Ilmiy tadqiqot ishining ilmiy-amaliy ahamiyati qonunchilik va sud
amaliyotini tahlil qilish natijasida yuridik shaxs institutini fuqarolik huquqining
alohida subyekti sifatida chuqur o’rganish masalasini o’rtaga qo’yadi. Ilmiy ish
natijalari
asosida
ishlab
chiqilgan
hamda
amaldagi
qonunchilikni
mukammalashtirish borasidagi huquq ijodkorligi faoliyatida o’z hissasini qo’shadi.
Shuningdek muallif keltirgan amaliy taklif va tavsiyalar keyinchalik ushbu sohada
ilmiy faoliyat olib boruvchilar tomonidan foydalanish imkonini tug’diradi va
boshqa o’quv qo’llanmalari tayyorlashda as qotadi.
Natijalarning e’lon qilinishi tadqiqot ishining asosiy mazmuni va xulosalari
muallifning 3
та
maqolasida, turli ilmiy-amaliy konferensiyalarda e’lon qilingan.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi tadqiq etilayotgan mavzuning maqsad va
mohiyati hamda ularni tadqiq etishdan kelib chiqadigan vazifa va amallarning
bayonotidan iborat. Tadqiqot ishi kirish, olti paragrafni o’z ichiga olgan ikki bob,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. Ilmiy tadqiqot ishning
hajmi……bet. Tadqiqotda foydalanilgan manbalar soni…..tashkil etadi.
I BOB. NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINI TUGATISHNING
HUQUQIY TABIATI.
1.1
Nodavlat notijorat tashkilotlari-fuqarolik huquqiy munosabat
subyektlari sifatida.
Bugungi rivojlanayotgan O’zbekiston bozor iqtisodiyoti munosabatlarining
muhim subyekti bo’lib nodavlat notijorat tashkilotlari xizmat qilmoqda. Ma’lumki,
nodavlat notijorat tashkilotlari millionlab insonlarga ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda
talaygina hayotiy muhim vazifalarni hal qilishda, ko’plab ishchi o’rinlarini joriy
etish hamda turli ijtimoiy-foydali islohotlarni amalga oshirishda beminnat ko’mak
beradi.
“O’zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi
qonunning 2-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlari: jismoniy va
yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish; demokratik
qadriyatlarni himoya qilish; ijtimoiy, madaniy va maorif sohasidagi maqsadlarga
erishish; ma’naviy va boshqa nomoddiy talablarni qondirish; xayr-ehson faoliyatini
amalga oshirish; boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ro’yobga chiqarish
maqsadida tuziladi.
Amaldagi fuqarolik qonunchiligi yuridik shaxslarni ikki asosiy turga: tijorat
va tijoratchi bo’lmagan (notijorat) tashkilotlarga ajratgan holda tasniflaydi. Bunda
ular faoliyatining asosiy maqsadi ularni farqlashning bosh huquqiy va iqtisodiy
me’zoni hisoblanadi. Muhim omil etib foyda olish yoki olmaslik asos qilib
belgilangan. Aytish mumkinki, qonun chiqaruvchi tomonidan yuridik shaxslarni
tijoratchi bo’lgan va tijoratchi bo’lmagan tashkilotlarga bo’linishi tarixiy jihatdan
quyidagi sabablardan kelib chiqqan:
o
Fuqarolik Kodeksiga tijoratchi bo’lgan tashkilotlarning mutlaq
ro’yhatini kiritish amaliy jihatdan zarur bo’lgan, chunki bu bozor iqtisodiyotining
o’tish davrida muhim sharti bo’lib hisoblanar edi. Tijoratchi bo’lgan
tashkilotlarning tashkiliy-huquqiy shakllarini belgilash qonun chiqaruvchi uchun
ularni ommaviy-huquqiy jihatdan tartibga solish zarurati bilan izohlanadi;
o
bu turdagi tashkilotlar uchun keyingi soliq tartibotini o’rnatish,
ularning davlat byudjetiga majburiy to’lovlari belgilab qo’yish zarurati bunday
farqlashni shart qilib qo’yadi;
o
yuridik shaxslar o’z ishtirokchilari o’rtasida foydani bo’lish
masalasini hal etishi zarurati hamda mavjudligini esdan chiqarmaslik lozim.
Ma’lumki, tijoratchi bo’lmagan tashkilotlarning ijtimoiy-huquqiy mohiyati bunday
xususiyatlardan mahrum.
Ammo qonun chiqaruvchi ularning jamiyat va davlat o’rtasidagi demokratik
aloqalarni ta’minlab turuvchi muhim bo’g’in sifatida yondashib, ularga nisbatan
aholi oldidagi o’z ijtimoiy vazifalarini ado etishlari uchun bir muncha yengillik
yaratib bergan, ularning tashkiliy-huquqiy maqomini ommaviy darajada ham,
fuqarolik huquqiy qonun hujjatlari darajasida ham belgilab qo’ygan.
Foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi
tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot
(tijoratchi bo’lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo’lishi mumkin. Ushbu qayd
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 40-moddasida, shuningdek
,,O’zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi
qonun
5
ning 2-moddasida o’z ifodasini topgan.
I.B.Zokirov yuridik shaxslarning tijoratchi va notijorat turlarini e’tirof
etarkan, uning notijorat turlarida muassislar foyda olish maqsadini ko’zlamaydigan
tashkilotni nazarda tutadi. Qonun hujjatlariga muvofiq tijoratchi yuridik shaxslar
ham notijorat yuridik shaxslar ham tadbirkorlik (foyda olishga qaratilgan faoliyat)
faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin, lekin bunda, tijoratchi yuridik
shaxslardan farq qilib notijorat yuridik shaxslar o’z tadbirkorlik faoliyatlaridan
olgan foydani faqat a’zolarining ehtiyojini qondirish yoki o’zga mushtarak
5
,,O’zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi. 1999 yil № 5.115-modda
maqsadni amalga oshirish uchun ishlatadilar. Shu munosabat bilan notijorat
yuridik shaxslarga nisbatan Fuqarolik Kodeksi “foyda olishni maqsad qilib
qo’ymagan” iborasi belgilangan. Bu esa, notijorat tashkiloti tadbirkorlik bilan
shug’ullanishi muayyan foyda ko’rishi mumkinligini belgilaydi. Faqatgina
notijorat yuridik shaxslarning asosiy maqsadi (yordamchi yoki boshqa maqsadlar
bundan mustasno) foyda olish bo’lmaydi, xolos. Tijoratchi bo’lmagan tashkilotlar
o’z ustavida belgilangan maqsadlarga mos keladigan doirada tadbirkorlik faoliyati
bilan ham shug’ullana oladi
6
.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida tijoratchi bo’lmagan yuridik
shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllari yopiq ro’yhat sifatida belgilanadi. Ular
Fuqarolik Kodeksida bevosita nazarda tutilgan shakllarda (matlubot kooperativlari,
jamoat birlashmalari va jamoat fondlari, muassasalar, yuridik shaxslarning
uyushmalari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari) shuningdek, maxsus
qonunlarda ko’zda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilishi
mumkin. Xususan, maxsus qonunlarda tijoratchi bo’lmagan tashkilotlar qatoriga
uy-joy xususiy mulkdorlarining shirkatlari, advokatlik uyushmalari, diniy
tashkilotlar va hokazolar kiritilgan. Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan
ijtimoiy vazifalar miqyosining naqadar kengligini hisobga olib, tijoratchi
bo’lmagan tashkilotlarning yana yangidan yangi shakllari kelib chiqishi
mumkinligini bashorat qilsa bo’ladi
7
.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 40-moddasi 2-qismida:
tijoratchi tashkilot bo’lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va
mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida,
shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi
mumkinligi qayd etilgan. Ko’rinib turibdiki, Fuqarolik Kodeksi notijorat
tashkilotlar tashkiliy huquqiy shakllarini o’zida ifodalagan, biroq bu jumlani
6
Zokirov I. B. “ Fuqarolik huquqi” darslik, 1-qism.T.:TDYuI, 2006.
7
Rahmonqulov X.R, Oqyulov O.O. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga sharh”-1 jild, “Vektor-press”.:
Toshkent-2010
“O’zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi qonuni
10-modda 2-bandi to’ldiradi: nodavlat notijorat tashkilotlari o’zlarining faoliyatini
muvofiqlashtirib borish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash hamda
himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishi
mumkin.
Yuridik shaxslarni tijoratchi bo’lgan va tijoratchi bo’lmagan tashkilotlarga
bo’linishi nafaqat O’zbekiston huquq tizimiga xos xususiyat bo’lib hisoblanadi,
balki Rossiya fuqarolik qonunchiligida ham o’z ifodasini topgan. Rossiya
Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksi ham nodavlat notijorat tashkilotlarining bir necha
huquqiy holatini bayon etadi. Jumladan, o’z egalari, xayriya-ehson va boshqa
fondlar tomonidan moliyalashtiriladigan iste’molchilar kooperativlari, ijtimoiy va
diniy tashkilotlar (uyushmalar)
8
notijorat tashkilotlar jumlasiga kiradi.
Shuningdek, yuqorida keltirilgan notijorat tashkilotlar doirasini “Notijorat
tashkilotlari to’g’risida”gi Rossiya Federatsiyasi Qonuni to’ldiradi. Unga asosan,
notijorat tashkilotlar doirasiga notijorat sherikchilik, avtonom notijorat tashkilotlar,
yuridik shaxslar uyushmalari (assosiassiya va ittifoqlar) ham kiradi
9
. 1999 yil
8-iyul Federal Qonuni bilan ushbu qonun “Davlat korporatsiyasi” deb
nomlanuvchi 7.1 bandi bilan to’ldirilgan.
Notijorat tashkilotlar huquqiy shakllari doirasi nihoyatda keng bo’lib,
ularning soni keyinchalik ham shakl va soni jihatidan o’zgarib borishi mumkin. Bu
borada rus professori N.M.Korshunov hamda N.D.Eriashvili
10
yuqorida keltirilgan
shakllardan tashqari quyidagi shakllarda: federal notarial palatalar ( “Rossiya
Federatsiyasi Notariati to’g’risida”gi federal qonuni asosida o’z faoliyatini olib
boradi), turar joy egalarining ittifoqligi ( “Rossiya Federatsiyasining turar joy
egalari ittifoqligi to’g’risida”gi federal qonuni) va boshqa shakllarda tashkil etilishi
mumkinligini e’tirof etishgan. Nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkiliy-
8
Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksi 116-123 moddalari.(1994 yil 30-noyabr)
9
RF “ O nekommercheskix organizasiyax”№7-FZ ot 12-yanvarya 1996 goda//SZ RF 1996 №3. St 145
10
Predprinimatel’skoe pravo.Uchebnik dlya vuzov/Pod.red.prof.N.M.Korshunova,N.D.Eriashvili.2-e izd
perer.i.dop.M.:Zakon i pravo,2003.S.93.
huquqiy shakllarining xilma-xilligini T.V.Yur’eva ham ma’qullab, notijorat
tashkilotning aniq konkret shakli uning qanday maqsad asosida tashkil etilishi,
muassislari o’rtasidagi o’zaro munosabat doirasidan kelib chiqadi. Notijorat
tashkilotlarning tashkil etilish maqsadlari turli xil bo’lib, ayrimlari “uchinchi
shaxslar” manfaatlarini namoyon etish uchun tuzilsa (masalan muassasalar,
fondlar, avtonom notijorat tashkilotlar va davlat korporatsiyalari), boshqalari
o’zining muassislari, qatnashchilari manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi
(masalan, assosiasiyalar, ittifoqlar, notijorat sherikchilik va hokazolar)
11
.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy shakllari anglo-sakson huquq tizimida
kompaniyalar (korporatsiyalar), trastlar va ro’yxayga olinmagan uyushmalar
notijorat tashkilotlarining klassik tashkiliy-huquqiy shakllari bo’lib hisoblanadi.
Masalan, Aqsh, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya qonunchiligi mazkur tizimni
ifodalaydi.
Yevropa huquq tizimida esa nodavlat notijorat tashkilotlari jamg’armalar va
uyushmalar (ham yuridik shaxslar, ham noyuridik shaxslar bo’lishi mumkin)
notijorat tashkilotlarining klassik tashkiliy-huquqiy shakllari bo’lib hisoblanadi. Bu
shakllardan tashqari ham tijorat, ham notijorat yuridik shaxslar uchun umumiy
bo’lgan shakllarni-kooperativlar va kompaniyalarni (korporatsiyalarni) ajratib
ko’rsatish mumkin”
12
.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan nodavlat notijorat tashkilotlar tushunchasi
va uning mohiyatini kengroq anglash va bu boradagi milliy va qiyosiy
qonunchilikni ilmiy hamda tarixiy tahlil qilish ehtiyoji paydo bo’ladi.
Uzoq o’tmishga nazar soladigan bo’lsak, notijorat tashkilotlar ildizi ancha olis
tarixga borib taqaladi. Biroq, aytish joizki, ushbu tashkilotlarning tarixiy ko’rinishi
va shakli anchagina farqli bo’lgan.
Bundan bir necha asrlar oldin ham jamiyatning butun qatlami, shaxslarni
nafaqat iqtisodiy, balki noxo’jalik asoslarda birlashtiradigan ijtimoiy guruhlar
11
Yur’eva T.V. “Ekonomika nekommercheskix organizasiy”,:ucheb.posobie .M.:Yurist,2002.S.37
12
“Notijorat huquqi bo’yicha xrestomatiya”, materiallar to’plami, Huquqiy muammolarni o’rganish markazi T.:
“San’at”, 409 b.
mavjud bo’lgan. Masalan, Attik tekisliklari aholisi o’rtasida mahalliy zodagonlar
rivojlanishi markazini ifoda etuvchi siyosiy uyushma, V asrda Afinada esa
demokratik tizimga qarshi bo’lgan aholining yuqori qatlamidan chiqqan
zodagonlarning maxfiy tashkiloti-geteriylar, Qadimgi Rimda respublikachilar
davrida esa aristokratlar-zodagonlar tarafdorlari-optimatlar hamda otliqlar va aholi
oddiy qatlami manfaatlarini ifoda etuvchi populyarlar misolida ko’rishimiz
mumkin. Miloddan avvalgi V asr Rim XII ustun qonunlarida diniy va kasbiy
yo’nalishidagi: kasb-hunar sexlari, tijorat uyushmalari,umumiy qiziqishlar asosida
uyushgan birlashmalar, xayriya jamiyatlari va shu kabi boshqa tashkilotlar faoliyat
ko’rsatgani haqida ma’lumot berilgan. Dastavval Rim huquqi bunday
tashkilotlarning mustaqilligi va umumiy qonun, qoidalarni istisno qilmagan hamda
bunday tashkilot a’zolari, ishtirokchilarining har qanday harakati, ta’sisini
belgilashini tan olgan. Bunday tusdagi tashkilot, birlashmalarning mustaqil
faoliyati va shakllanganligi to’g’risida rimlik yurist Gayning qaydlarida ham aytib
o’tilgan va ular respublikachilar davrining yakuniga qadar mavjud bo’lgan. Bir
necha ruxsat va ta’qiqlardan so’ng , III-IV asrlarda mahsulot ishlab chiqarishga
yo’naltirilgan kasbiy uyushmalar aynan bir turdagi kasb bilan shug’ullanish va
Otadan o’g’il, kuyovga me’ros bo’lib o’tishi majburiy etib belgilangan. Bunday
majburiy chora davlat tomonidan oldingi iqtisodiy va siyosiy tizimni yemirish
uchun qo’llanilgan.
O’rta asrlarda Yevropada turli diniy va siyosiy uyushmalar, o’zaro
hamkorlikdagi ittifoqlar, kasbiy tashkilot va gildiyalar mavjud bo’lgan.
XI asrning oxirgi o’n yilligida shaharlarning paydo bo’lishi bilan ijtimoiy
xarakterdagi tijoriy, xayriya, kasb-hunar va shular bilan bir qatorda diniy tusdagi
tashkilotlar keng quloch yoydi. Bunday tashkilotlar ixtiyoriy ravishda tuzilib, o’z
a’zolari hayotlarining moddiy va diniy qarashlarini himoya qilishgan. Har qanday
tashkilot o’z qonun-qoidalariga ega bo’lib, tashkilot a’zolarining manfaati va
qiziqishlari bilan bevosita bog’liq: savdogarlar, hunarmandlar, bankirlar,
dengizchilar va hokazolar. Ko’pgina Yevropa shaharlarida bunday tashkilotlarning
rahbar, yetakchilari keyinchalik shahar kommuna magistratlariga aylanishgan.
XIX asrda Rossiyada ham bunday tashkilotlar ko’pchilik sonni tashkil
etgan. Ular orasida asosan tijorat tashkilotlari mashhur bo’lib, ular Rossiyaning
g’arbiy qismida 245 mingga yaqin tijoratchilar bo’lib, ularning ko’pchiligi xayriya
bilan shug’ullanishgan-bunday ezgu maqsadda birgina Moskvaning o’zida har yili
ikki million rublga yaqin xarajat qilingan. Bunday ko’rinishdagi xayriya amallari
davlat tomonidan qo’llab-quvvatlangan. Rossiyada XII asrda ayrim xayriya
tashkilotlari ta’sis etilgan, 1896-yilga kelib esa butun mamlakat bo’yicha bunday
tashkilotlar soni 1404 taga yetdi. Xayriya tashkilotlari faoliyat yuritishini a’zolik
badallari, ixtiyoriy tushum va xayr-ehsonlar ta’minlab turgan. “Xayriya
axborotnomasi” kabi maxsus jurnal chop etilgan.
1601-yilda Angliyada “Xayriyani qo’llab quvvatlash to’grisida”gi qonuni
qabul qilingan edi, uning 1888 yilda bekor bo’lganiga qaramay ayrim masalalarni
hal etishda angliyalik huquqshunoslar bugungi kunga qadar ushbu qonunga
murojaat qilishadi.
1789-yilda Fransiyada “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi” qabul
qilinib, unda: “har qanday davlat uyushmasining maqsadi insonlarning tabiiy va
shaxsiy- erkinlik, shaxsiy daxlsizlik va o’zini-o’zi himoya qilish huquqlarini
ta’minlashdir…Erkinlik o’zgalarga zarar keltirmaydigan har qanday ishni amalga
oshirishda namoyon bo’ladi ”
13
deb e’tirof etilgan. Ammo 1791-yil iyunda “Le
Shapel’e Qonuni”- qabul qilinib, unda: “Bir kasbdagi va ahvoldagi fuqarolarning
uyushmalarini bekor qilish Fransiya Konstitutsiyasining asosini tashkil etishini
nazarda tutib, bunday tashkilotlarni har qanday shaklda yoki har qanday boshqa
maqsadda qayta tashkil etish ta’qiqlanadi. Bir kasbdagi va bir ahvoldagi har
qanday shaxslarning tadbirkorlar, ishchilar, hunarmandlar va boshqa har qanday
kasbdagi fuqarolar bir joyda to’planib, tashkilot-sindikatning raisi, uning
13
1789-yilda qabul qilingan Fransiya “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi”.
sekretarini saylash, ta’sis hujjatlari va umumiy manfaatlarni ifoda etuvchi
Reglamentni qabul qilish huquqiga ega emas
14
” deb qayd qilingan.
V.F.Gegel’ “tashkilot, uyushmalar-fuqarolik jamiyatining ajralmas bo’lagi
bo’lib, oila qatorida davlatning axloqiy o’zagini tashkil etadi” deb e’tirof etgan.
Gegel’ nazarda tutayotgan ushbu tashkilot o’rta asrlarda mavjud bo’lgan va faqat
o’zining kasb-kori bilan mashg’ul bo’lgan gildiya (sex ) tashkilotlardan farqlanadi,
uning fikricha tashkilot, uyushmalar orqali har bir fuqarolik jamiyati a’zosi
umumiy ishlar bilan o’zaro bog’liq: “ Bizning hozirgi zamonaviy davlatlarimizda
fuqarolar umumdavlat ishlarida faqat cheklangan holda ishtirok etishadi; biroq
fuqaroga uning shaxsiy maqsadidan tashqari umumfaoliyat uchun imkon berish
lozim. Davlat bera olmaydigan ushbu umumfaoliyatni fuqaro uyushma,
birlashmada amalga oshiradi ”-deb izohlaydi Gegel’.
Ma’lumki, sovet tuzumi davrida har qanday nodavlat tashkilotlar o’z
faoliyatini “kommunistik jamiyat qurish” maqsadida partiyalarning qattiq nazorati
asosida amalga oshirgan. 1922 yil 12 iyundagi VSIK prezidiumining qaroriga
asosan kengash va qurultoylar NKVDning ruxsatisiz chaqirilishi mumkin
emasligini nazarda tutilgan
15
.
1990 yil 9 oktabrda “ Sovet sotsialistik Respublikalari Ittifoqligining ijtimoiy
uyushmalari to’g’risida”gi qonuni qabul qilingan
16
. Ushbu qonunga 1991 yil 31
mayda “Sovet sotsialistik respublikalari fuqarolik qonunchiligi asoslari” nomli
band asosida ilk marotaba “ notijorat tashkiloti ” atamasi kiritilgan hamda rasman
tashkilotlar ikki guruhga: tijorat va notijorat tashkilot turlariga ajratilgan. Notijorat
tashkilotlar guruhini faoliyat asosini foyda olishni maqsad qilmagan tashkilotlar
tashkil etgan. Biroq ushbu Qonun tarixiy-siyosiy sabab Sovet tuzumuning
ag’darilishi munosabati bilan ancha vaqt mobaynida kuchga kirmagan. 1992 yil 14
iyul “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida fuqarolik huquqiy
14
1791-yil iyunda qabul qilingan Fransiya “ Le Shapel’e Qonuni”-“Bir kasb va bir holatga ega ishchilar va
hunarmandlar majlisi to’g’risidagi Qonun ”.
15
“ O poryadke soziva syezdov i vserossiyskix soveshaniy razlichnix soyuzov i ob’edineniy i o registratsii etix
organizasiy”, postanovlenie Prezidiuma VSIK RSFSR ot 12 iyunya 1922 goda.
16
Zakon SSSR “ Ob obshestvennix ob’edineniyax” VSND SSSR I VS SSSR.1990. № 42.S.839.
munosabatlarni tartibga solish to’g’risida” hamda “Rossiya Federatsiyasi hududida
ayrim masalalar haqida SSSR qonunchiligini tadbiq etish to’g’risida”gi 1993 yil 3
martdagi qarorlari bilan yuqorida keltirilgan “fuqarolik qonunchiligi asoslari” 1992
yil 3 avgust sanasidan keyin vujudga keladigan munosabatlarni Rossiya hududida
tartibga soladi. Demak, ma’lum bo’ladiki, Rossiya huquq tizimida notijorat
tashkilotlarning vujudga kelishi 1992 3avgust bo’lib hisoblanadi
17
1988-1991 yillar
oralig’ida faoliyat olib borgan tashkilotlar asosan siyosiy o’zgarishlar natijasida
ozodlikni tuygan insonlarning mustaqil, norasmiy tashkilotlari bo’lib gavdalangan.
Ular orasida ekologik, ilmiy-ma’daniy, vatanparvar va boshqa yo’nalishlar ajralib
turgan. Yana shuni ham qayd etish lozimki, o’z faoliyatining boshlang’ich
davrlarida hududiy notijorat tashkilotlari asosan, o’z faoliyat sharotlarini
yaxshilash maqsadida tuzilgan bo’lsa, 1996 yildan boshlab notijorat tashkilotlari
umuman o’zgacha ahamiyat kasb eta boshladi. Notijorat tashkilotlar sonining
salmoqli va ko’zga ko’rinarli vujudga kelishi 1995-1996 yillar orasida kuzatildi.
Bu davrda ko’pgina yoshlar tashkilotlari, kasaba uyushmalari ittifoqlari, huquqni
himoya qiluvchi tashkilotlar, istemolchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar
ro’yhatdan o’ta boshlagan.
1993 yilgi O’zbekiston Respublikasining Grajdanlik Kodeksi “Yuridik
shaxslarning bekor bo’lish asoslari” deb nomlanuvchi 37 moddasida yuridik shaxs
bo’lib hisoblangan davlat organining qaroriga binoan tashkil bo’lgan bo’lsalar, shu
organning qaroriga asosan yoxud qonun yoki ustav (nizomda) nazarda tutilgan
boshqa asoslar bo’ycha bekor bo’ladilar. Kolxozlar, boshqa kooperativ
tashkilotlari, shuningdek kolxozlararo, davlat-kolxoz va boshqa davlat-kooperativ
tashkilotlari o’z faoliyatini qonunda yoki bu tashkilotlarning ustav (nizomlarida)
ko’rsatilgan asoslar bo’yicha to’xtatadilar. Jamoat tashkilotlari o’z faoliyatini
ustavlarida ko’rsatilgan asoslar bo’yicha to’xtatadilar. Kooperativ va boshqa
jamoat, shunigdek davlat kooperativ tashkilotlarining birlashishiga, bo’linishiga va
17
Podtyagaeva L.I. “Likvidasiya nekommercheskix organizasiy po rossiyskomu grajdanskomu zakonadatel’stvu”,
diss.rab.M.:2006.
qo’shilishiga a’zolarining umumiy majlislari yoki vakillar majlisining qarori
bo’yichagina yo’l qo’yiladi.
Ushbu kodeksning “Yuridik shaxslarning tugatilish va qaytadan tuzilish
tartibi” nomli 38-moddasida , yuridik shaxslarning tugalish va qaytadan tuzilishlari
tartibi, agar SSR ittifoqi qonunlari bilan boshqacha hol belgilanmagan bo’lsa,
O’zbekiston SSR qonunlari bilan yoki kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlari
ustavi bilan belgilanadi.
“Davlat kooperativ , kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlari tugatilganidan
keyin qolgan mol-mulkdan foydalanish” deb nomlangan 39 moddada, tugatilgan
kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlarining barcha kreditorlari talablarini
qanoatlantirib bo’lgandan keyin qolgan mulk, agar qonun bilan boshqacha hol
belgilanmagan bo’lsa, pay badallarini yoki qaytarilishi lozim bo’lgan boshqa xil
badallarni qaytarish uchun xarajatlanadi va yuqori kooperativ va boshqa jamoat
tashkilotiga topshiriladi, bunay tashkilot bo’lmaganida esa-umum kooperativ yoki
jamoatchilik ehtiyojlari uchun tegishli davlat organiga topshiriladi. Tugatilgan
kolxozlararo, davlat –kolxoz yoki boshqa davlat-kooperativ tashkiloti mulkning
barcha kreditorlarining talablari qanoatlantirilib bo’lganidan keyin qolgan qismi,
shu tashkilot ishtirokchilari o’rtasida , ularning badallariga yarasha taqsimlanadi
18
.
Xorijiy mamlakatlar huquq tizimida notijorat tashkilotlar tushunchasi mavjud.
Chet el ingliz adabiyotlarida notijorat tashkilotlar “nonprofit organization” deb
atalib, foydasiz, ya’ni foyda olishni ko’zlamaydigan faoliyat bilan shug’ullanuvchi
tashkilotlarni nazarda tutadi.
Amerika qonunchiligida esa notijorat tashkiloti bu-foyda olishdan tashqari,
har qanday boshqa maqsad uchun tashkil etilgan va tashkilotning foyda hech
qanday
qismi
o’z
a’zolari,
direktori
yoki
xizmatchilari
o’rtasida
18
O’zbekiston Respublikasining Grajdanlik Kodeksi, 1993-yil, T.: 1993, “Adolat”.
taqsimlanmaydigan gruppa deb ta’riflanadi. A.A.Klishin e’tirofi bo’yicha, bunday
gruppalarni “ korporasiyalar” yoki “mol-mulksiz korporasiyalar” deb atashadi
19
.
Biroq, notijorat tashkilotlari foyda olmaslik xususiyati uni boshqa
tashkilotlardan farqlovchi jihati bo’lishiga qaramasdan, nodavlat notijorat
tashkilotlari mohiyatini- foyda olmaslik asosida ijtimoiy, umumbashariy, xayrli
ishlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Bugungi kunda yurtimizda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini
kengaytirish va ularni qo’llab quvvatlash va ular faoliyatini tartibga solish borasida
normativ huquqiy hujjatlarning to’liq kompleksi ishlab chiqilgan. Xususan,
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O’zbekiston Respublikasi jamoat
birlashmalari to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat
tashkilotlari
to’g’risida”gi,
“O’zbekiston
Nodavlat
notijorat
tashkilotlari
faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi jamoat fondlari
to’grisida”gi qonunlari shular jumlasidandir. Fuqarolik Kodeksida tijoratchi
bo’lmagan yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllari yopiq ro’yhat sifatida
belgilanadi. Ma’lumki, notijorat tashkilotlar Fuqarolik Kodeksida bevosita nazarda
tutilgan shakllarda (matlubot kooperativlari, jamoat birlashmalari va jamoat
fondlari, muassasalar, yuridik shaxslarning uyushmalari, fuqarolarning o’zini-o’zi
boshqarish organlari) shuningdek, maxsus qonunlarda ko’zda tutilgan boshqa
tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilishi mumkin. Tijoratchi bo’lmagan
tashkilotlar huquqiy shakllari qatorini “O’zbekiston Respublikasi Nodavlat
notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi qonuni to’ldiradi. Ushbu qonunning
2-moddasida nodavlat notijorat tashkilotlari tushunchasi keltirilgan. Unga muvofiq
nodavlat notijorat tashkiloti-jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan
ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy
maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o’z qatnashchilari
(a’zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat
19
Klishin A.A. Pravo sobstvennosti nekommercheskix organizasiy doktrina i praktika.
Diss….dokt.yur.nauk.SPB.2001.S.64
notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va
ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni
qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali
maqsadlarda tuziladi.
Fuqarolik Kodeksida aytilishicha, notijorat tashkilotlari deganda daromad
olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan
daromadlarni o’z qatnashchilari (a’zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan yuridik
shaxslar tushuniladi. Notijorat tashkilotlariga nodavlat notijorat tashkilotlari bilan
birga O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yhatidan o’tgan xalqaro tashkilotlar
ham kiradi. Tashkilot xususiy xususiy mulk egasi tomonidan mablag’ bilan
ta’minlanadigan yoki, shuningdek, qonun chiqarish aktlarida ko’zda tutilgan
boshqacha shakldagi ko’rinishlari bilan yuridik shaxslar notijorat tashkilotlari
hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan jumlalarga chuqurroq razm solsak, bir jihatga e’tibor
qaratmoq lozim. “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi qonun 2 moddasi
va Fuqarolik Kodeksining 40 moddasi 1 bandida, ikkalasida ham bir umumiy jihat
qayd etiladi. Ya’ni, ikkalasida ham o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan,
deyilgan jihat keltirilgan. Ushbu ikki huquqiy hujjatlar bir-birini to’ldirib tursada,
ammo bu yerda to’liq bir-biriga muvofiq kelmasligi ko’zga tashlanadi. Shu
boisdan bu ikki norma o’zaro muvofiqligi tartibga solinishi va kerakli bandlar
bilan to’ldirilishi maqsadga muvofiqdir.1996 yil 12 yanvardagi “Notijorat
tashkilotlari to’g’risida”gi Rossiya Federatsiyasi qonuni 2 moddasida notijorat
tashkiloti tushunchasi keltirilgan. Unga muvofiq, notijorat tashkiloti deganda
faoliyatining asosiy maqsadi etib foyda olishni ko’zlamagan va ushbu foydani o’z
ishtirokchilari orasida taqsimlamaydigan tashkilot tushuniladi. Agar mamlakatimiz
hamda Rossiya Federatsiyasi ikki qonunini o’zaro tahlil qiladigan bo’lsak,
ikkalasida ham deyarli ma’no va mazmun bir xil. Faqatgina ayrim istisnolar, ya’ni
milliy qonunda nodavlat notijorat tashkilotlari sub’yektlari, ya’ni kim tomonidan
tashkil etilishi ya’ni, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan hamda o’zaro
ixtiyoriylik asosida birlashishi jihatlari bilan biroz kengroq ta’rif berilgan. Ammo
mazmun-mohiyati bir xildir. Ammo yana bir farqli jihat milliy qonunda nodavlat
notijorat tashkilotlari deb yuritilgan bo’lsa, Rossiya federal qonunida faqatgina
notijorat tashkiloti deb belgilangan.
“O’zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi
qonunning 2-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlari:
jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya
qilish;
demokratik qadriyatlarni himoya qilish;
ijtimoiy, madaniy va maorif sohasidagi maqsadlarga erishish;
ma’naviy va boshqa nomoddiy talablarni qondirish;
xayr-ehson faoliyatini amalga oshirish;
boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ro’yobga chiqarish mqsadida tuziladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari odatda to’liq jamiyat manfaatlari yoki uning
sektorlari uchun, shuningdek, tashkilotlarning a’zolari talablarini qondirish
maqsadida tashkil qilinadi. Shu jihatni yana bir bor ta’kidlash lozimki, nodavlat
notijorat tashkilotlari foyda (daromad) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi
sifatida ko’zlamaydi va olingan foyda (daromad)ni uning a’zolari (qatnashchilari)
orasida taqsimlamaydi.
“O’zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida ”gi
qonuni 10 moddasi o’zida nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkiliy huquqiy
shakllarini namoyon etgan. Ushbu moddaga muvofiq, bularga iste’molchilar
(matlubotchilar) kooperativi, jamoat birlashmasi, jamoat fondi (jamg’armasi) va
muassasa kiradi. Ushbu tashkilotlar nodavlat notijorat tashkilotlarning tashkiliy
huquqiy shakllari bo’lish bilan birga turlari hamdir. Quyida ushbu turlar har
birining tushunchasini ko’rib chiqamiz.
Ushbu qonunning “Jamoat birlashmasi” deb nomlanuvchi 11-moddasida,
ma’naviy yoki boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish uchun o’z manfaatlarining
mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning
ixtiyoriy birlashmasi jamoat birlashmasi deb e’tirof etilishi normasi belgilangan.
Biroq, jamoat birlashmasining kengroq ta’rifi “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi
qonunning 1-moddasida keltirilgan. Unga muvofiq, o’z haq-huquqlari, erkinliklari
va qonuniy talablarini siyosat, iqtisod, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat,
ekologiya va boshqa hayotiy jabhalar sohasida o’zaro amalga oshirish uchun
birlashgan, fuqarolarning erkin xohish-istaklari natijasida paydo bo’lgan, ixtiyoriy
ravishda shakllangan fuqarolarning jamoat birlashmasi jamoat birlashmasi deb
e’tirof etiladi. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-
qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar, ilmiy, texnik,
madaniy-ma’rifiy, jismoniya tarbiya-sport va boshqa ixtiyoriy jamiyatlar, ijodiy
uyushmalar, vatandoshlar uyushmasi, assosiasiyalar va fuqarolarning boshqa
tashkilotlari jamoat birlashmalari doirasiga kiradi
20
.
Jamoat fondlari xususida “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi
qonunning 12-moddasida bayon etilgan bo’lib, unga asosan: jismoniy va (yoki)
yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo’shish asosida tashkil
etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali
maqsadlarni ko’zlaydigan, a’zoligi bo’lmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat
fondi deb e’tirof etiladi. Ushbu huquqiy norma ham “O’zbekiston Respublikasi
jamoat fondlari (jamg’armalari) to’g’risida”gi qonunning 3-moddasida ham
belgilangan.
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi qonunning 13-moddasida,
muassasa atamasiga ta’rif berilib, unga asosan ijtimoiy, madaniy va boshqa
notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirish uchun jismoniy va (yoki) yuridik
shaxslar tomonidan tuzilgan nodavlat notijorat tashkiloti muassasa deb ataladi.
Shuningdek, notijorat tashkilotlari sifatida uy-joy xususiy mulk egalari
shirkati, iste’molchilar kooperativi (O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi
73 moddasi) deb e’tirof etiladi. Ammo “Kooperasiya to’g’risida”gi qonunning 3
20
“ O’zbekiston Respublikasi jamoat birlashmalari to’g’risida ”gi qonuni……………………
moddasiga muvofiq, yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan, mustaqil ravishda
xo’jalik ishini yuritayotgan shaxs ham kooperativ hisoblanadi. Bundan kelib
chiqadiki, kooperativning asosiy maqsadi o’z a’zolari uchun foyda olishdan iborat
bo’lib, bu nodavlat notijorat tashkilotlar maqsadlari va vazifalariga zid keladi.
Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarga fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish
organlari (mahallalar) (O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 78 moddasi),
mikrokredit tashkilotlari, Savdo-sanoat palatasi (O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Farmonining “Savdo sanoat palatasini tuzish to’g’risida”gi qarori, 3-p)
ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |