma yoki buyruqlarning aniq, tushunarli va chekli ketma-ketligi tushiniladi.
Demak, yuqorida keltirilgan misollardagi ko'rsatmalarketma-ketligi algoritm va bu algoritmlarni bajaravotgan odam — ijrochi bo'lar ekan. Birinchi misoldagi ko'rsatmalar «Croy damlash algoritmi» deb ataladi. Bundan shunday xulosaga kelamiz: inson hayotida ko'zlagan maqsadiga erishishi uchun ijrochi sifatida ko'pl ib algoritmlarnijbajaradi. Ko'pgina algoritmlar odam uchun odat bo'lib qoladi. Masalan, taom tayyorlash, ovqatlanish, tartibli kiyinish, xonadan chiqish, yozish, bir joydan ikkinchi joyga borish va hokazo.
Ijrochi bajara olishi uchun algoritm unga aniq va tushunarli bo'lishi lozim. Algoritm ijrochi tushunadigan tilgagina emas, balki uning bilim va malakasiga ham mos bo'lishi kerak. Aks holda ijrochi birorta ham ko'rsatmani bajara olmasligi mumkin.
Ko'rsatmalarning tartibi buzilishi qanday oqibatga olib kelishi mumkinligini tasawur qilish qiyin emas. Misol sifatida «Choy damlash algoritmi»da 1- va 3- ko'rsatmalarning o'rnini almashtirib bajarish kifoya.
Odatda algoritmlardagi ko'rsatmalar ijrochiga tushunarli bo'lishi uchun sodda amallardan iborat bo'ladi. Ikkinchi misoldagi algoritmning birinchi ko'rsatmasini quyidagi uch ko'rsatmaga ajratish mumkin:
la) joy eni N ni metr santimetr oichov birligiga o'tkazilsin;
lb) joy bo'yi M metr santimetr o'lchov birligiga o'tkazilsin;
Id) joyning yuzasi S ni topilsin. Awalgi darslarda ham algoritmlardan foydalangan edik. Masalan, «Elektron jadvallar» bobidagi «Karra jadvalini hosil qilish», «Kvadrat tenglamani yechish» va shu kabi boshqa masalalarni hal qilish ketma-ketligi ham algoritmga misol bo'ladi. Bunda bir tomondan, bu algoritmlarni o'qib bajarayotgan odam, ikkinchi tomondan, kompyuter bu algoritmlarni ijrochisi sifatida ishtirok etadi.
Algoritm ijrochisi - algoritmda ko'rsatilgan buyruq yoki ko'rsatmalarni bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik yoki biologik) sistema.
Ijrochi bajara olishi mumkin boigan ko'rsatma yoki buyruqlar to'plami ijrochinining ko'rsatmalar sistemasi deyiladi. Masalan, «16 sonidan kvadrat ildiz chiqarilsin» ko'rsatmasi
2-sinf o'quvchisining ko'rsatmalar sistemasiga tegishli bo'lmaydi, lekin 8-sinf o'quvchisining ko'rsatmalar sistemasiga tegishli bo'ladi.
Shuni ta'kidlash joizki, informatikada algoritmning asosiy ijrochisi bo'lib, kompyuter xizmat qiladi.
Yuqorida ko'rib chiqilgan misollarda yoki aytib o'tilgan masalalardan shunday xulosaga kelinadi: ijrochi algoritmni bajarish jarayonida ko'zlangan maqsadni bilmasligi ham mumkin. Masalan, quyidagi algoritmni bajarishdan qanday maqsad ko'zlangani oldindan bilinmaydi:
1) A^va M natural sonlar olinsin;
2) S soni nolga teng deb olinsin;
3) Nva Msonlarning kattasi aniqlansin;
4) A^va A/sonlarning kattasidan kichigi ayirilsin va iSga bir qo'shilsin;
5) TVva Msonlarning ikkalasi ham noldan katta bo'lsa, 3-bandga o'tilsin;
6) javob sifatida S yozilsin.
Bu algoritm quyidagi masalaning yechimini topish imkonini beradi.
3- misol. Tomonlari Ava M natural sonlarga teng boigan to'g'ri to'rtburchak berilgan. Agar har qadamda yuzasi eng katta kvadrat kesib olinaversa, nechta kvadrat kesib olinadi?
Demak, bu darsda informatikaning algoritm, algoritm ijrochisi, ijrochining ko'rsatmalar sistemasi kabi asosiy tushunchalari bilan tanishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |