Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishning fuqarolik huquqiy muammolari



Download 394,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana11.03.2022
Hajmi394,55 Kb.
#490076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishning fuqarolik huquqiy muammolari

XULOSA……………………………………………………………… 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI……………… 
 


KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. “Biz mustaqil taraqqiyot yillarida bosib o’tgan 
g’oyat murakkab va mas’uliyatli, mashaqqatli rivojlanish yo’li davomida qanday 
jarayonlarga duch kelmaylik, qanday og’ir sinovlarni boshimizdan kechirmaylik 
Konstitutsiyamiz hamisha yurtimizni, xalqimizni turli balo-qazolardan asrash, o’ta 
tahlikali vaziyatlarda yakkayu yagona to’g’ri yo’lni topish va kelajakka ishonch 
bilan qarashda asos bo’lib xizmat qilmoqda, desak hech qanday xato bo’lmaydi. 
Konstitutsiya to’g’risida, uning ma’no-mazmuni va ustuvor tamoyillari haqida 
gapirar ekanmiz asosiy qonunimizda birinchi navbatda shaxs manfaatining davlat 
manfaatidan ustun etib belgilangan, inson, uning huquq va erkinliklari hamda 
manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo’yilganini yana bir marta 
ta’kidlab o’tish o’rinli deb bilaman. Aynan ana shu qat’iy talabni nafaqat 
qonunlarimiz va huquqiy me’yorlarimizda belgilab berish, balki bu ustuvor 
prinsipni hayotimizga tadbiq qilish o’ta muhim ahamiyatga egadir. Shu o’rinda 
davlat qurilishi va uning taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratik yangilanishi 
iqtisodiyotimizni rivojlantirish va erkinlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan 
bog’liq bo’lgan qisqacha aytganda, oldimizda turgan barcha muammo va 
vazifalarni yechishda “ Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, inson 
manfaatlarini ta’minlash uchun” degan teran ma’noli fikrni aslo unutmasligimiz 
kerak. Sodda qilib aytganda, bugun qaysi sohani olmaylik ijtimoiy hayotimiz yoki 
iqtisodiy, ma’daniy-ma’rifiy bo’ladimi-nimaiki qilmasak, ularning hammasi oxir-
oqibatda inson uchun, shu yurtda yashayotgan odamlar uchun qilinayotganini 
ko’rish qiyin emas”-deb e’tirof etarkan, yurtboshimiz I.A.Karimov, avvalambor 
barchamizni shu yurtda qilinayotgan islohot va dasturlarning barchasi inson va 
fuqarolarimiz manfaati yo’lida ekanligiga diqqatimizni qaratadi
1
. Ma’lumki, 
nodavlat notijorat tashkilotlari jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy 
1
I.A.Karimov « Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari-eng oliy qadriyat», 2005 y 7-dekabrda O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasidan. 


manfaatlari va huquqlarini himoya qilish; demokratik qadriyatlarni himoya qilish; 
ijtimoiy, madaniy va maorif sohasidagi maqsadlarga erishish; ma’naviy va boshqa 
nomoddiy talablarni qondirish; xayr-ehson faoliyatini amalga oshirish hamda 
boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni amalga oshirish uchun o’zining beminnat 
faoliyatini olib boradi.
Bugungi huquqiy davlatimizda fuqarolik jamiyati roli va o’rnining hamda 
uning alohida institutlari sonining oshib borishi natijasida nodavlat notijorat 
tashkilotlarining doirasi kengayib bormoqda va bu turdagi tashkilotlar 
Konstitutsiyamizda belgilangan ko’pgina huquq va manfaatlarni amalda ro’yobga 
chiqarmoqda, chunonchi vijdon erkinligi, uyushish, birlashish huquqi. Fuqarolik 
huquqi huquqiy munosabatining har qanday sub’yekti singari notijorat nodavlat 
tashkilotlari ham o’zining “hayotiy davriyligiga”iga ega, ya’ni o’z ichiga bunday 
turdagi tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bosqichlarini 
qamrab oladi. Ushbu yuqorida sanab o’tilgan bosqichlar uzluksiz amalga 
oshiriladi va ushbu amalga oshirilish dinamikasi ularning aniq doiradagi 
sub’yektlari-nodavlat notijorat tashkilotlarining qatnashchilari (muassislari) 
hamda davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura 
organlari xodimlarining o’zaro hamkorligi asosida olib boriladi. Nodavlat notijorat 
tashkilotlarini tashkil etish va qayta tashkil etish borasidagi masalalarini qonuniy 
ta’minlashni alohida qayd etarkanmiz bir narsani yodda tutish kerakki, bunday 
tashkilotlarni tugatish jarayoni ko’pincha nazoratsiz hamda amaldagi qonun 
normalariga zid ravishda amalga oshirilmoqda va buning natijasida ushbu 
tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan huquq va manfaatlardan manfaatdor 
bo’lgan uchinchi shaxslarga moddiy va ma’naviy zarar yetmoqda, shuningdek 
davlat manfaatlari ham. Bunday zarar qoplanmaydigan xarakterga ega, sababi 
amaldagi fuqarolik qonunchiligida yuridik shaxs likvidasiya yo’li bilan huquqiy o’z 
huquq va manfaatlarini boshqa sub’yektga o’tqazmasdan, ya’ni vorislikka yo’l 
qo’ymasdan o’z faoliyatini to’xtatadi. 


Boshqacha qilib aytganda, fuqarolik huquqi munosabatlari doirasidan 
tugatilgan nodavlat notijorat tashkilotining chiqarilishi butunlay alohida huquq va 
manfaatlarni ro’yobga chiqarish imkonini rad etadi (masalan iste’molchilar 
huquqlari hamda omonatchilar huquqlari va boshqalar). Boshqa tomondan esa
ayrim nodavlat notijorat tashkilotlari, chunonchi uzoq vaqt mobaynida ta’sis 
hujjatlarida belgilangan faoliyat bilan shug’ullanmayotgan, kerakli mol-mulkka 
yoki belgilangan doiradagi ishtirokchilar ko’lamiga ega bo’lmagan yoxud 
ta’qiqlangan faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarni o’z vaqtida tugatilishi 
fuqarolik huquqiy munosabati uchun nihoyatda muhim. Demak, yuqorida 
keltirilgan fikrlardan nodavlat notijorat tashkilotlarining hayotiy sikl-davriyligi 
tarkibi hamda ushbu turdagi tashkilotlarni tugatish jarayoni amaldagi qonunchilik 
normalari asosida tartibga solinishi hamda davlatning kuchli nazorati ostida 
amalga oshirilishi lozimligi ayon bo’lmoqda.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishni tartibga soluvchi aniq normativ 
huquqiy manba Fuqarolik Kodeksi (matnda O’z Res FK), ,,O’zbekiston 
Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi qonuni (matnda 
Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risidagi qonun), ,,O’zbekiston Respublikasi 
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi qonuni, 
,,O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida”gi, ,,Jamoat fondlari 
to’g’risida”gi qonunlar va boshqalar, shuningdek ta’kidlab o’tish lozimki ushbu 
huquqiy hujjatlarga doimiy o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilmoqda, biroq 
bunga qaramasdan kelajakda ushbu normalarni yanada barqarorlashtirish lozim. 
Bundan tashqari nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish borasida sud amaliyotida 
vujudga kelayotgan muammolar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik ishlari 
bo’yicha Oliy Sudi aniqlik kiritilishini talab qilmoqda. Ilmiy tadqiqot ishi doirasida
nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishning huquqiy tabiati (ilmiy adabiyotlarda 
bu jarayon yuridik shaxsni huquqiy vorislikka yo’l qo’ymasdan tugatilishi uchun 
asoslardan biri sifatida ko’rsatilgan, bu esa tanqidiy bahoga muhtoj), nodavlat 
notijorat tashkilotlarini tugatishning tushunchasi va uning asoslari, nodavlat 


notijorat tashkilotlarining o’z muassislari tomonidan va sud qarori asosida
tugatilishi hamda ushbu tashkilotlarni tugatishni davlat tomonidan ro’yxatga olish 
va huquqiy vorislik kabi masala va muammolarga alohida e’tibor beriladi va bu 
masalalarga yechim topish borasida fikr yuritiladi. Yuqorida keltirilgan masala va 
muammolar sabab ilmiy tadqiqot ishi mavzusi shu muammolar va masalalarga 
qaratildi. 

Download 394,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish